A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini qurish



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
9.4 Sho‘rlangan gruntlarda yo‘l poyini qurish 
Yuqorigi bir metrlik qalinligida tarkibida massasi bo‘yicha 0,3% dan ortiq 
oson eriydigan natriy, kalsiy va magniyning xlorli, sulfatli va karbonatli tuzlari 
bo‘lgan gruntlar sho‘rlangan gruntlar hisoblanadi. 
Sirtqi qatlamlarida 1...2 m chuqurlikkacha erkin holatda 1% dan ortiq 
oson eriydigan tuzlar bo‘lgan tuproqlar 
sho‘rxoklar
deb ataladi. Ular tarkibida 
eriydigan tuzlar bo‘lgan sizot suvlarining kapillyarlar bo‘yicha sirtga tortilishi 
natijasida xosil bo‘ladi. Bu tuzlar suv bug‘langanida gruntning yuqori 
qatlamlarida to‘planadi. Ayrim hollarda tuz miqdori shu qadar ko‘p bo‘ladiki, 
ular ajralib chiqib, grunt sirtida qatlam hosil qiladi. 
Yengil eruvchan tuzlar suv ta'sirida yo‘l poyi gruntining mustahkamligini 
kamaytiradi, undan tashqari, grunt tarkibidagi suvda eriydigan ortiqcha tuz 


142 
ko‘pligi, sho‘rlangan gruntlarning mos ravishda o‘sha granulometrik tarkibli 
sho‘rlanmagan gruntlarning qulay zichligigacha zichlashishiga qarshilik qiladi. 
Shuning uchun har qanday sho‘rlangan grunt yo‘l poyi qurish uchun yaroqli 
bo‘lavermaydi. Ulardan foydalanish imkoniyatini laboratoriya sharoitida
sho‘rlanish xususiyati va darajasi bo‘yicha gruntlarni tasnlashasosida aniqlanadi.
Sho‘rlangan gruntlarning asosiy turlariga solonchaklar, solonslar, 
shuningdek, taqir gruntlari kiradi. Gruntlarning sho‘rlanish darajasi ko‘tarmaga 
surilishi kerak bo‘lgan grunt qatlamidagi yengil eruvchan (xlorli natriy, sulfat 
natriysi, karbonat natriy) tuzlar miqdori o‘rtacha yig‘indisining quruq grunt 
massasiga nisbatini foyzda belgilash bilan tavsiflanadi. Sho‘rlanish xususiyati 
gruntda xlor 
SL
ioni miqdorining SO
4
miqdoriga nisbati bilan belgilanadi. 
Masalan, qabul qilingan yo‘l tasnifi bo‘yicha 9.1-jadvalda ko’rsatilgan 
gruntlarning sho‘rlanishi ajratiladi. Gruntlar sho‘rlanish darajasi bo‘yicha 
tuzlarning xususiyati va yo‘l-iqlim mintaqasiga qarab tavsiflanadi. 
9.1-jadval 
Gruntlar 
Tuzlar massasi birligidagi yig‘indisi, % 
Yo‘l poyi qurish 
uchun yaroqliligi 
Xloridli va sulfat-
xloridli sho‘rlanish 
Sulfatli, xlorid-sulfatli 
va sodali sho‘rlanish 
Kam sho‘rlangan 
O‘rtacha 
sho‘rlangan 
Kuchli sho‘rlangan 
Ortiqcha 
sho‘rlangan 
0,3-1,0 
1-5 
5-8 


5-8 
8-10 
10 
0,3-0,5 
0,5-2 
2-5 


2-5 
5-8 

Yaroqli 
Yaroqli 
Qo‘shimcha tadbir 
bilan yaroqli 
Faqat ularning 
manfiy ta’sirini 
mahsus tadbirlar 
bilan yaroqli 
Sho‘rlangan gruntlarda rezervli ko‘ndalang profillar bo‘lishiga,
(9.1, a-rasm) sizot suvlari 1 m dan ortiq chuqurlikda yotganida, yo‘l qo‘yiladi. 


143 
Bunda rezervning tubi sizot suvlarining eng baland sathidan kamida 0,9 m 
baland turishi kerak. 
O‘rtacha va kuchli sho‘rlangan gruntlarda suvni yo‘l poyidan chetlatish 
tadbirlarini, ayniqsa, sinchiklab bajarish zarur. Suvni chetlatish uchun 
rezervlarning chetlari bo‘ylab novlar qilinadi (9.1, b -rasm). 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin