A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
 
6.12-rasm. O‘ymani o‘tish uchun bo‘lish (razmetka) chizmasi: 
1a, 5a - “peshona” zaboy bilan kengaytirish; 2,3,4,6- yon zaboy bilan o‘tish; 
 
Birinchi 
(pioner) 
transheyani 
kavlash 
normal 
kenglikda 
yoki 
kengaytirilgan holda “peshona” zaboyi bilan bajariladi. Yuklash maydonchasini 
xosil qilish uchun chuqur bo‘lmagan pioner transheyasini kavlash buldozer yoki 
skreper yordamida gruntni ag’dargichga surish bilan amalga oshiriladi. Bunday 
pioner transheyalarini tagidagi kengligi 4 m dan kam olinmaydi. Har bir yarusni 
(zinani) osti, oxirgisidan tashqari, suvni olib ketish uchun kavlash boshlangan 
tomonga qiyalik 20‰ ga bo‘ladi. Oxirgi yarusning (zinani) osti loyiha 
qiyaligiga ega bo‘lish lozim. 
Ekskavator-draglayn yordamida ishlarni bajarish. 
Ekskavator-
draglayn bilan o‘yma yoki grunt karyerlarini kavlash ikki usul bilan amalga 
oshiriladi: 1) ekskavator o‘zi ishlayotgan maydon oralig‘ida harakatlanib toretsli 
zaboy bilan o‘tsa; 2) ekskavator o‘zi ishlayotgan maydondan tashqarida 
harakatlanib-yon zaboy bilan o‘tsa. 
Yon zaboy toretsliga nisbatan afzallikga ega, bunda bitta o‘tishda ikki 
marotaba katta qirqish radiusiga teng yo‘lakchadagi gruntni kavlash imkonini 
tug’iladi. Toretsli zaboyning chuqurligi yonzaboyga qaraganda ancha katta 
bo‘lishi mumkin.
Draglayn bilan ekskavator turgan joy sathidan pastdagi gruntlarni kavlab 
o‘ymaning ustida yoki tubida turuvchi ag’dargichy oki transport vositasiga 


107 
ortish mumkin. Ekskavator-draglayn bilan o‘yma yoki grunt karyerini 
kavlashda, transport vositasi o‘yma yoki karyerning tubida joylashganda, 
gruntni moki usulida ortish maqsadga muvofiqdir. 
O‘ymani o‘yishda grunt o‘ymaning loyiha chizig‘iga 20 - 30 sm 
yetkazmasdan qirqiladi. Olinmagan grunt buldozer, avtogreyder yoki 
ekskavator-tekislagich bilan olinadi. O‘ymadan olinmagan gruntni olish bilan 
birga suv qochiruvchi ariqlar quriladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin