A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
7.4-rasm. Gruntni ekskavator bilan kavlash 
 
Ikkinchi pog’onada yer ishlarining hajmi ko‘p bo‘lgani uchun ish 
unumdorligi kattaroq ekskavator bilan bajariladi va mashinaning hamma otryadi 
belgilangan tezlikda harakat qiladi. Ikkinchi ekskavator ishlagan grunt 
ag’dargichli yon qiyalikka buldozer bilan suriladi. Bu buldozer yo‘l poyini 
loyiha belgisigacha tekislash va tozalash ishlarini ham bajaradi. Bunday ishlarni 
bir xil ikkita ekskavator yoki bitta bir pog’onadan ikkinchisiga o‘tib 
harakatlanuvchi ekskavator bilan ham bajarish mumkin. Buldozer va ekskavator 
shunday yo‘l bo‘lagi uzinligida ishlaydiki, bunda yer ishlarining hajmi 
mexanizatsiyalashgan otryadning smenali ish unumdorligiga teng bo‘lsin.
Birinchi pog’onada ishlovchi bitta ekskavator bilan ishchi proezd 
tokchasini kengaytirishda, ya'ni grunt ekskavator bilan yon qiyalikka tashlangan 
holatda, ikkinchi pog’ona ikkita buldozer bilan, avval aytib o‘tilgandek, 
kavlanadi.
7.2 Yo‘l poyi va qiyalik yuzasini tekislash. 
Ko‘tarma yoki o‘ymani qurish bo‘yicha asosiy ishlar tugallangandan 
so‘ng tekislash ishlari bajariladi, undan so‘ng yo‘l poyining yuzasi 
mustahkamlanadi. Yo‘l poyi yuzasi va yon qiyaligi loyiha belgisigacha talab 
qilingan ravonlikda bo’lishi va suvning oqishni ta’minlash maqsadida 
tekislanadi.


117 
Ko’tarmaning yon qiyaligini tekislash yo‘l poyi yuzasini tekislashdan 
so‘ng bajariladi, o‘ymalarda, aksincha, avval yon qiyalik, keyin o‘ymaning tubi 
tekislanadi.
Yon qiyalik tekislangandan so‘ng, darrov suv yuvib ketmasligi yoki 
boshqa omillar ta'siriga uchramasligi uchun mustahkamlanadi.
Ko‘tarmaning yuzasi yoki o‘ymaning tubini tekislash avtogreyder bilan 
amalga oshiriladi. Bu ishlarni avtomat boshqariladigan sistema bilan 
qurollangan (masalan, “Profil P”, “Profil 30” kabi mashinalar bajaradi. Bu 
sistemalar maxsus kopir tizimida, yo‘l poyining tekislangan yuzasida yoki lazer 
yo‘naltiruvchi bo‘yicha ishlovchi, harakatlanuvchi ishi datchikdan avtomat 
sistemasining funksiyalanishiga asoslangan. 
To‘g‘ri yo‘l bo‘laklarida bo‘ylama qiyaligi 30 ‰ gacha bo‘lgan yo‘l poyi 
yuzasini va gorizontal egrili yo‘l bo‘laklarida tekislash lazer kopiri bilan, 
vertikal egrili yo‘l bo‘laklarida - bikr kopir bilan amalga oshiriladi.
Lazer nurining aylanishida yaratilgan lazer sistemasi tayanch optik 
tekislikka asoslangan.
Nurning aylanish chastotasi qurilish mashinasining surilish tezligiga 
asosan olingan va 70-100 ayl/minni tashkil qiladi.
Avtogreyder qirquvchi ag’dargichining cheti lazer tekisligiga qat’tiy 
ravishda parallel harakatlanadi. Lazer nurini bitta pulti orqali bir vaqtda bir 
necha mashinani boshqarish mumkin. Nurlantirgichning ta'sir masofasi 500 m 
gacha bo‘ladi.
Bikr kopir qo‘llab tekislashda kopir sim (kopir trosi) ko‘tarma qoshiga 
o‘rnatiladi. U bir-biridan 10-20 m masofada joylashgan metall qoziqqa 
o‘rnatiladi. Kopir simning loyiha chizig‘idan balandligi taxminan 0,55 m 
belgilanadi. U maxsus chig’ir bilan tortiladi va dinamometr bilan nazorat 
qilinadi. Asosiy qoziqlar va kopir simlari nivelir bo‘yicha o‘rnatiladi.
Kopir simi bilan tekislashda shchup doimo nazorat qilinadi, ular bir-biriga 
doimo tegib turishi kerak. Oxirgi jarayonlar (o‘tishlar) kopir simisiz bajariladi, 


118 
chunki kopir sifatida birinchi o‘tishdan so‘ng xosil bo‘lgan tekislangan yuza 
xizmat qiladi. Bu holda shchup o‘rniga kopir g‘ildiragi o‘rnatiladi.
Ag’dargichi 
avtomatik 
boshqarilmaydigan 
avtogreyder 
bilan 
tekislanganda dastlabki tayyorgarlik maxsus qoziq yoki qoziqcha (7.5-rasm) 
yordamida ishni belgilashdan iborat bo‘ladi. Qoziqda balandlikni belgilovchi 
belgilar bo‘lib undan haydovchilar ag’dargichni ko‘tarish yoki tushirish 
kerakligini belgilaydilar. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin