A. A. Ibragimov, V. U. Xo’jayev, O. M. Nazarov bioorganik kimyo


Aminokislota ketma-ketligini avtomatik ravishda aniqlash



Yüklə 162,73 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/105
tarix21.12.2023
ölçüsü162,73 Kb.
#187815
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105
bioorganik kimyo

Aminokislota ketma-ketligini avtomatik ravishda aniqlash. 
 
Suyuq fazali sekvenatorda aniqlash.
 
Oqsillar tuzilishini 
aniqlashdagi yirik kashfiyot bu 
P.Edman
va 
J.Begg
tomonidan 
yaratilgan aminokislota qoldiqlarini 
oxirgi uchini Edman usuli 
bo’yicha yuqori samaradorlik bilan ketma-ket parchalovchi qurilma-
sekvenator
dir. 
Sekvenatorda 
barcha 
reaksiyalar 
inert 
gaz 
atmosferasida doimiy tezilik bilan aylanuvchi tsilindrik shisha 
stakanda amalga oshiriladi. Tekshirilayotgan oqsil namunasi stakan 
devorlariga nozik qatlam tarzida beriladi, reaktiv va erituvchilar 
shlang orqali stakan tubiga uzatiladi. Markazdan qochuvchi kuch 
hisobiga ular devor bo’yicha ko’tarilib, oqsil bilan ta’sirlashadilar va 
stakanni yuqori qismidagi maxsus chuqurchada to’planib shlang orqali 
chiqib ketadilar. Ikki faza o’rtasidagi ta’sirlanishni katta sirti 
reagentlarni oqsil qatlami orqali osongina kirishini ta’minlaydi va 
reaksiyalarni tezlik bilan borishini hamda reaksiya mahsulotlarini 
ekstraktsiyasiga to’sqinlik qilmaydi. Sekvenatorda tekshirilayotgan 
oqsilni havo kislorodi bilan ta’sirlanishi mumkin emas va 


76 
reaksiyalarni 
barcha 
bosqichlarini 
borishi 
standartlashtirilgan. 
Ishlatiladigan reagent va erituvchilarni izchil tozalash natijasida 
aminokislota qodiqlarini parchalanishini avtomatik ravishda 95% va 
undan yuqorigacha olib borish mumkin. Reagentlarni uchuvchanligini 
oldini olish uchun reaksion stakanni katta hajmiga birikish 
reaksiyalarida 
asos 
sifatida 
kvadrol(
-tetrakis-2-
gidroksipropil)-etilendiamin; 
ajralish 
reaksiyalarida 
esa 
quyi 
uchuvchanlikka ega geptaftormoy kislota qo’shiladi. Sekvenatorda 
Edman reaksiyasini ikki bosqichi birikish va ajralish amalga 
oshiriladi. Hosil bo’lgan anilinotiazolinonlar ekstraktsiya qilib 
olinadilar va fraksiyalar kollektoridan yig’iladi. Ularning 
larga 
aylanishi qqlda yoki avtomatik ravishda amalga oshiradigan -
konverter
da amalga oshiriladi. Suyuq fazali sekvenator o’z tarkibida 
60-200 aminokislota qoldiqlariga ega oqsil va peptidlarni aniqlashda 
yaxshi natijalar ko’rsatadi. Bular uchun odatda 30-50 dan iborat 
ketma-ketlik 
aniqlanadi. 
Yirikroq 
oqsillarni 
aniqlashda 
degradatsiyalanish jarayonida polipeptid zanjirini ichidagi labil peptid 
bog’larini sezilarli gidrolizi amalga oshadi. Ikkinchi tomondan, qisqa 
peptidlar, ayniqsa o’z tarkibida gidrofob aminokislotalarga ega 
peptidlar sekvenator stakanidan intensiv yuviladi. Peptidlarni bunday 
yo’qotishni oldini olish uchun reaksion kameraga peptidni mexanik 
yo’qolishiga to’sqinlik qiluvchi maxsus tashuvchilar qo’shiladi. 
Tashuvchi sifatida erkin 

-aminoguruhga ega emas oqsillar(masalan, 
sitoxrom C) yoki sintetik polimerlar poliornitin va polibren ishlatiladi. 
Peptidlarni organik erituvchilarda eruvchanligi ularni gidrofilligi 
ortgan 
sari 
keskin 
kamayadi. 
Gidrofillikni 
oshirish 
uchun 
fenilizotiotsianatlarni analoglari hisoblangan Braunitser reagentlaridan 
foydalaniladi. Edman bo’yicha degradatsiyalanishdan birinchi 
bosqichda 
o’rniga Brauniser reagenti qo’shilsa, 

-
aminoguruhlarini 
modifitsirlanishi 
hisobiga 
lizinli 
peptidlarni 
gidrofilligi keskin ortadi, bu esa ularni sekvenatorda aniqlashga 
imkon beradi. 


Yüklə 162,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin