110
40‰ ko‘ndalang kesim beriladi. Agar ish jaroyonida uzoq muddat tanaffus
qilinsa, yomg‘ir suvlarini qochirish uchun, boshqa
qatlamlarning yuzasiga ham
shunday qiyalik beriladi, boshqa holatlarda yuzani gorizontal qilinadi.
Ishni boshlashdan avval mashinist qamrab olish masofasining boshida
avtogreyderni to‘xtatadi, ag’dargichni ishchi holatga keltiradi va yo‘l qoshidan
o‘qiga qarab har bir avvalgi o‘tishni 0,6 m yopib, ketma-ket o‘tish bilan
to‘kilgan qatlamni tekislaydi. Har bir ishchi o‘tishning
oxirida mashinist
ag’dargichni ko‘tarib, ko‘tarmadan tashqariga chiqmasdan aylanadi. Birinchi
o‘tishda avtogreyder g‘ildiragi ko‘tarmaning qoshidan 1 m dan yaqin bo‘lmagan
masofada turishi kerak. Ish jarayonida qirqish burchagi α=45÷50
o
, qiyalik
burchagi γ=2
o
, qamrab olish burchagi β=70÷75
o
ga
teng bo‘ladi.
Yo‘l poyi va rezerv yuzasini tekislash,
asosan, suv qochirish uchun
kerak, yo‘l poyining hamma yuzasiga kerakli bo‘ylama va ko‘ndalang
qiyaliklar, avval xomaki tekislash bilan bo‘ylama qiyalik beriladi,
keyin
ko‘ndalang kesimni ta'minlab, oxirgi rejalashtirish amalga oshiriladi. Xomaki
rejalashda ag’dargichga quyidagi ishchi holat beriladi: α=40÷45
o
, γ=2
o
,
β=45÷55
o
. Oxirgi tekislashda α=40÷45
o
, β=67÷75
o
ga teng bo‘ladi, qiyalik
burchagi yo‘l poyi elementining ko‘ndalang qiyaligiga mos kelishi kerak. Avval
yo‘l poyi, keyin yon qiyalik va rezervning tubi tekislanadi.
Yon rezervdan ko‘tarmani qurishni tashkillashtirish asosan, mashinaning
ish joyini aniqlash, texnologik jarayonlar ketma-ketligini belgilashdan iborat.
Ko‘tarmani qurishda qurilayotgan yo‘l bir necha bo‘laklarga bo‘linadigan,
qamrab olish masofasi deb ataladigan bo‘lagida ish olib boriladi.
Ularni xar
birida biron texnologik jarayon bajariladi.
Yon rezervdan buldozer bilan ko‘tarma qurishda beshta qamrab olish
masofasida ish olib boriladi. Qamrab olish masofasining uzunligi hisoblab
aniqlanadi, unda bajarilayotgan jarayonlarning texnologik xususiyatlari, mashina
ish miqdorining ish frontiga bog‘liqligi, qo‘shni
qamrab olish masofasida
111
mashinani ishlatish imkoniyati, nazoratni ta'minlash va boshqalar hisobga
olinadi.
Odatda, har bir mashina ma'lum texnologik
jarayonlarni bajarib, bitta
qamrab olish masofasida ishlaydi, ammo texnologik jihatdan imkoni bo‘lgan
mashinalar har xil qamrab olish masofasida ishlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: