bilan tasdiqlangan xarajatlami aks ettiruvchi “Umumishlab chiqarish
xarajatlari” schyotidan olinadi.
Buxgalteriya m a’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan
boshqa schyotga o ‘tkazish
kerak bo‘lganda
schyotni
yopishni
rasmiylashtirish, hisob yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to ‘g ‘irlash
hollarida va hokazolarda tuziladi. Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p
uchraydi, shuning uchun shunga o'xshash m a’lumotlami tuzish
buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan.
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri
amalga oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondensiyasi
mazkur muomalani rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish
qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad uchun maxsus ajratilgan joyida yoki
boshqa usul bilan ko ‘rsatiladi.
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega
bo‘lmaydi. Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan
birgalikdagina foydalanish mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini
osonlashtimvchi
va
tayyorlovchi
texnikaviy
vosita
hisoblanib,
ko‘makchi ahamiyatga egadir.
Dostları ilə paylaş: