119
1.19-rasm. Anod pechidan olingan qattiq holdagi misli anod
qotishmasining umumiy ko‘rinishi.
Nazorat savollari
1
. Homaki misni olovli rafinirlash maqsadi?
2.Anod pechining konstruksiyasi?
3.Anod misning xajmi qancha?
4.Anod misda misi miqdori?
1.18.Misni elektrolitik rafinirlash jarayonining nazariy asoslari.
Jarayonning kimyosi
Elektrolitik tozalashning
asosiy maqsadi toza, yuqori sifatli mis va yarim
mahsulot (shlam) olishdir.
Shlamga oltin, kumush, selen va tellur to‘planadi. Bu
jarayonni amalga oshirish uchun anoddagi mis doimiy elektr toki yordamida
eritiladi va shu davrda erkin mis kislotali eritma orqali katodga o‘tkaziladi.
Erituvchi modda sifatida sulfat kislotasi ishlatiladi.
Asosiy dastgoh sifatida
120
elektrolitik vanna ishlatiladi, u temir betondan yasalgan kesimi to‘g‘ri
burchakli
dastgohdir. Elektroliz vanna elektrolit quyadigan quvur nov va elektr toki bilan
ta’minlaydigan shinalar bilan jihozlangan. Vannaning
ichki sirti qattiq
plastmassadan yoki qo‘rg‘oshin bilan izolatsiya qilingan bo‘ladi, chunki eritma
tarkibida sulfat kislotasi bor.
Elektroliz o‘tadigan muhit– elektrolitik quyidagi tarkibga ega: 135–200 g/l
H
2
SO
4
va 170–200 g/l mis kuporosi – SuSO
4
H
5
O (35–50/Cu
2+
ionlariga to‘g‘ri
keladi).
Anod pechidan qoliplarga quyib olingan tayyor mahsulot 1.20-rasmda
tasvirlanganidek, vagonchalarga taxlanib, temiryo‘l izi
orqali elektroliz sexiga
eritmada qayta ishlash uchun jo‘natiladi.
Dostları ilə paylaş: