A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105
bioorganik kimyo

Tarqalishi
. Hayvon yog’lari qizdirib eritib olinadi. O’simlik 
urug’laridan yanchib siqib va ekstraktsiya usulida olinadi. Sintez 
usulida ham olinishi mumkin(Bertlo, 1854; Vyurs, 1859).
+ 3 C
17
H
35
COOAg
CH
2
Br
CH
2
Br
CHBr
CH
2
CH
2
CH
O
COC
17
H
35
O
COC
17
H
35
O
COC
17
H
35
IV 
Qo’y va mol yog’lari normal sharoitda qattiq, sariyog’ yumshoq, 
o’simlik va baliq moylari suyuq bo’ladi. To’yingan kislotalar 
(palmitin va stearin) qoldig’i ko’p bo’lganda yog’lar qattiq bo’ladi. 
To’yinmagan kislotalar (olein, linol, linolen) miqdori ko’p bo’lganda 
moy suyuq bo’ladi.
Gidroliz soni.
1 gramm yog’ni gidrolizi natijasida hosil 
bo’lgan alifatik kislotalarni neytrallash uchun sarflangan o’yuvchi 
kaliyning miligrammda o’lchangan miqdori gidroliz soni deyiladi. 


158 
Yod soni.
100 gramm yog’ga birikadigan yodning grammdagi 
miqdori yod soni deyiladi. Yod soni qancha yuqori bo’lsa, 
to’yinmagan yog’ kislota tarkbida shuncha ko’p qo’shbog’lar 
bo’ladi.
Fosfolipidlar
. Fosfolipidlar ayrim adabiyotlarda fosfatidlar 
deyiladi. Ular lipoidlar qatoriga kiritiladi. Ularning tarkibida glitserin 
va yog’ kislotalarini qoldiqlaridan tashqari fosfat kislota va 
xolinning qoldiqlari uchraydi.
lisetin
CH
CH
2
O
O
COC
17
H
35
COC
17
H
33
4H
2
O
CH
2
- CH
2
-N (CH
3
)
3
CH
2
O
P
O
O
O
NaOH
+
gliserin + fosfat kislota
stearin kislota + olein kislota +
xolin
Lipoidlar tarkibiga fosfolipidlar va glikolipidlardan tashqari 
bir qator quyi molekulyar birikmalar ham kiradi. Ulardan steroid 
tuzilishli sterinlar, terpenlar, azotli asoslar, siklik va asiklik spirtlar 
muhim ahamiyatga ega. Sterinlar zoosterin(hayvon organizmidan), 
fitosterin(o’simliklardan) 
va 
mikosterin(zamburug’lardan)larga 
bo’linadi. Sterinlarning birinchi vakili xolesterin(V) hisoblanadi. U 
1815 yili 
Shevrel
tomonidan kashf etilgan. Kimyoviy tuzilishi 1934 
yili isbotlangan. Tirik organizmning deyarli barcha qismlarida 
mavjud. Jumladan markaziy nerv sistema, periferik nerv sistema, teri 
yog’larida, buyrakda uchraydi. O’t pufagi toshlari 90% ga 
xolesterindan iborat bo’ladi. Aterosklerozda (V) qon tomirlari 
devorchalarida to’planib ularning mo’rtligiga sabab bo’ladi. 
Xolesterinning normal me'yori 1 litr qonda 5 millimoldan ortmasligi 
lozim.


159 
HO
H
H
H
H
H

Oxirgi ma’lumotlarga ko’ra yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga 
faqatgina xolesterin emas, balki triglitseridlarning miqdorini ortishi 
asosiy sabab bo’lishi ta’kidlanmoqda. 

Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin