A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
10.3- rasm. Eski qismi qamrab olib yo‘l poyini bir tomonlama kengaytirish: 
u
-kerakli kengaytirish; 
a
-ishni mexanizatsiyalash sharoitidan kelib chiqib kengaytirish 
 
Amalda yo‘l poyini o‘ymada va tog‘ yonbag‘rida kengaytirish ham kerak 
bo‘ladi. Bu holda o‘ymaning chuqurligi va ish hajmiga qarab kengaytirish bir 
tomonlama (10.4-rasm) bo‘lishi mumkin.
 
 
10.4-rasm. O‘ymani bir tomonlama kengaytirish: 


149 
V
-kengaytirish; 
A
-eski yo‘l polotnosi kengligi; 
B
-eski qatnov qismi kengligi
a
-yo‘l 
poyini kengaytirish; 
b
-qoplamani kengaytirish; 
 
Kengaytirilgan yo‘l poyi yaxshilab zichlashtirilgan bo‘lishi kerak. Yo‘l 
to‘shamasi quriladigan bo‘lsa, uning kengaytiriladigan qismini yo‘l poyining 
eski qismiga joylashtirish lozim.
Kengaytirishning hamma variantlari ishlab chiqarish usullarini hisobga 
olib loyihalashda ko‘rilishi kerak va faqat eng maqsadga muvofiq variant 
loyihalanadi.
Eski ko‘tarmani yangisi bilan birlashtirish uchun ularni zinasimon holda 
ulanadi. Zinalarning balandlik bo‘yicha o‘lchamlari ko‘tarma qurilishida qabul 
qilingan balandlikka teng belgilanadi. Oxirgisi grunt va zichlashtiruvchi 
mashina turiga qarab shakllantiriladi. Avval qiyalikning mustahkamlangan qismi 
olinadi va bir chekkaga surib chiqarib qo‘yiladi. Agar mustahkamlanadigan 
qismda o‘simlik qatlami bo‘lsa, avtogreyder bilan qirqiladi va chetga buldozer 
bilan suriladi. Baland ko‘tarmalarda, o‘simlik qavati ekskavator-draglayn yoki 
teskari kurak bilan qirqilib avtomobillarga, qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan joyga 
olib borish yoki yangi ko‘tarmaning yon qiyaligiga qayta ishlatish maqsadida bir 
yerga jamlash uchun ortiladi. Keyin grunt karyerdan avtomobil-samosvallar 
bilan olib kelinadi, avtogreyder bilan tekislanadi va katok bilan zichlanadi. 
Zichlashtirilgan birinchi qatlam ustiga, eski ko‘tarmaning yon qiyaligida zina 
qirqilib, ikkinchisi yotqiziladi. Ko‘tarmaning to‘kilgan qismini yaxshilab 
mustahkamlash uchun tishlari bor cho’michli ekskavator bilan eski 
ko‘tarmaning yon qiyaligi yumshatiladi, grunt to‘kilgandan so‘ng yon qiyalik va 
yuqori qismi yuzasi zichlashtiriladi. Yon qiyaliklarda gruntni zichlashtirish 
uchun ekskavatorga ruxsat berilgan massali tutash katok bilan jihozlangan 
draglaynni ishlatish mumkin. Yuqori qism shibbalovchi plita yoki maydonli 
tebratgich bilan zichlashtirilishi kerak.
Yangi avtomobil yo‘lini qurgandek, yer ishlarini olib borishda suv 
qochirish ishlarini olib borish kerak. Yo‘lda harakatni saqlaganda va ikkala 


150 
tomonga kengaytirilganda avval yo‘l poyi bir tomonga to‘liq kengaytiriladi
undan keyin boshqasini kengaytirishga kirishiladi. Agar kerakli darajada 
ishlayotgan mashina turlari, kengaytirilayotgan ko‘tarmani bir yoki ikki 
tomonidagi har xil qatlamlarda bo‘lsa, ishni ketma-ket harakatlanuvchi zveno 
bilan bajarish mumkin. 
Odatda, harakatni boshqa yo‘lda yoki aylanma yo‘lda o‘tkazishga harakat 
qlinadi. Harakat qulay bo‘lishi uchun aylanib o‘tish yo‘li yil davomida 30 
km/soat dan kam bo‘lmagan harakatni ta'minlovchi (agar kerak bo‘lsa) qattiq 
qoplamaga ega bo‘lishi kerak. Loyihalashda ish qimmatlashgani sababli harakat 
uchun eski yo‘lni saqlash va yangisini yaxshilangan trassaga yaqin o‘tkazish 
lozim.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin