150
Kuydirish paytida qo‘rg‘oshin sulfidi 700–800
o
S da qo‘rg‘oshin oksidi
(RbO) holiga onson o‘tadi. Qo‘rg‘oshin oksidi esa noruda moddalar bilan
reaksiyaga kirib, past haroratlarda eriydigan birikmalar paydo qilishi mumkin.
Kadmiy sulfidi 735
o
C da alanga oladi va oksid shakliga o‘tadi. Ikkala
sulfidlar yuqori haroratda uchuvchanlik xususiyatiga ega.
Rux boyitmalarida mis xalkopirit, xalkozin va kovellin turlarida uchraydi.
Bu birikmalarning kuydirish jarayonida o‘zgarishlari mis xom ashyosini qayta
ishlashda kechadigan jarayonlarga o‘hshashdir.
Zamonaviy zavodlarda rux boyitmasini kuydirish jarayoni Qaynar qatlam
(«QQ») pechlarida o‘tkaziladi.
“QQ” pechlarida kuydirish jarayonining boshqa turdagi kuydirish
pechlaridan afzalliklari kuydagilardir:
1) yuqori ishlab chiqarish unumdorligi (oddiy pechlarga nisbatdan 2 – 3
marta yuqoriroq);
2) kuydirish jarayonining tartiblanishi va mahsulotni sifatligi;
3) chiqindi gazlarda SO
2
ning yuqori miqdori va undan sulfat kislotasini
olish qulayligi;
4) tanlab eritishda salbiy ta’sir etuvchi ferrit va silikat birikmalarini
cheklangan holatda paydo bo‘lishi va boshqalardir.
Dostları ilə paylaş: