A. A. Yusupxodjayev,B. T. Berdiyarov


Elektroliz jarayoni ko‘rsatkichlariga texnologik omillarning ta’siri



Yüklə 2,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/102
tarix03.12.2023
ölçüsü2,63 Mb.
#171833
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102
OG‘IR RANGLI METALLAR METALLURGIYASI ДАРСЛИК

Elektroliz jarayoni ko‘rsatkichlariga texnologik omillarning ta’siri
Mis elektrolizida elektr quvvatining sarfi tokning chiqishi va vannadagi 
kuchlanishiga bog‘liq. Voltda o‘lchanadigan vannadagi kuchlanish quyidagi 
tenglama orqali topiladi: 
U = J(R
1
+R
2
) (1.98) 
bunda: J – tokning kuchi, a; 
R
1
– eritma qarshiligi, Om;
R

–tokda uchraydigan qarshiliklar (shina, kontakt va boshqalar). 
Tok kuchi J tok zichligiga (I) bog‘liqdir. Tok zichligi – bu 1 m katod 
yuziga to‘g‘ri keladigan tokning kuchidir. I yuqori bo‘lsa, shuncha katodning yuzi 
o‘zgarmagan holda, tokning kuchi ko‘p (J) bo‘ladi.
R
1
– eritmaning qarshiligiga ta’sir qiladi: 
1) anod va katodning joylashgan masofasi.


127 
Bu masofa qancha kam bo‘lsa, shuncha R
1
kam bo‘ladi va U ning qiymati 
past bo‘ladi. Agar masofani kamaytirsa, qisqa tutashuv imkoniyati paydo bo‘ladi 
va tokdan chiqish qiymati kamayadi; 
2) eritmaning tarkibi qancha nordonroq bo‘lsa, unda shuncha vodorod ko‘p 
bo‘ladi va eritmaning qarshiligi kamayadi va vannadagi kuchlanish pasayadi. 
3) eritmaning harorati. Harorat qancha yuqori bo‘lsa, zarralarning 
harakatchanligi shuncha yuqori bo‘ladi, eritmaning qarshiligi va vannadagi 
kuchlanishlar past bo‘ladi. 
Sulfat kislotaning qarshiligi, taxminan, mis sulfati qarshiligidan 10 marta 
kamroqdir. Shuning uchun nordon eritmalarning qarshiligi ancha pastroq. Faqat 
shuni inobatga olish kerakki, sulfat kislotaning miqdori qancha ko‘p bo‘lsa, mis 
sulfatining erish qobiliyati shuncha kam bo‘ladi. Bu solvatatsiya effekti deb 
aytiladi. Shuning uchun zamonaviy zavodlarda eritmada 35–40 g/l Cu (175-200 g/l 
SuSO
4
+ 5H
2
O) ushlab turiladi. Agar misning miqdori bundan kamayib ketsa
katod yuzi oldida mis bilan birga boshqa kationlar ham katodga o‘tirib, uning 
sifatini pasaytiradi va elektr tokining befoyda sarflanishiga olib keladi. 
Eritma harorati 45–60
0
C oralig‘ida bo‘ladi. 25
0
C dagi eritmaning 
qarshiligiga nisbatan, 50–55
0
C da qarshilik taxminan 2 marta kam va vannadagi 
kuchlanish ham shuncha kam. Faqat yuqori harorat uning intensiv bug‘lanishiga, 
atrof-muhitni zaharlashiga olib kelishi mumkin. Bug‘lanish qancha ko‘pligini 
quyidagi misolda ko‘rish mumkin. 
Agar mis elektroliz sexida 1000 ta vanna bo‘lsa va har bir vannaning 
eritma yuzi 5 m
2
bo‘lsa, unda 60
0
C da bir soatda 30 t suv bug‘lanadi. 
Qarshilik R ning qiymatini kamaytirish uchun toza shinalar va 
kontaktlardan foydalanish kerak. Amaliyotda vannadagi kuchlanish 0,25–0,30 V 
atrofida ushlab turiladi. Ushbu ko‘rsatkich kichik bo‘lsa, shuncha, ya’ni 1 t misga 
kamroq elektr quvvati sarflanadi. 
Mis elektrolizida elektr quvvatining sarflanishini Faradey qonuniga binoan 
quyidagicha hisoblash mumkin: 1A-soatda katodga 1,186 g mis o‘tkaziladi. Agar 


128 
vannadagi kuchlanish 0,25 V ga teng bo‘lsa, 1 g misni o‘tkazishga nazariya 
bo‘yicha sarflanadigan elektr quvvati: 
W = U/1,186 = 0,25 · 1/1,186 = 0,210 Vt.soat yoki 1 t misga 
0,210 + 1000 · 1000 / 1000 = 210 kvt.s. 
Agar tokning chiqish darajasi 95 % bo‘lsa, 1 t katodli mis o‘tkazishga 
sarflanadi: 
210 : 0,95 = 222 kvt.s. 
Amaliyotda 1 t katodli mis olishga 230–300 kvt.s elektr quvvati sarflanadi. 
Oxirgi paytlarda vannalarga 14000–15000 A tok kuchi beriladi, bunday 
katta kuch elektrodlarning soni, ularning o‘lchamlari va tok zichligini orttirish 
orqali olib boriladi. 
Mis elektroliz jarayonida tok zichligi 200–270 a/m
2
ni tashkil qiladi. Tok 
zichligini quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin: 
I = J/n 2S (1.99) 
bunda: I– tok zichligi, a/m
2

J – tok kuchi (vannadagi yuklama), a; 
n – vannadagi katodlar soni; 
S – katod yuzining maydoni, m
2
.
Agar J = 14000 a, n=35:S = 0,9 · 0,9 = 0,81 m
2
, bo‘lsa I= 14000: 35 · 2· 
0,81) = 247 a/m
2

Vannadagi tok kuchi aniq bo‘lsa, vannaning ishlab chiqarish unumdorligi 
quyidagi ifodadan topiladi: 
R = J 
a
δ · 22/100 · 1000(7.20) 
Bunda:
a
– misning elektrokimyoviy ekvivalenti, 1,186 g; 


129 
δ – tokning chiqishi; 
22 – vannaning bir sutkada ishlash soati. 
Vannadagi tok kuchi 14000 A, tokning chiqish unumdorligi quyidagicha 
bo‘ladi: 
R = 14000 · 1,186 + 96 · 22/100 · 1000 = 352 
kg

Katodli mis bo‘yicha sexning ishlab chiqish hajmi 200000 t bo‘lsa, sexda 
o‘rnatiladigan vannalarning soni: 
N = 200 000 / 365 · 352 = 1750 vanna bo‘ladi. 
Bunda: 365 – bir yildagi kunlar soni; 
1,1–10 % –vannalarning ta’mirda bo‘luvchi kunlarini hisobga oluvchi 
ko‘rsatkich. 

Yüklə 2,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin