A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


-rasm. Yo‘lning tog‘ yon bag‘ridagi namunaviy ko‘ndalang kesimi



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
7.1-rasm. Yo‘lning tog‘ yon bag‘ridagi namunaviy ko‘ndalang kesimi 
 
Mashinaning ishini joy xususiyatiga qarab tashkil qilish kerak. Masalan: 
buldozer qiyalikdan pastga qarab ishlaganda ish unumdorligi oshadi, tepalikka 
qarab ishlaganda kamayadi. Tog‘ yonbag‘rida ishlaganda xavfsizlik tadbirlarini 
saqlashga alohida etibor beriladi, ekskavator bilan ishlashda gruntdan kozeryok 
xosil bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi, mashinalarning surilishi va ag‘darilishiga 
qarish tadbirlar ishlab chiqiladi. Ayrim hollarda ishchi proezd tokchasini 
qurishga va ish frontini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi o‘tish qiyin bo‘lgan 
qiyaliklardan o‘tishga to‘g‘ri keladi. 
Tog‘ yonbag‘rida yo‘l poyini qurish. 
Yo‘l poyini qurish o‘z ichiga 
trassani tiklash, yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish, ishchi proezdni ta'minlash va 
yo‘l poyining to‘liq ko‘ndalang kesimini qurish kabilarni oladi. 


113 
Yo‘lovchilar yo‘lakchasini qurish qurilayotgan yo‘l poyining yuqori 
balandlik sathi (7.2, 
a-
rasm), yuqori qismi (7.2, 
b-
rasm) va loyihaviy kesim 
atrofida (7.2, 
v-
rasm) amalga oshiriladi. Ayrim hollarda qoyatog‘ jinsari, 
jarliklar va boshqa o‘tish qiyin bo‘lgan joylar bo‘lgani uchun yo‘lovchilar 
yo‘lakchasini loyihaviy kesimdan, ko‘pincha, tog‘ yonbag‘ri yuqorisidan 
tashqariga chiqariladi.
 
7.2-rasm. Yo‘lovchilar yo‘lakchasi va ishchi o‘tish tokchasini qurish 
 
Ishchi proezdni, ko‘pincha, 
yo‘lovchilar yo‘lakchasini buldozer 
yordamida 3,5 - 4,0 mga kengaytirib (7.2, 
g-
rasm) amalga oshiriladi, bu 
o‘tuvchi transportlar va yo‘l mashinalarining ishi bir yerga to’plangan joyga 
borishni ta'minlaydi.
 
Buldozerning ish unumdorligini oshirish, ishlatiladigan pichoqning 
vertikal qirquvchi cheti bir tomonlama yemirilib ketmasligi uchun tishlar bilan 
kuchaytiriladi. Agar kavlanayotgan gruntda toshli qo‘shimchalar bo‘lsa, 
buldozer pichog‘ining gorizontal qirquvchi cheti ham tish bilan himoyalanadi. 
Bunday qo‘shimchalar ko‘p bo‘lsa, gruntni bo‘shatish (bo‘shatgich yoki 
portlatuvchi modda yordamida) bilan buldozerning ish unumdorligi sezilarli 
oshiriladi. Ishchi o‘tuvchi tokcha suvni vaqtinchalik o‘tkazgichlar bilan 
jihozlanadi; agar imkoni bo‘lsa, loyiha kengligining yarmiga bo‘lsa ham, doimiy 
suv o‘tkazuvchi inshootlar qilinadi. 
Ishchi proezd ta'minlagandan so‘ng, ko‘prik, quvur, tirgovich devorlar 
qurish va talab qilingan sutkali hajmdagi yer ishlarini bajarishga kirishiladi, 
ya'ni ishlab chiqarish loyihasiga mos ravishda kuchlarni eng maqsadli 
joylashtirish uchun sharoit yaratiladi. 


114 
Yarim o‘yma qurishda yo‘l poyini to‘liq kesimda qurish 7.3-rasmda 
ko‘rsatilgan chizmalardan biri asosida olib boriladi. Yer ishlarini ratsional 
tashkil qilish chizmasi 7.3, 
a
-rasmda ko‘rsatilgan, bu yerda ishchi proezdning 
tokchasi yo‘l poyining loyihaviy belgisida joylashgan. Bu holda gruntni kavlash 
tokchani yonbag‘ir tomonga ketma-ket (
II

III

IV
) surib kengaytirishdan iborat. 
Bu yerda, gruntni kavlash usulidan qat’tiy nazar, muhim yaxshi tomoni xosil 
bo‘ladi, ya'ni doimiy transport oqimini ta'minlash oldin yaratilgan proezdni 
tozalashdan xosil qilinadi, bu, ishni bajarishni yengillashtiradi. Bundan tashqari, 
grunt bir marotaba kavlanadi, suriladi va loyihaviy kesimdan tashqariga 
tashlanadi. Gruntni loyihaviy kesimdan tashqariga tashlash uchun boshqa 
chizma bilan ishlanganda uni bir necha marotaba kavlash va tashlash kerak. 
Ishchi proezd 7.3, 
a-
rasmda ko‘rsatilgan chizmadek bo‘lganda gruntni kavlash 
ikkita buldozer, ekskavator, ekskavator va buldozer yoki portlatish usuli 
yordamida qolgan yumshatilgan gruntni buldozer bilan tozalab bilan birga 
amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin