138
oylarida real iqlim sharoitidan kelib chiqib, tajribalar har bir ob'yektda o‘tkazib
belgilanadi zichlashtirish tartibi.
Gruntlarni yaxshilab zichlashtirish uchun og‘ir
panjarali va kulochokli
katoklar, shuningdek, og‘ir shibbalagichlardan foydalanish mumkin. Bu
vositalar bilan qalin qatlamlar zichlashtiriladi; muzlagan bo‘laklar samarali
maydalanadi; shibbalagichlar kichik qamrab olish masofasida yaxshi ishlaydi.
Bir smena avval kavlanaytgan o‘yma yoki
rezerv yuzasi qordan va
muzdan tozalanadi, keyinchalik tozalanadigan maydon yuzasi yer texnikasining
smenali ish unumdorligidan havoning mos haroratida aniqlanadi. Gruntni
kavlash cho’michining o‘lchami 0,65 m
3
bo‘lgan ekskavator bilan to‘xtovsiz
olib boriladi; faqat kuchli qor yog‘ishda va shamolda to‘htatiladi va qor va muz
to‘liq olib tashlangandan so‘ng qaytatdan boshlanadi. Qamrab olish masofasini
uzunligi bunday gruntni harorati 2
o
S gacha kamayguncha zichlab olishga
ulgurish hisobidan belgilanadi.
Ko‘tarmaga grunt surilish tekisligi xosil bo‘lmasligi
uchun gorizontal
qatlam bilan yotqiziladi. Qatlam qalinligi amaldagi zichlashtiruvchi texnikaga
bog‘liq.
Agar gruntni muzlashdan saqlash tadbirlari ko‘rilmagan bo‘lsa yoki
yetarlicha bo’lmasa, qish vaqtida yo‘l poyini qurishda muzlagan gruntni
kavlashga to’g’ri keladi. Yuqori muzlagan qobiqni bo‘shatish uchun traktorli
bo‘shatgichlar
ishlatiladi, uning qalinligi kam bo‘lganda (0,1-0,2 m) buldozer
ag’dargichiga montaj qilingan tishlardan foydalaniladi. Cho’michining sig‘imi
0,65-1,0 m
3
bo‘lgan to‘g‘ri kurakli ekskavator bilan qalinligi 0,25-0,4 m bo‘lgan
muzlagan gruntni dastlab bo‘shatmasdan kavlab bo‘lmaydi. Muzlash chuqurligi
0,4 m dan ko‘p bo‘lganda gruntni mexanik ravishda bo‘shatish (maydalash)
uchun qoziq yoki shar shaklidagi 2,0-2,5 tli, ekskavator strelasiga osilgan urib
yumshatuvchi qurilmalar yoki dizel-bolg‘a bilan bosiladigan qoziqsimon
bo‘shatgichlar qo‘llanadi.
139
Agar ob'yekt aholi yashash joyidan tashqarida
joylashgan va ish hajmi
kerakli darajada katta bo‘lsa, muzlagan gruntni bo‘shatish va kavlash portlatish
yo‘li bilan ag’dargichga otib amalga oshiriladi. Muzlash chuqurligiga bog‘liq
ravishda shpurli yoki skvajinali zaryadlar qo‘llanadi. Zaryadlarni to‘ldirish
uchun qum, shlak yoki maydalangan muzlagan gruntdan foydalaniladi. Portlatib
yumshatilgan grunt smena davomida, kuchli sovuqda (-20
o
S past) qayta
muzlamasligi uchun 3-4 soat davomida tozalanadi.
Dostları ilə paylaş: