A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Ko‘tarma asosi va rezerv egallagan maydonni tayyorlash



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Ko‘tarma asosi va rezerv egallagan maydonni tayyorlash
 
asosdagi 
o‘simlik qavatini olish va gruntlarni zichlashtirishdan iborat. Odatda, gruntning 
o‘simlik qavati yo‘l mintaqasini oldindan tozalaganda ko‘tarmani qurishda 
olinadi. Shuning uchun birinchi texnologik jarayon buldozer bilan bajariladigan 
o‘simlik qavatini olishdan iborat. Qirqiladigan o‘simlik qatlamining qalinligi 
yerdan foydalanuvchilar bilan kelishgan holda belgilanadi.
Agar tabiiy asos gruntining zichligi kam bo‘lsa, zichlashtiriladi. 
Ko‘tarmaning tabiiy asosi gruntining zichligi yo‘l poyining yuqori qismi kabi 
bo‘lishi kerak.
Rezervda gruntni kavlash, gorizontal qatlam qilib ko‘tarmaga surish 
va tarqatishni
transheya usulida buldozer bajaradi (6.13-rasm). Buldozer bilan 
gruntni birinchi qirqish rezervning ichki qismida olib boriladi, keyingilari - 


109 
tashqarisidan shunday qilinadiki, unda yo‘l o‘qiga perpendikulyar bitta chuqur 
bo‘lmagan transheya xosil bo‘lsin. Kesilgan grunt ko‘tarmaga suriladi va 
qatlamlab, 0,20-0,25 sm qalinlikda shuningdek yo‘l o‘qiga perpendikulyar 
(gruntlarni zichlashtirish uchun qo‘llanadigan mashinalarga bog‘liq holda) 
tekislanadi. Qirqishni birinchi transheyaga parallel holda undan 0,5-0,8 m 
masofada olib boriladi. Keyinchalik qirqishni hamma masofa uchun ketma-ket 
qirqilib bu masofada ko’tarmaning birinchi qatlamining hammasi uchun grunt 
olinadi. Ko’tarmaning birinchi qatlamini tekislab va zichlab bo‘lgandan so‘ng 
transheya xosil bo‘lgan joyda yangidan grunt buldozer bilan qirqiladi va shu 
tariqa ko‘tarmaning ikkinchi qatlami uchun grunt olinadi. Bu jarayon bir necha 
marotaba, ko‘tarmani qurish kerak bo‘lgan miqdorda bajariladi. Gruntlarni 
kavlashda ko‘tarmaning oxirgi qatlami uchun transheya oralig‘ida “devor” xosil 
qilinadi va undagi grunt ko‘tarmaning oxirgi qatlamiga suriladi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin