A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


-kengligi 1 m bo‘lgan berma



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

-kengligi 1 m bo‘lgan berma; 
4
-o‘lchami 200-500 mm li yirik xarsang tosh; 
5
-
tabiiy shag’alli grunt. 
 
Daryo o‘zanida suv bosmaydigan qayrning bo‘lishi tog‘li o‘tib bo‘lmas 
joylarda, avval masalasi keltirilgan usul bilan yechish imkonini beradi. Ammo 
bunday imkoniyat doimo uchramaydi.
Agar pioner (birinchi quriluvchi) yo‘l qoya- toshni aylanib o‘tish bo‘yicha 
qurilgan bo‘lsa, unda trassaning eng qiyin bo‘lagiga o‘tish, shu joy bo‘yicha 
o‘tilgan, shaxsiy yechim bilan ta'minlanadi. Boshqa hollarda ishchi proezdni 
agar yo‘l yarim o‘ymada o‘tsa: a) yo‘lovchilar yo‘lakchasini kengaytirish 
bo‘yicha qoya-tog‘ ishlari hisobidan (8.1, 
a-
rasm); b) toshni quruq taxlash, agar 
yo‘lni o‘tkazishda tirgovich devor qurish ko‘rilgan bo‘lsa va devor ortiga tosh 
terilsa (8.1, 
b-
rasm); v) a va b bandlarning kombinatsiyasi; g) ishchi proezdni
vaqtinchalik estakadaga, yarim balkonga, balkonga ko‘chirish bilan ta'minlaydi. 
Odatda, ikkita buldozer bilan birga ishlaganda ishchi proezdni qoya- 
toshlari ishi hisobiga ta'minlashni maxsus portlatuvchi brigadalar amalga 
oshiradi. Bu holda buldozer mashinistidan katta tajriba va diqqat talab qilinadi, 
chunki ingichka tokchada ishlaganda buldozerlar unga gusenitsali g‘ildiragining 
hamma maydoni tayanmaydi, buldozer gusenitsasi tagiga tushib qolgan tosh 
dvigatelning to‘liq ishlashini talab qiladi, gusenitsa va katok orasiga tushib 
qolgan toshlar bo‘lsa, ular gusenitsa va katokka xalaqit beradi. Qoya- toshlarda 
ishlaganda 
buldozerning 
gusenitsasi 
ag’dargich 
ramasining 
yoniga 
payvandlangan po‘lat shitlar bilan to‘siladi.
Ish sharoitini nihoyatda qiyinligi, ko‘pincha, ikkinchi buldozerning 
yordamini talab qiladi. Yon qiyalikdan katta o’lchamdagi toshlarni surishda 
ikkita buldozer ishlashi kerak bo‘ladi. Bu xususiyatlarning barchasi - ikkitadan 
kam bo‘lmagan buldozerlarni yonma-yon yoki kichik masofada turib ishlashini 
ta'minlaydigan amaliy qoidaga olib keldi. Buldozerlar portlash ishlari olib 
boriladigan joydan xavfsiz masofada joylashtiriladi. Lekin har doim ham buni 


130 
imkoni yo’q chunki ishchi proezdning tayyor tokchasida ishlayotgan buldozer 
bilan kompressorlar joylashtiriladi. Shunday qilib, kompressorlardan burg‘ilash 
ishlarigacha bo‘lgan masofani quvur o‘tkazgichlar va shlanglar egallaydi. 
Shuning uchun quvur o‘tkazgichlar va shlanglarning uzunligini 150-200 m 
gacha uzaytirish kerak.
Portlatish ishlari zaryadli skvajinalar yoki mayda shpur usuli bilan olib 
boriladi. Shpurlar motoperforatorlar bilan, skvajina yuruvchi burg‘ilash 
stanoklari bilan kavlanadi. Keyinchalik portlatilgan jinslar buldozerda 
tozalanadi. Mayda shpurli usul soddaligi, seysmik ta'sirning minimalligi, asosan, 
har xil tog‘li sharoitlarda katta harakatlanuvchanlik va tezlikni ta'minlovchi
burg‘ilash jihozlarining yengilligi sababli yo‘lovchilar yo‘lakchasini portlatishda 
qo‘llanadi. Bu usul ishchi proezd tokchasini qurishda shpurlar to‘ri, burg‘ilash, 
zaryadka, portlatish va portlatilgan jinslarni tozalashni mustahkamlash va 
belgilash ishlari bilan birgalikda olib boriladi.
Odatda, shpurning chuqurligi portlatiladigan qatlamning 1,0-1,1 qismini 
tashkil qiladi, agar portlatiladigan qatlam yumshoq jinsda joylashgan bo‘lsa, 
shpurning chuqurligi 0,7-0,9 qatlam qalinligigacha kamaytiriladi. Bu usulning 
asosiy kamchiligi - buziladigan jinsning birligiga nisbatan burg‘ilash hajmining 
kattaligidir. Afzalligi esa qoya jinslarining mustahkamligini saqlanishidir.
Skvajinali zaryadlarni qisqa sekinlashgan portlatish usulining ish 
unumdorligi katta bo‘lgani uchun kerakli miqdorda qoya jinslarining 
turg‘unligini ta'minlaydi, shu bilan birga, mayda shpurli portlatishni qo‘llash 
chegaralanadi.
Qoya- toshlarni ichidan terib olinadigan toshlar “quruq” terish uchun 
ishlatiladi. Uni shunday terish kerakki, keyinchalik tirgovich devor ostini qurish 
va o‘tuvchi transport harakatiga xalaqit bermasin. Toshli devor asos bo’lib 
xizmat qiladi. Ayrim hollarda yo‘l poyining grunli qismi tosh bilan 
almashtiriladi.


131 
Qoya jinsli o‘pirilgan murakkab yo‘l bo‘laklarida va chuqur qoyali 
kan’onlarning o‘tish joyida ishchi proezd yarim balkon, balkon va vaqtinchalik 
estakada bilan ta'minlanadi. Vaqtinchalik yarim balkonlar har xil kesimli 
metallardan, masalan, ikki tavrlardan foydalanib oddiy konstruksiyasini quriladi. 
Qoya jinsli tor tokchalar balka bilan qoplanadi, qatnov qismi yog‘ochdan 
ishlanadi. Yarim balkon va balkondan o‘tuvchi ishchi proezd bo‘lagi to‘sinlar, 
shuningdek, xodalar bilan yaxshilab mustahkamlanadi.
Doimiy ko‘priklarni qurish ko‘p vaqtni oladigan yoki biror sabab bilan 
ushlanib qoladigan joylarda ko‘priklar o‘rniga vaqtinchalik estakadalar quriladi. 
Bu holatlarda vaqtinchalik, lekin ayrim hollarda quruvchilarda bor bo‘lgan 
materialdan juda baland estakadalar quriladi. Hamma hollarda daryolar va suv 
havzalaridan, odatda, oqimning yuqori tomonida doimiy ko‘prik quriladigan 
joyda vaqtinchalik sun'iy inshoot quriladi. Ammo, agar buning imkoni bo‘lsa, 
vaqtinchalik ko‘prik qurilmaydi, lekin doimiy kichik ko‘prik yoki quvur 
quriladi. Ishchi proezd tokchasini qurishni tezlashtirish uchun doimiy ko‘priklar 
va quvurlar yo‘lning yarim kengligi bo‘yicha quriladi.
Yo‘l poyining butun kengligi bo‘yicha qoya-tog‘ jinslarini kavlash qoya- 
tosh ishlari asosiy hajmining 80 % ni tashkil qiladi. Bu ishlarning texnologiyasi: 
ko‘ndalang kesim turi; maxsus inshootlarning turi va borligi; qoya- toshlarning 
mustahkamlik darajasini belgilovchi geologiya va gilrogeologiya sharoiti; 
portlatish ishlari texnologiyasi va portlatilgan jinslarni keyinchalik ishlatish 
imkoniyati; jinslarni ko‘ndalang yoki bo‘ylama surish yo‘nalishi bilan 
aniqlanadi.
Ko‘ndalang kesimning asosiy turi yarim o‘yma va yarim ko‘tarmaning 
tagidan tirgovich devor bilan ushab turuvchi yechimli yarim o‘yma – yarim 
ko‘tarmadir. Shuningdek, ko‘pincha, ayrim texnik sabablarga asosan, 
ochiladigan juda kichik o‘yma va ko‘tarmalar uchrab turadi.
Qoya gruntlarida yarim o‘ymani kavlash loyihaviy kesimning yuqori 
pog’onasidan boshlanadi. Avval kengligi 3,5 m bo‘lgan ishchi proezdni tokchasi 


132 
quriladi. Tokchani bunday kengligi skvajinani burg‘ilash uchun burg’ilash 
mashinasini va keyinchalik PMni zaryadkalash va tashish uchun kerak 
bo‘ladigan mashinaning o‘tishini ta'minlaydi. Skvajinali zaryadlarni portlatish 
pog’ona bo‘yicha yo‘l poyining loyihaviy belgisigacha qoya jinslarini 
yumshatish va otish bilan amalga oshiriladi. Portlatish ishlari moslashtirilgan 
tashkilotlarga topshiriladi.
Qatlam qalinligi 3,0-3,5 m bo‘lgan qoya-tog‘ jinslari shpur usuli bilan 
portlatiladi, katta qalinlikda bo‘lsa - skvajinali zaryadlar ishlatiladi. Agar bir 
vaqtning o‘zida skvajinalar orasida joylashgan skvajinali va shpurli zaryadlar 
ishlatilsa portlatish ishlarining samarasi oshadi, o‘lchovsiz toshlar soni 
kamayadi.
Otish uchun mo‘ljallangan portlashdan so‘ng buldozer yordamida 
ko‘ndalangiga yurib tozalanadigan 10-12 % maydalangan jins qoladi. 
O‘ymalarda qoya-tog‘ jinsini portlatish kerakli darajada mustahkam va 
samarali bo‘lishi uchun “otishga chegaralangan” usulida olib boriladi. Bunda 
ishning muddati sezilarli darajada qisqaradi. O‘ymadan grunt bitta yoki ikkita 
tomonga suriladi, portlatishdan so‘ng tozalanadigan jinsning hajmi umumiy 
hajmning 15-20 % ni tashkil qiladi.
Maydalash uchun portlatishda xavfsizlik maqsadida ekskavator zaboyi 
berilgan ekskavator uchun maksimal qirqish balandligidan 1-2 m dan ko‘p 
bo‘lmasligi kerak.
Chuqurligi 6-8 m dan katta o‘yma va yarim o‘ymani kavlash balandligi 
bo‘yicha bir necha yarusda, burg’ilash portlatish ishlari bilan birga olib boriladi, 
chunkiy portlatilgan jins bir joyga to‘planib qolishi mumkin. Ekskavator va 
transport vositasining ish unumdorligini oshirish uchun burg’ilash ishlarini ikki-
uch smenada olib boriladi.
Mexanizatsiyalashgan otryadni komplekslashda har ikki ekskavatorga 
bitta buldozer beriladi, u avvaldan ekskavatorlar uchun maydon va avtomobillar 
uchun o‘tish joyi tayyorlaydi. Har ikkita burg’ilash mashinalariga bitta 


133 
harakatlanuvchi kompressor stansiyasi xizmat ko‘rsatadi. Portlatilgan jinsda 
uchraydigan o‘lchamsiz toshlarni chetga ekskavator bilan surib qo‘yiladi va 
o‘yma va yarim o‘ymaning yon qiyaligiga taxlanadi. O‘lchamsiz toshlar galdagi 
portlatishda shpur usuli bilan portlatiladi. Ekskavator va avtomobil-samosvallar 
uchun o‘tish joyini tozalaydigan buldozerlar portlatilgan o‘lchamsiz toshlarni 
ekskavator oldiga suradi.
Yo‘l uzunligi bo‘yicha kavlanadigan qoya-tog‘ gruntini hajmining 
o‘zgarishi qoya-tog‘ jinslarini ishlashda hisobga olinadi. Odatda, kam ish hajmi 
jinslarning yuqorigi nuragan qatlamida bajariladi; katta ish hajmi qattiq qoya-
tog‘ jinsida olib boriladi. Shuning uchun va murakkab maxsus inshootlarni 
borligi sababli bir chiziqli va bir yerga to’plangan ishlar almashtirib olib 
boriladi, bu ayrim hollarda qoya-tog‘ jinslarida o‘tadigan hamma yo‘l bo‘lagini 
bir yerga to’plangan ishga taal'luqli qiladi.
Mashinalar qoya-tog‘ gruntlarida ishlaganda bo‘sh gruntni ishlashga 
qaraganda katta kuch sarf qiladi. Shuning uchun portlatilgan qoya-tog‘ jinslarini 
qiyalik tagiga surish traktorli buldozerlar yoki cho’michining hajmi 1 m
3
dan 
katta bo’lgan ekskavatorlar bajaradi.
Hozirgi vaqtda qoya-tog’ gruntlarini asosiy kavlash usuli portlatishdir. 
Ammo buning bir qancha salbiy tomonlari mavjud. Shuning uchun tog‘ jinsini 
maydalash traktorda bitta ustunli maydalagich bilan amalga oshirilmoqda. 
Shunday qilib, ayrim hollarda faol ta'sir quluvchi cho’michli ekskavator bilan 
sementlashgan chaqiqtoshkali massa, slanetslar, yumshoq ohaktoshlar, mergel, 
kuchli yorilgan va kuchli nuragan boshqa tog‘ jinslarini kavlash mumkin. 
Maydalash uchun quvvati 220-230 kVt va undan yuqori bo‘lgan gusenitsali 
traktorlar kerak bo‘ladi. Bu holda maydalash narxi portlatishga nisbatan 40-80 
% ga kamayadi. yer mashinalarining ish unumdorligini oshirish uchun 
jinslarning eng katta o‘lchami ahamiyatga ega. Mexanik maydalash kerakli 
sifatni ta'minlab beradi, ammo maydalangan qatlam qalinligi (0,2-0,8 m) kichik 
bo‘lgani uchun bu usul ekskavatorning ishlashini qiyinlashtiradi. Bu holda 


134 
maydalangan qoya-tog’ jinsini buldozer, kuchli skreper bilan kavlash va 
yuklagichni buldozer va avtomobil-samosval bilan (agar bo‘ylama tashish kerak 
bo‘lsa) komplektda ishlashi maqsadga muvofiqdir. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin