84
bu energiyani kamaytiradi. Quyidagi funksional guruhlar o’rtasida
ham vodorod bog’lari bo’lishi mumkin:
Gidrofob bog’lari hosil bo’lishda qutbsiz o’rinbosarlar suvdan
itarilib chiqib ketishni, suv esa o’zini
tuzilish elementi holatini
tiklashga harakat qiladi va majburan o’rinbosarlari energiya
minimumiga ega klasterlarga guruhlaydi. Gidrofob ta’sirga asosan
qutbsiz yon zanjirga ega aminokislota qoldiqlari kiradi. Van - der -
vaals ta’sirlari atomlarni o’zaro tortilish
dispers kuchlari va ularni
elektron qobiqlarini o’zaro itarilish kuchlaridan kelib chiqadi. Har bir
ta’sirni energetik hissasi oz (
0,42 kJ/mol) bo’lsada, van-der-vaals
kuchlarining ko’p sondagi bo’lishligi natijasida ichki molekulyar
novalent ta’sirlar energiyasini asosiy qismni tashkil etadilar.
Ion yoki elektrostatik ta’sirlarida zaryadlangan guruhlar o’zaro
ta’sirlashadi. Bir xil zaryadlangan guruhlar bir-biridan itariladi,
turli
zaryadlanganlari esa bir-biriga tortiladi. Arginindagi guanidin va
glutamin kislotasidagi karboksil guruhlar o’rtasidagi ta’sirni misol
keltirish mumkin. Bu bog’ energiyasi 41,9 kJ/molni tashkil qiladi.
Muhitni dielektrik ta’sirining ortishi bu bog’lar energiyasini
kamaytiradi. Ion - dipol va dipol - dipol bog’lanishlar
ham ion
bog’lanishga o’xshab ketadi. Torsion bog’lanish oddiy bog’ni
“qayilishini” belgilaydi. Oddiy bog’ atrofida birorta guruhni aylanishi
bu bog’ni elektron tuzilishini buzadi va o’ziga xos “tormozlash“
reaksiyasini vujudga keltiradi. Bu torsion kuchlar kuchsiz bo’lsada,
aminokislota qoldiqlaridagi
va
bog’larni aylanishini
tahlil qilishda e’tiborga olish kerak.
Dostları ilə paylaş: