A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


IX bob. YO‘L POYINI QISH DAVRIDA VA ALOHIDA TABIIY



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

IX bob. YO‘L POYINI QISH DAVRIDA VA ALOHIDA TABIIY
SHAROITDA QURISH 
 
9.1 Qishki yer ishlarining xususiyatlari 
Qishda o‘yma va quruq qumlarda, shag’al-galechnik va qoya-tog’ 
jinsarida rezervlar quriladi, bir yerga to’plangan rezervdan ko‘tarma yasaladi
gilli gruntlardan chuqurligi 3 m dan ortiq quruq o‘ymalar o‘yiladi, 
botqoqliklarda qumli gruntlardan ko‘tarma ko‘tariladi, torf kavlab olinadi, 
drenaj quriladi; shuningdek, ishlab chiqarishning shaxsiy loyihasiga muvofiq 
boshqa yer ishlarini qilish mumkin bo‘ladi.
Qishki yer ishlarining alohida xususiyatiga havo haroratining salbiyligi, 
qor va muzlar kiradi. Qishki mavsumda, masalan, yer sharining shimoliy 
tomonlarida, Sibir va Uzoq Sharqning ko’pgina tumanlarida, qishda qurilish 
joyiga borishning yagona sharoiti yaratiladi. Qurilish ishlarining qishda emas, 
aksincha yozda oshadi. Bu tumanlarda qishda botqoqliklarda ko‘tarmalarni 
qurish va torflarni chiqarib tashash ishlari texnologik jihatdan osondir, torfni 
olib tashlamasdan vaqtinchalik yo‘llarni qurish qulay va karyer va qishda 


136 
faoliyat ko‘rsatadigan boshqa ob'yektlarga vaqtinchalik o‘tish yo‘lini ta'minlash 
mumkin. Ko‘rsatilgan tumanlarda qishki ishlarni olib borish muhim hisoblanadi, 
chunki bunday viloyatlarda qish mavsumi uzoq davom etadi.
Qishda ishlarni olib borishda quyidagi kamchiliklarga quch kelinadi:
ishlashni gruntning muzlashi, grunt tarkibida muzlagan bo‘laklar bo‘lishib 
ishlashni qiyinlashtiradi; yer inshootlari asosini qor va muzdan tozalash; 
ishchilar uchun qishki kiyimning kerakligi; inson va texnikani ishlashi uchun 
normal sharoit yaratish, zaruriyati, suv-moyni isituvchi qurilmalar kerakligi. Bu 
esa kichik frontda mashinalarni bir yerga to’plash, ishni yuqori jadallikda 
bajarish; yer ishlarini iloji boricha uch smenada olib borishni taqozo qiladi. Bu 
holatlarda grunt muzlaguncha karyerni ishlash va ko‘tarmaga to‘kish, 
shuningdek, gruntni zichlashtirish ishlarini tugallash bo‘yicha hamma 
texnologik jarayonlarni bajarish lozim.
Qish mavsumida yer ishlarini bajarish: qurilish mavsumini uzaytirish; yil 
davomida yo‘l-qurilish mashinalaridan to‘liq va bir tekis foydalanish; qurilishga 
doimiy ishlovchi malakali ishchilarni biriktirish; qurilishni tezlashtirish va sarf 
harajatlarni kamaytirish imkonini beradi.
Qish mavsumida qurilish olib borishga mo‘ljallangan ko‘tarma qurish 
uchun yoz oylarida asos tayyorlanishi: o‘rmonlar qirqilib, to‘nkalari va 
xarsangtoshlar olinishi, tabiiy asos tekislanishi va zichlashtirilishi kerak. 
Keyinchalik ko‘tarmani qurishdan avval bu asos qor va muzdan yaxshilab 
tozalanadi. Agar muzlash chuqurligi 1,5 m dan katta tumanlarda ko‘p 
ko‘pchiydigan gruntlardan ko‘tarma qurilsa, ostki qatlamlar (1,2-1,5 m) qish 
boshlanguncha quriladi.
Gruntli karyer va o‘ymalarni tayyorlash, havo harorati turg‘un manfiy 
bo‘lguncha amalga oshirilishi lozim. Bunday ishlarga daraxtlarni qo‘porish va 
butalarni qirqish, o‘tish yo‘llarini qurish, grunt muzlamasligi uchun o‘yma yoki 
karyer yuzasiga issiqlik o‘tkazmaydigan qatlam qurish yoki kimyoviy 
reagentdan foydalanish va boshqalar kiradi.


137 
Issiqlik o‘tkazmaydigan qatlamni qurishni texnologik va eng samarali turi 
ko‘pik holatidagi issiqlik o‘tkazmaydigan material-penopoliuretan quyishdir. 
Yuzalarni muzlashdan saqlash uchun chopib chiqish va omochlash, shuningdek 
qipiq, somon, torf, shlak bilan berkitish ishlarini olib borish mumkin. Odatda, bu 
materiallar, muzlashdan yaxshi saqlaydi va elektr yoki bug‘ bilan isitish yoki 
muzlagan gruntni portlatish yoki har xil bo‘shatgich bilan bo‘shatishga 
qaraganda ancha arzonga tushadi.
Issiqlikdan saqlanadigan qatlam qalinligini hisoblash ishlari “Qish 
vaqtlarida ishni olib borish bo‘yicha qo‘llanma”ga asosan olib boriladi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin