A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


 Yo‘l poyini qurish bo‘yicha ish texnologiyasi va



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

2.3 Yo‘l poyini qurish bo‘yicha ish texnologiyasi va 
 bajarish muddati 
 
 
Avtomobil yo‘llarini qurishda bajariladigan yer ishlari, odatda, 
qurilayotgan yo‘l uzunligi bo‘yicha bir xil bo‘lmaydi. Yer ishlarining hajmi 
ko‘tarmaning balandligi va o‘ymaning chuqurligiga qarab o‘zgarib turadi. Yo‘l 
poyining tuzilmasi ham bu tavsiflarga va bundan tashqari, grunt-gidrogeologik 
sharoitga qarab o‘zgaradi. Bularning hammasi, umuman olganda, ayrim 
texnologik jarayonlarni yoki texnologiyaning o‘ziga xos farqlanishini belgilaydi. 
Ammo yo‘l poyini qurishda quyidagi ish tarkibi o‘zgarmas hisoblanadi: 
tayyorgarlik ishlari, ko‘tarmalarni qurish va o‘ymalarni o‘yishdagi asosiy ishlar, 
pardozlash ishlari. 
Tayyorgarlik ishlari
- trassani tiklash, doimiy va vaqtinchalik 
foydalanish uchun yer yuzasini ajratish va mustahkamlash, ajratilgan 
yo‘lakchani tozalash, ishni belgilash, suv olib ketuvchi ariq va drenajlarni 
qurishdan iborat. 


38 
 
Asosiy ishlar
– bularga o‘ymani o‘yish va ko‘tarmani qurishdagi asosiy 
ishlar kiradi. Asosiy ishlar gruntlarni bo‘shatish va kavlash, uni ko‘tarma 
qurilayotgan joyga yoki yo‘l qurilayotgan joydan tashqariga tashish qilish, 
gruntlarni yoyish va zichlash kabi boshqa texnologik jarayonlarni qamrab oladi.
 
Pardozlash ishlari
– yo‘l poyi yuzasini tekislash, ko‘tarma va o‘ymaning 
yon qiyaliklarini va ariqlarni suv yuvmasligi uchun mustahkamlash, keyinchalik 
foydalanish uchun vaqtincha bir chekkaga chiqarib qo‘yilgan o‘simlik qatlamini 
tiklash. 
Murakkab yoki maxsus sharoitlarda, masalan, botqoqliklarda, tog‘li 
hududlarda, abadiy muzlik sharoitlarida maxsus ishlar yoki texnologik 
jarayonlar bajariladi: torf olib tashlanadi, portlatish yo‘li bilan tog‘ jinslari 
bo‘shatiladi, to‘suvchi qatlamchalar quriladi. Har bir ish turi uchun kam mehnat 
va boshqa resurslar ishlatib, uzoq xizmat qiluvchi mustahkam turg‘un yo‘l 
poyini qurishni taminlovchi texnologiya bo‘yicha qurilish ishlari bajarilishi 
kerak. 
Yer ishlari har xil mashinalar yordamida bajariladi, ishning kerakli 
sifatini ta'minlanishi uchun ularni shunday tanlash kerakki, har bir mashindan 
to‘liq foydalanilsin. Bu esa ish unumdorligini oshishiga va ishning tannarxi 
kamayishiga olib keladi. 
Turli sharoit va texnologik jarayonlar uchun mashinalarni tanlash har xil 
variantlarning xisobi va texnik-iqtisodiy solishtirish asosida olib boriladi.
Gruntlarni kavlash va tashish qilishda asosiy ishlar uchun: gruntlarni 100 
m masofagacha surishda buldozerlar; tashish masofasi 100 m dan ortiq va 
yaxshi grunt sharoitida skreperlar; har qanday gruntni kavlashda ekskavatorlar 
qo‘llanadi. Transport vositalari tashish masofasi va o‘tish sharoitiga bog‘liq 
ravishda tanlanadi. Ekskavatorlar, ayrim hollarda boshqa mashinalar bilan 
birgalikda ishlatiladi, masalan, buldozerlar yoki skreperlar bilan. Juda 
mustahkam gruntlar portlatib yumshatiladi.


39 
Ekskavator bilan birgalikda o‘ziyurar yuklagichlar ishlatiladi. Ular yengil 
gruntlarni mustaqil ravishda kavlaydi, mustahkam gruntlarda, ularni kavlash 
uchun, bo‘shatkichlar yoki buldozerlar ishlatiladi, yuklagichlar faqat gruntni 
ortadi.
Yer ishlarini bajarish jarayonida mashinalarni tanlashda ish hajmi va 
ularni bajarish muddati hisobga olinadi. Katta hajmdagi kuzovli yoki 
cho‘michli kuchli mashinalarni ishlatish ko‘p samara beradi, ammo buning 
uchun ish hajmi ularning to‘xtovsiz ishlashi uchun yetarli bo‘lishi kerak.
Mashinalarni tanlashda muqobil variant har xil variantlarning texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlari: ishning narxi, energiya sarfi, bitta ishchiga to‘g‘ri 
keladigan ish hajmi va boshqalar asosida solishtirib aniqlanadi. 
Qurilayotgan avtomobil yo‘lining har bir bo‘lagini ketma-ket o‘rganib yer 
ishlarini bajarish usullari: joylardagi sharoitga bog‘liq holda berilgan yo‘l 
bo‘lagida yo‘l poyi tuzilmasi; karyer va o‘ymada gruntlarning joylashishi; 
joyning relyefi; mashinalar harakati uchun vaqtinchalik yo‘lni qurish imkoniyati 
va boshqalarga qarab belgilanadi. 
Har bir yo‘l bo‘lagi uchun belgilangan usulga mos ravishda yetakchi 
mashinaning varianti tanlanadi va har bir variant uchun asosiy texnik-iqtisodiy 
samara ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Yer ishlarini yilning eng yaxshi sharoitli kunlarida, gruntlar 
muzlamaganda va namligi unchalik ko‘p bo‘lmaganda, ya'ni namlik ruxsat 
etilgan muqobil miqdordan oshmaganda bajarish kerak. Gruntli yo‘llarda 
(zemlevoz yo‘llari) mashinalarning harakatlanishi katta ahamiyatga ega. Bunda 
yilning yaxshi sharoitli kunlari, iqlimi mo’tadil bo‘lgan tumanlarda, bahorgi-
yozgi va ko‘pincha kuzgi davri hisoblanadi. Aprel oxiridan oktyabrning 
uchinchi dekadasi boshigacha gruntlarning tabiiy namligi muqobil namlikka 
yaqin bo‘ladi, gilli gruntlar yer ishlari mashinasining ishchi qismiga yopishib 
qolmaydi, qumli gruntlar, aksincha, bir qancha bog‘liqlikka ega, shuning uchun 
ish olib borishga yaxshi sharoit yaratilgan bo‘ladi. Bularning barchasi ish sifatini 


40 
va yo‘l poyini qurishda ishtirok etuvchi mashinalarning kerakli ish 
unumdorligini ta'minlaydi. 
Bunday yaxshi sharoitli kunlarning boshlanish va tugallanish muddati har 
xil geografik sharoitli tumanlarda ishchi smenaning sonini hisoblash uchun 
kerakli ma'lumotlar hisoblanadi.
Yer ishlarini faqat bahorgi, yozgi va kuzgi davrlarda gina emas, qish 
oylarida ham bajarish mumkin, ammo bu, odatda, qo‘shimcha material 
resurslari, qorni tozalash muzlagan gruntni bo‘shatish, muzlashning oldini olish 
kabi tadbirlarni talab qiladi.
Ayrim tumanlarda qishda ish sharoiti yaxshi hisoblanadi. Masalan, 
gruntlar kam muzlaydigan, qor qoplamaydigan yoki kam qalinlikda bo‘ladigan 
qurg‘oqchil tumanlarda, qish davri yer ishlarini bajarish uchun yaxshiroq
chunki namlik miqdori katta bo‘ladi. 
Ayrim hollarda gruntlarning muzlashi musbat omil hisoblanadi va yer 
ishlarini bajarish uchun vaqtni tanlashda asosiy hal qiluvchi bo‘lishi mumkin. 
Masalan, botqoqlik tumanlarida yoz oylarida gruntli yo‘llarda transport 
mashinasini yurishi qiyin kechadi, ayrim hollarda mumkin bo‘lmaydi, shuning 
uchun qishda yer ishlarini bajarish murakkab bo‘lishiga qaramasdan, bunday 
yechim ratsional yoki yagona bo‘lishi mumkin.
Qoyaning tog‘ jinsli gruntlarni ishlashda muzlash amalda ahamiyatga ega 
emas.
Odatda qish vaqtlarida mashinalar bo‘sh turmasligi uchun yer ishlarining 
bir qismi bajariladi, bu, yozda transport vositalariga talab eng ko‘p bo‘lgan 
vaqtda gruntni tashishda ularning sonini kamaytirish imkonini beradi. 
Yo‘l poyi, odatda, vaqtliroq bajariladi. Yo‘l poyida xosil bo‘ladigan 
deformatsiyani tuzatish imkoni bo‘lishi uchun, yo‘l to‘shamasini qurish, yer 
ishlaring bajarib bo‘lgandan so‘ng, bir yildan keyin amalga oshiriladi.
Bu shart kapital turdagi qoplamali yo‘llarni qurishda majburiy 
hisoblanadi. Yengillashtirilgan yoki o‘tuvchi turdagi qoplamani qurishda


41 
shuningdek, katta bo‘lmagan ko‘tarmalar va o‘ymalarda yo‘l to‘shamasini yo‘l 
poyi qurilgandan so‘ng qurishga ruxsat beriladi. Bu holatda qurilishning 
umumiy muddati 2 yildan kam bo‘ladi va yer ishlarini olib borish uchun kerakli 
vaqt yo‘l to‘shamasini qurish vaqtiga bog‘liq holda belgilanadi.
Yer ishlari va yo‘l to‘shamasini barobar olib borishda iqlim sharoiti 
yomonlashishi bilan yer ishlarining bajarilishi tasodifan ushlanib qolishi, ayrim 
mashinalarning buzilib qatordan chiqishi kabiholatlar sababli ularning orasida 
tayyor yo‘l poyi bo‘lagi bo‘lishi kerak. Tayyor yo‘l poyi bo‘lagini qiymati yo‘l 
to‘shamasini qurish jadalligiga va qurilishdagi boshqa aniq shartlarga bog‘liq 
bo‘ladi.
Yer ishlarini olib borish muddatini aniqlash bilan bog‘liq hisob ishlarini 
bajarishda bunday kutilmagan omillarni ko‘zda tutish kerak.
Qish vaqtlarida iqlim sharoiti, gruntning tasnifi, namligi va muzlashini 
hisobga olib yer ishlarini olib borishni muddati belgilanadi.
Kalendar kunlar va ishchi smenaning soni, alohida qurilish olib borish 
uchun yaxshi bo‘lmagan davrni chiqarib tashlab, hisoblab aniqlanadi. 

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin