A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


Ish sifati nazoratining xususiyati



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

Ish sifati nazoratining xususiyati. 
Tog‘li hududlarda yo‘l poyini qurish 
bo‘ycha ishlab chiqarish loyihasi (IChL) ishchi chizmalar bo‘yicha tuziladigan 
ish navbati va bajarish muddatini, turg‘unligini ta'minlash tadbirlarini, shaxsiy 
texnologik yechimlarni aniqlaydi. Sifat nazorati, avvalom, qurilish sharoitida 
yo‘l poyining mustahkamligini ta'minlashni tekshirish va ishni xavfsiz olib 
borish, texnik-ishchi loyiha va IChGga amal qilish, hamma texnologik 
jarayonlarning mashina bilan ta'minlanganligi, ish joyida o‘rnatilgan tartibda
ishni bajarish, grunt to‘plamining joylarda joylashishi va ishni bajarish vaqti 
bo‘yicha qamrab oladi. Hamma nazorat tadbirlari tog‘ yonbag‘rini, qiyaligini, 
inshootlarning mustahkamligini saqlashga, ya'ni tog‘li hududlarda yo‘l poyi 
qurilishining bosh sifat ko‘rsatkichlarini ta'minlashga qaratilgan.
Tikka tog‘ yonbag‘irlarida va ko‘chkili qiyaliklarda o‘ymalarni, tirgovich 
devor tagidagi kotlovanlarni faqat maxsus himoyalovchi tadbirlar o‘tkazib va ish 
fronti bo‘yicha o‘rnatilgan ketma-ketlikda, ularni bajarish usullari bo‘yicha 
(ekskavator bilan ishlash yoki portlatish, portlatish quvvati va ularning ketma-
ketligi va bosh.) va grunt to‘plangan joyi bo‘yicha o‘yish kerak. 
Ko‘tarmaning yuqori qismida (balandligi 1 m gacha) yirikligi 250 mm 
dan 
katta 
bo‘laklar 
bo‘lmasligi, 
ko‘tarmaning 
qolgan 
qismida
zichlashtirilayotgan qatlam qalinligi 2/3 dan oshmasligi kerak. Yirik donali 
gruntlarni zichlashda suglinkali mayda donalar namligi muqobil namlikka teng 
bo‘lishi kerak, yengil nuraydigan, suvga mustahkam bo‘lmagan yirik donali 
gruntlarni zichlashda tugoplastik konsistensiyaga mos kelishi lozim. Bu 
gruntlarni ikki bosqichda: avval panjarali katoklar yordamida, keyin qatlam 
qalinligini 0,3-0,4 m belgilab, og‘ir pnevmog‘ildirakli katokda zichlashtiriladi. 
Mergel, opoka, argillit, alevrolit, slanetsli gil va boshqa mustahkam 
bo‘lmagan gruntlarda balandligi 1,0-1,2 m bo‘lgan ko‘tarmaning yuqori qismi, 


135 
shuningdek, yonbag‘rida 0,15-0,20 m qatlam ko‘tarmaning hamma qismi 
bo‘yicha himoyalovchi vazifasini bajaradi.
Shuningdek, ishlab chiqarishdagi kundalik nazoratlar: rejada va kesimda 
o‘q chizig‘ining to‘g‘ri joylashishi; ko‘ndalang kesimning to‘g‘ri joylashishi, 
tabiiy asos zichligi, ko‘tarma qatlamlarida gruntning bir xilligi va zichligi, ayrim 
qoya- toshlar qatlamining turg‘unligi (kerak bo‘lsa) hisoblanadi asosiy nazorat 
usuli. 
Yirik bo‘laklar 60% dan oshganda, agar ko‘tarmaning yuqori 1,0-1,2 m 
qismida cho‘kish 10-12% ni va qolgan qismida 8-10% ni tashkil qilsa, yirik 
donali gruntlarning zichlashish darajasi yetarli hisoblanadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin