A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


O‘yma va grunt karyerlarini ekskavator bilan qazish, ko‘tarma



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

O‘yma va grunt karyerlarini ekskavator bilan qazish, ko‘tarma 
qurish. 
Ishchi qurilmaning turi, cho’mich hajmi, yurish qismining turi, ishchi 
qurilmaning aylanishini chegaralash darajasiga qarab har xil ekskavatorlardan 
foydalanish maqsadida avtomobil yo‘llarining ko‘tarmasining ekskavator 
yordamida quriladi.
Grunt va iqlim sharoitiga, ishning muddati va hajmiga, gruntni tashish 
sharoitiga va boshqa bir omillarga ekskavator turi, modeli va ishchi qurilmasi 
tanlanadi. 
Ish unumdorligi katta bo‘lgan rotorli ekskavatorlar bir joyga yig’ilgan
katta hajmli (ob'ektda grunt hajmi 20 ming m
3
dan ko‘p) ishlarda qo‘llanadi. Bir 
cho’michli ekskavatorlar, asosan, yumshatilgan tog‘ jinslari, tarkibida juda zich 


103 
gilli gruntlar bo‘lgan har xil gruntlar, agar skreper, buldozer yoki boshqa yer 
mashinalarini ishlatish noqulay bo‘lsa, qazishda qo‘llanadi.
Gusenitsali ekskavatorlar bir yerga yig’ilgan, tez-tez joyini o‘zgartirish 
talab qilinmaydigan, bo‘sh asos bo‘lganda, pnevmoshinali ekskavator tez ishdan 
chiqadigan tog‘ jinslarini kavlash ishlarida qo‘llanadi, Pnevmog‘ildirakli 
ekskavatorlar bir yerga yig‘ilmagan ishlarda yuk ko‘tarish qobiliyati kerakli 
darajada bo‘lganda, maqsadga muvofiq. 
Ishning asosiy hajmi to‘g‘ri kurak bilan jihozlangan ekskavatorlarda olib 
boriladi; draglayn va teskari kurakli ekskavatorlar kam ishlatiladi. Draglayn, 
agar ekskavatorning o‘zi turgan joyi sathidan pastdagi grunt kavlansa, grunt 
suvlari ta'siri yoki boshqa sababdan ish olib borish qiyin bo‘lsa, ko‘tarmani yon 
rezervdan olib qurish kerak bo‘lsa, o‘ymani o‘yishda grunt ag’dargichga 
tashlansa, qo‘llanadi. Teskari kurakli ekskavatorlar, asosan, transheyalar va 
poydevor osti kotlovanlarini qazishda qo‘llanadi.
Quvvati 
(ish 
unumdorligi) 
bo‘yicha 
ekskavatorlar 
ob'ektdagi
ishning hajmiga qarab tanlanadi. Odatda, ekskavatorlar transport vositalari
avtomobil-samosval yoki tashigichlar bilan birga ishlatiladi. Ayrim hollarda 
grunt 200-300 m uzunlikdagi tasmali zvenoli transporterlar bilan tashiladi. Ular, 
ko‘pincha, uncha katta bo‘lmagan masofalarga (1-3 km) grunt tashishda 
qo‘llanadi. Transport vositasini tanlash ekskavatorning ish unumdorligiga 
(cho’mich sig‘imi) va gruntni tashish masofasiga bog‘liq bo‘ladi.
Bitta cho’michli ekskavatorning ish unumdorligi: 
Ю
s
В
Т
К
t
К
ТVК
П
3600

, (6.3) 
bu yerda: 
T
– ish smenasining davomiyligi, soat (besh kunlik ish haftasida 8,2 soat 
olinadi); 
V
– ekskavator cho’michining sig‘imi, m
3

K
T
– cho’michni to‘ldirish 
koeffitsienti; 
K
V
– vaqtdan foydalanish koeffitsienti; 
K
Yu
– gruntni yumshatish 
koeffitsienti; 
t
S
– ekskavatorning ish siklining davomiyligi, s; 


104 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin