A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
 
9.1-rasm. Sho‘rxok gruntlardagi yo‘l poyining ko‘ndalang profillari:
a
-bir tomonida rezerv joylashgan ko‘tarma; b-rezervli va bo‘ylama novli ko‘tarma; v-
bermali va chuqur-rezervli ko‘tarma; 1-ajratilgan joy mintaqasi; 2-rezerv; 3-yo‘l 
poyining yon tomonini mustahkamlash 
Yo‘l poyini qurish uchun yaroqliligi tumanning iqlim sharoitiga, gruntni 
sho‘rlanish xususiyati va sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Gruntni ko‘tarmaga solishda 
qiyin eriydigan tuzlarning (gips) birlik massadagi qismi 3 % gacha ruhsat 
beriladi.
Sho‘rlanish turi 
Birlik ulushidagi massasi, % 
Xloridli 

Sulfat-xloridli 
1-2 
Xlorid-sulfatli 
0,3-1 
Sulfatli 
0,3 
Sodali 



144 
Sodali sho‘rlanish sho‘rlangan gruntning yuzasiga bitum materialli 
qoplama qurilganda ahamiyatga ega.
Ortiqcha sho‘rlangan gruntlarni trassa bilan aylanib o‘tish mumkin 
bo‘lmaganda, yo‘l poyi sho‘rlanmagan yoki kam sho‘rlangan gruntlardan (iloji 
boricha drenajlanadigan), sho‘rlanishining oldini olib quriladi. Kuchli 
sho‘rlangan gruntli sharoitda yo‘l poyi ko‘tarma holida yo‘l to‘shamasining tagi 
yer yuzidan ko‘tarib va grunt suvlari sathidan, odatdagi sho‘rlanmagan 
gruntlarga nisbatan 20 % baland quriladi.
Kuchli sho‘rlangan bog‘langan gruntlarda va kerakli balandlikdagi 
ko‘tarmani qurish mumkin bo‘lmasa yoki maqsadga muvofiq bo‘lmasa, yo‘l 
poyini mustahkamligini oshirish va yuqori qatlam gruntlarini kapillyarlari 
bo‘yicha ortiqcha sho‘rlanishning oldini olish uchun ko‘tarma tarkibida uni 
hamma kengligi bo‘yicha 65-75 sm chuqurlikda yoki yo‘l to‘shamasining tagiga 
kapillyar to‘suvchi 15-20 sm qalinlikda 10-20 mm o‘lchamli shag’aldan 
qatlamcha quriladi. Qatlamcha grunt bilan ifloslanmasligi uchun ostidan va 
ustidan qalinligi 3-5 sm bo‘lgan yirik qum yoki mayda tosh yotqiziladi.
Agar grunt suvlari yaqin yotishi natijasida o‘ta namlangan holatdagi nam 
solonchaklarni (gilli va qumloq tuproqli) kesib o‘tish kerak bo‘lsa, ko‘tarmalar 
tashib keltiriladigan qumli yoki supesli gruntlardan quriladi.
Gruntning namligi qulay namlikka yaqin bo‘lganda yer ishlari bajariladi. 
Sho‘rlangan gruntlar uchun yer ishlarini bajarishning eng ratsional vaqti: grunt 
suvlarining sathi yuqori bo‘lganda gilli solonchaklar uchun yoz va kuzdir 
(yog‘ingarchilik boshlanishidan avval); grunt suvlarining sathi yuqori bo‘lganda 
qumli solonchaklar uchun bahor va yozning boshlanishi. Gruntlar kuchli 
sho‘rlaganda uncha katta bo‘lmagan ko‘tarma qurilganda yer ishlari yuqori 
gorizontda (chuqurligi 0,5 m bo‘lgan rezervda) sho‘rlanish kamayganda, 
bahorda bajariladi. 


145 
Solonchaklarda yoz oylarida uchraydigan yupqa tuzli qobiq ko‘tarmani 
qurishdan avval rezerv va ko‘tarma asosining yuzasidan buldozer bilan 
rezervdan 15-20 m nariga suriladi.
Rezervda grunt buldozer yoki avtogreyder bilan kavlanib, ko‘tarmaga 
suriladi. Solonchaklarda ko‘tarma qurish uchun grunt suvlari yer yuzasidan 1 m 
dan kam bo‘lmaganda greyder-elevatorni qo‘llash mumkin.
Solonchaklarda tashib keluvchi gruntlardan ko‘tarmalar skreperlar yoki 
avtomobil-samosvallarda tashish masofasiga qarab keltiriladi; gruntni yotqizish 
«boshidan» boshlanadi. Ko‘tarmaga grunt avval ishchi belgidan baland 
yotqiziladi, (lekin yo‘l poyining hamma kengligi bo‘yicha emas), so‘ng buldozer 
bilan uni bir vaqtda zichlashtirib, chetga suriladi. Grunt yopishib qolmasligi 
uchun suvga qarshi kam mustahkam solonsovli va taqirli gruntlarning namligi 
0,9 qulay namlikka keltiriladi. Tabiiy namligi qulay namlikdan yuqori bo‘lgan 
bog‘langan gruntlarning har bir qatlamini zichlashtirish uni havoda dastlabki 
quritishdan so‘ng boshlanadi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin