123
bitta qamrab olish masofasida, ishchi aralashmani qiyalikdan oqib ketmasligi
uchun, gidroseyalkani bir necha marta o‘tkazib sepiladi.
Agar yon qiyalik grunti quruq bo‘lsa, qo‘shimcha namlanadi.
Gidroseyalkaning ish unumdorligi o‘rtacha taxminan 4000 m
2
/smenadan iborat
bo’lib, qiyalikning o‘lchamiga, ish ob'yekti orasidagi masofaga va yoqilig‘i
zaxirasiga bog‘liq.
Ishchi belgisi 3,5 m gacha bo‘lgan yo‘l poyi yon qiyaligiga o‘simlik
gruntini yoyishni otkosnik bilan jihozlangan buldozer yoki avtogreyder bilan
bajarish mumkin. Agar balandlik katta bo‘lsa, ekskavator-draglayn bilan
yoyiladi. Yo‘l poyining ishchi belgisi 8 m gacha bo‘lgan joylar sharoitiga
bog‘liq holda o‘simlik grunti ekskavatorning pastki yoki yuqorigi turish joyidan
tarqatiladi. Grunt cho’mich yordamida avval qoshi bo‘ylab yoki qiyalik ostiga
joylashtirib tayyorlab quyilgan to‘plamdan olinadi. Yon qiyalikdagi gruntn
ekskavator-draglayn bilan tarqatilgandan so‘ng ekskavator-tekislovchi bilan
tekislanadi. Gruntni yuqori to‘xtab turish joyidan tekislash qulaydir. Tekislovchi
rama bilan tekislashda u avval qiyalik ostiga tushiriladi keyin yuqoriga tortiladi.
Tekislash avvalgi izni 1/3 qoplab amalga oshiriladi.
Teleskopli qulochli ekskavator-tekislovchi bilan o‘simlik qatlamini
tekislashda uning harakatlanishini 2 m kenglikda amalga oshiriladi, izni qoplash
0,3-0,5 m bo‘lishi kerak.
Panjarali konstruksiyalar bilan birgalikda
Dostları ilə paylaş: