A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo


Quyi molekulyar bioregulyatorlar haqida tushuncha



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
bioorganik kimyo

Quyi molekulyar bioregulyatorlar haqida tushuncha.
164 
6.1. 
Xomashyodan ajratib olish usullari. 
164 
6.2. 
Tabiiy fenollar va polifenollar. 
167 
6.3. 
Alkaloidlarning asosiy turlari. 
174 
6.4. 
Terpenlar. Steroid tuzilishli birikmalar. 
200 
6.5. 
Vitaminlar haqida umumiy tushuncha. 
207 
6.6. 
Antibiotiklar haqida umumiy tushuncha. 
216 
6.7. 
Boshqa quyi molekulyar tabiiy birikmalar
to’g’risida umumiy tushuncha. Pestitsidlar va
o’stiruvchi moddalar. 
219 



SO’Z BOSHI 
Aniq fanlar biologiya bilan uyg’unlashishida, aniq fanlarning 
uslubiyoti tirik hujayrani o’rganishga dastlab jalb etilishida biokimyo 
fanining o’rni beqiyosdir. Ammo XX asrning ikkinchi yarmida tirik 
organizmda kechadigan jarayonlarni kuzatish va tahlil qilish olimlarni 
qoniqtirmay 
qoldi. 
Soha 
mutaxassislari 
molekulalararo 
ta’sirlanishlarni, 
biologik 
ob’ektlarda 
o’tayotgan 
kimyoviy 
reaksiyalarni tushunishga urina boshladilar va bu borada ma’lum 
yutuqlarga erishdilar. Biofizika, genetika, molekulyar biologiya 
fanlari o’z tadqiqot doirasini shakllantirdi. Dezoksiribonuklein 
kislotasining qo’sh spiralli tuzilishi aniqlandi. Mashhur Organik 
kimyo mutaxassislari tirik organizmda muhim gormonal vazifalarni 
bajaruvchi oqsil va peptid tabitiga ega bo’lgan insulin, oksitosin, bir 
qator 
quyi 
molekulyar 
bioregulyatorlarni 
stereoyo’naltirilgan 
sintezlarini amalga oshirdilar. Bioorganik kimyo fan sifatida 
shakllanishiga aynan ana shu yutuqlar zamin yaratdi. AQSh da va 
Rossiyada “Bioorganik kimyo” nomi bilan ilmiy jurnallar ta’sis etildi. 
Moskva, 
Novosibirsk, 
Vladivostok, 
Kiev, 
Minsk, 
Toshkent 
shaharlarida “Bioorganik kimyo” nomli ilmiy-tadqiqot institutlar 
tashkil etildi. Toshkentdagi ilmiy markazni atoqli kimyogar olim 
akademik 
Obid Sodiqov
asoslagan va boshqargan. 
Bioorganik kimyo fanining izlanish ob’ektlarini o’simlik, 
hayvon, mikroorganizmlar tarkibidagi biopolimerlar va quyi 
molekulyar 
bioregulyatorlar 
tashkil 
etadi. 
Quyi 
molekulyar 
bioregulyatorlar Organik kimyo fanidan biroz oldin ajralib chiqqan 



“Tabiiy birikmalar kimyosi” negizida o’rganilib kelingan. Ushbu 
sohaning yurtimizda yorqin an’analari shakllanishiga munosib hissa 
qo’shgan dunyoga mashhur hamyurtimiz akademik 
Sobir Yunusov 
O’simlik moddalari kimyosi ilmiy-tadqiqot institutini (1956) hamda 
hozir ham chop etilib dunyo obunachilariga tarqatilayotgan “Ximiya 
prirodnix soedineniy” halqaro ilmiy jurnalini 1965 yili yaratdi va uzoq 
yillar davomida boshqardi. MDH davlatlarida alkaloidlar kimyosi 
sohasida O’zbekistonning yetakchiligi tan olindi. XX asrning 70-
yillarida O’zbekistonda paxta chigitining oqsili fenoloksidazaning 
birlamchi tuzilishi aniqlandi (
T.Yunusov
), lipidlar fraksiyasidan esa 
ajratiladigan gossipol nomli polifenolning kristall tuzilishi rentgen 
strukturaviy analiz usulida namoyon qilindi (
B.Ibragimov
). Bunday
tadqiqotlar dunyo ilmiy hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi va 
O’zbekistonni sohaning yirik ilmiy markazlaridan biriga aylanishiga 
asos bo’ldi. 
Bioorganik kimyo biologik ob’ektlarni o’rganish uchun 
Organik kimyo hamda Fizikaviy organik kimyoning uslubiyotini olib 
kirdi. Natijada hayotiy jarayonlarni aniq tasavvur qilish va tushinish 
imkoni paydo bo’ldi. Organizmda tana haroratida fermentlar 
ishtirokida oson o’tadigan kimyoviy reaksiyalar, laboratoriya 
sharoitida odatda qo’shimcha yuqori harorat va bosimsiz o’tmaydi. 
Fermentlar bajaradigan vazifalarni anglash uchun olimlar qulay va 
sodda, ko’pincha quyi molekulyar modellar yaratadilar va taxmin 
qilingan reaksiya yo’nalishini isbotini laboratoriyada topadilar. 
Modellash, ya’ni soddalashtirib o’xshatish – fanning uslublaridan biri 
hisoblanadi. Bioorganik kimyo faning asosiy vazifasi – sog’lom 



organizmdagi sintez va parchalanish reaksiyalarining muvozanatini 
saqlanishi 
hamda 
patologik 
jarayonlarda 
ushbu 
muvozanat 
buzilishining sabablarini tadqiq etishdan iboratdir. 
O’zbek kitobxoniga taqdim etilayotgan ushbu qo’llanma milliy 
tildagi adabiyotlar yaratilishi borasida qilinayotgan dastlabki 
urinishlardan 
biridir. 
Kamchiliklar, 
takliflar 
bilan 
murojaat 
qiluvchilarga minnatdor bo’lamiz. 
 
 
Mualliflar 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin