159
bu yerda: ish turini baholashning sonli koeffitsientlari va indekslari ko‘rsatib
o‘tilgan ishlarning tartib raqamiga to‘g‘ri keladi.
Me'yoriy
hujjatlarda
yo‘l poyining ravonligiga talablar ishlab
chiqilmagan, shuning uchun u juda katta oraliq qiymatga ega. Yetarli ravonlik
bo‘lmasa, bir xil zichlanmaydi va yo‘l to‘shamasi qatlamlaridagi material isrof
bo’ladi. Odatdagi yo‘l mashinalari bilan yo‘l poyini qurishda uch metrli
reykaning ostidagi yorug‘lik 10 mm, kuzatish sistemasiga ega bo’lgan
mashinada - 5 mm gacha ruxsat beriladi.
11.3 Xavfsizlik texnikasi
Qurilishda xavfsizlik texnikasiga katta ahamiyat berilishi zarur. Ish
boshlanishidan oldin xavfsizlik texnikasi bo‘yicha instruktaj o‘tiladi. Xususan,
qurilayotgan yo‘lning asos qatlamini qurish jarayonida ayrim mashina-
mexanizmlardan foydalanish vaqtida quyidagi xavfsizlik texnikasi qoidalariga
qa'tiy rioya qilish kerak:
Avtogreyder bilan ishlaganda:
- daraxtlar, daraxt to’nkalari va katta toshlar bor joyda avtogreyder ishlashi
mumkin emas;
- gruntni tekislashda avtogreyderning tashqi g‘ildiraklari yoki traktorning
gusenitslari bilan yo‘l poyi cheti orasida kamida 1 m masofa bo‘lishi kerak;
-burilishda va qayrilishda avtogreyderning tezligi eng kam bo‘lishi lozim;
-qiyalatgich va uzaytirgichni o‘rnatish, qiyaliklarni qirqish uchun pichoqlarni
tashqariga chiqarish va o‘rnatish uchun ishchi ishlashi darkor;
- avtogreyder baland ko’tarmalarga chiqishi uchun maxsus chiqish va tushish
joylari talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: