A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


VIII bob. TOG‘LI SHAROITLARDA YO‘L POYINI QURISH



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

VIII bob. TOG‘LI SHAROITLARDA YO‘L POYINI QURISH 
 
8.1 Tog‘li sharoitning yo‘l poyi qurishga ta'siri 
 
Tog‘li tumanlarga ayrim balandliklari, cho‘qqilari yoki massivlari 
atrofidagi joylardan 500 m dan baland bo‘lgan va balandlik harorati tez 
o‘zgaruvchi hududlar kiradi. Tog‘li hududlar uchun cho‘qqilar yoki boshqa 
vodiyli va tog‘lararo chuqurliklar, har xil qiyalik va shakldagi tog‘ 
yonbag‘irlarini o‘zgarib turishi hosdir.
Tog‘li hududlarning iqtisodiy ahamiyati juda katta shuning uchun tog‘ 
yo‘llarini qurish juda tez kengayib bormoqda.
Tog‘ yo‘llarining yo‘l poyi tekislikdagi yo‘l poyiga nisbatan farq qiladi: 
yo‘llar, ko‘pincha, qiyaliklardan o‘tadi; katta ko‘tarmalar chuqur va yarim 
o‘ymalar bilan almashinib turadi; yo‘l poyi konstruksiyasiga, ko‘pincha, katta 
hajmdagi maxsus inshootlar loyihalanadi; yo‘l poyini qoya- toshli gruntlarda 
qurish portlatish bilan olib boriladi. Bu ishlarning narxi umumiy yo‘l ishining
55-60 % (tekislik joylardagi 12-25 % o‘rniga)ga yetadi.
Tog‘li hududlarda avtomobil yo‘llarini qurishda ishlab chiqarish, agar 
tog‘li hududlarning o‘zaro farqlari hisobga olinmasa ham, quyidagi umumiy 
xususiyatlari bilan farqlanadi: 
1. Qurilishi jihatidan tog‘ yonbag‘rining juda qisqa masofasida ko‘pchilik 
omillarning o‘zgarishi. Qidiruv burg‘i quduqlari orasidagi masofa juda katta va 
boshqa qidiruv materiallarining yetishmasligi sababli texnik loyihani tuzishda 
ko’pgina omillarni hisobga olishning imkoni yo’q, ammo ishchi loyihasini 
tuzishda hisobga olinadi. 
2. Hamma joyda, to‘xtovsiz rivojlanuvchi denudatsion jarayonlar, 
shuningdek, qor va sel oqimi, ag‘darmalar, ko‘chkilar, seysmik va boshqa 
hodisalar ta'siri ostida tog‘ yo‘llarining yo‘l poyi bo‘laklari sekin, ba’zan tez 


127 
buziladi. Shuning uchun tog‘ yo‘llarining eng qiyin bo‘lagida ag‘darmalar, 
ko‘chkilar, selga va qor oqimlariga qarshi inshootlar quriladi.
3. Yo‘l poyini qurishda, odatda, yo‘l o‘tilayotgan qiyalikning 
mustahkamligi va turg‘unligi kamayadi. Ko‘chkili tumanlar, shuningdek, 
portlatish ishlari olib boriladigan va kotlovanlar xosil bo‘lgan joylarda 
qiyaliklarni buzilishi eng ko‘p yuz beradi. 
4. Ayrim tog‘li tumanlarda iqlim birdan o‘zgarishi mumkin, masalan, 
tog‘li hududlarga xos bo‘lgan oqim ta'sirida qurilayotgan ko‘tarma va 
o‘ymaning qiyaligi buzilishi, tog‘ suvlari sathi juda tez ko‘tarilishi mumkin; 
havo isishi natijasida qor ko‘chkilari xosil bo‘ladi. Tirgovich devorlar drenajlar 
qurishni kamaytirish va bu ishlarni yilning eng qulay vaqtida bajarish lozim, 
ishchilar, texnika va materiallarni xavfli joylarda, masalan qor ko‘chkisi 
bo‘ladigan joyda qoldirmaslik kerak.
5. Tog‘ yo‘llari temir yo‘llar kam qurilgan joylarda rivojlantiriladi, buning 
uchun qurilayotgan yo‘ldan 60-80 km va undan ortiq masofada bitta ta'minot 
bazasi kerak bo‘ladi.
6. Qurilayotgan yo‘lga, odatda, olib keluvchi yo‘l bo‘lmaydi, bo‘lsa ham 
trassaning bitta nuqtasida bo‘ladi. Ish frontini rivojlantirishda, keyinchalik bir 
vaqtning o‘zida transport oqimini o‘tkazish zaruriyati tug’iladi. 
7. Qoya-tog‘ jinslarida yo‘l bo‘lagini qurishda, ayrim hollarda bo‘sh-
bo‘lakli gruntlarda portlatish ishlarini olib boriladi. Qoya-tog‘ jinslarida 
portlatish ishlarini olib bormasdan, bo‘sh qoya jinslari va juda ko‘p yoriqli 
jinslardan tashqari, ishlash mumkin emas. Ishlar muddatini qisqartirish va 
mashinaning ish unumdorligini oshirish uchun bo‘sh donali gruntlarda 
portlatishga ehtiyoj tug’iladi. Shuning uchun portlatish ishlari iqtisodiy 
asoslangan bo‘lishi kerak. 


128 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin