A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini


O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot turlari



Yüklə 53,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix19.12.2023
ölçüsü53,54 Kb.
#186961
1   2   3   4
A avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqb

O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi muloqot turlari: 
-
O‘zaro ijodiy faoliyatga qiziqtiradigan muloqot. 
-
Muayyan masofani saqlagan holda tashkil etiladigan muloqot. 
-
Hazil mutoyibaga, yumorga asoslangan muloqot. 
-
O‘zaro do‘stona munosabatga asoslangan muloqot. 
-
Qo‘rqitish, tahdid qilishga asoslangan muloqot. 
Muloqot yo‘nalishlari: 
-
Pedagogning alohida o‘quvchi bilan muloqoti; 
-
Pedagogning alohida o‘quvchi orqali butun sinf bilan muloqoti; 
-
Pedagogning butun sinf bilan muloqoti; 
-
Pedagogning butun sinf orqali alohida o‘quvchi bilan muloqoti. 
2. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotga qo‘yiladigan talablar.
Muloqotning samarali kechishi uni tashkil etish jarayonida muayyan talablarga 
rioya qilish sanaladi. U qanday doirada tashkil etilmasin, xoh rasmiy, xoh 
norasmiy bo‘lsin, ma’lum talablarga rioya qilingandan samarali, foydali,
muvaffaqiyatli kechadi.
Shunga ko‘ra, tabiiyki, o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida muloqotni tashkil 
etishga ham aniq talablar qo‘yiladi. Ular quyidagilardan iborat:


1. Muloqot aniq maqsad asosida tashkil etilishi va samimiy, do‘stona
bo‘lishi zarur.
2. O‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasidagi muloqot mavzusi, yo‘nalishi
vaziyatdan kelib chiqib tanlanishi kerak.
3. Keskin tanqid, ortiqcha pand-nasihatlardan holi bo‘lgan muloqot
samarali bo‘ladi.
4. Muloqot jarayonida tanqid qilish zarur bo‘lsa, u holda o‘quvchining
shaxsi emas, balki u yo‘l qo‘ygan xato-kamchilik, belgilangan tartib-qoidaga
mos bo‘lmagan xatti-harakat to‘g‘risida so‘z yuritilishi zarur.
5. O‘qituvchi o‘quvchi bilan muloqotda uning shaxsini kamsitishi, 
haqoratlashi mumkin emas.
6. Muloqot jarayonida o‘qituvchi o‘quvchining o‘z tengdoshlari
davrasida keskin tanqid qilmasligi zarur, agar bunga zaruriyat bo‘lsa, u holda
o‘quvchi bilan xoli gaplashib olish maqsadga muvofiqdir.
7. O‘qituvchi o‘quvchini boshqalar bilan solishtirmasligi, boshqalarni unga 
ibrat qilib ko‘rsatmasligi, aksincha, o‘z xatolari ustida o‘ylab ko‘rishga undashi 
lozim.
8. Muloqot jarayonida o‘qituvchi ko‘proq o‘quvchi yoki o‘quvchilarga 
so‘zlash uchun imkon berishi lozim, zero, shunda vaziyat to‘g‘risida to‘la
ma’lumotga ega bo‘ladi.
9. Pedagogik muloqot jarayonida adabiy til me’yorlaridan foydalanish
talab etilib, sheva (ma’lum hududlarda qo‘llaniladigan so‘zlar), jargon (tor doirada 
ma’lum kasb-hunar doirasida qo‘llaniladigan so‘zlar), vulgarizm (haqoratlash,
koyishda ishlatiladigan so‘zlar), kantselyarizm (ish hujjatlarida qo‘llaniladigan
so‘zlar) va varvarizm (turli tillarning “qorishmasi”dan hosil bo‘lgan so‘zlar)ni
ishlatish taqiqlanadi.
10. Muloqotda mavzu doirasidan chiqmaslik, boshqa mavzularga 
chalg‘imaslik o‘qituvchiga maqsadga erishishga yordam bersa, o‘quvchi uchun 
amaliy ahamiyatga ega bo‘ladi.


Shunday qilib, pedagogik faoliyatda o‘qituvchining obro‘si ta’lim va
tarbiya jarayonlarini tashkil etishda muhim ahamiyatga ega. O‘qituvchining
o‘quvchilar, hamkasblari, ota-onalar bilan munosabatni to‘g‘ri tashkil eta olishi, 
ular bilan suhbat chog‘ida muomala madaniyatiga ega ekanligini namoyon qila
bilishi obro‘sining oshirishini ta’minlaydi. Muloqot jarayonida o‘qituvchi 
tomonidan uch turdagi uslub qo‘llaniladi. O‘qituvchi vaziyatdan kelib chiqqan
holda har uch uslubdan samarali, maqsadli foydalana olishi zarur. O‘qituvchi
va o‘quvchilar o‘rtasidagi muloqotining o‘ziga xosligi uning pedagogik 
maqsadlarga xizmat qilishida ko‘rinadi. O‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi 
muloqot muayyan talablarga muvofiq tashkil etilishi zarur. Bunda, eng muhimi, 
maqsadning aniqligi va vaziyatni oqilona, to‘g‘ri baholay olish sanaladi.

Yüklə 53,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin