A. F. Shaxidov, A. D. Qayumov, R. M. Xudayqulov


X bob. YO‘LNI REKONSTRUKSIYA QILISHDA YO‘L POYINI



Yüklə 7,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/87
tarix27.09.2023
ölçüsü7,6 Mb.
#149906
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87
avtomobil yollarini yol poyini qurish

 
X bob. YO‘LNI REKONSTRUKSIYA QILISHDA YO‘L POYINI
QAYTA QURISH 
 
10.1 Yo‘l poyini qayta qurish va kengaytirish 
Yo‘l rekonstruksiyasi deganda – yo‘lni kattaroq darajaga o‘tkazish - yo‘l 
poyini ShNK 2.05.02-08 me'yori bo‘yicha qayta qurish tushuniladi. Bu ishlarda 
eski yo‘lni harakat uchun saqlab qolish eng maqsadga muvofiqdir, yangi yo‘lni 
yangi yo‘nalish bo‘yicha yoki eskisiga parallel qilib qurish kerak. Ammo ko‘p 
hollarda yangi yo‘lni eskisi bilan birlashtirshga harakat qilinadi. Bunda 
harakatni aylanma yo‘llarda yoki eskisida tezligini sezilarli sekinlashtirib va 
qarshidan o‘tuvchilar uchun noqulay qilib o‘tkaziladi. 


146 
Ayrim bo‘laklarda yo‘l yangi yo‘nalishda o‘tkazilishi va eski yo‘lga 
tegilmasligi mumkin. Bu holda yo‘l poyini qurish qiyinchilik tug‘dirmaydi va 
avval aytib o‘tilgandek, umumiy qoidalarga asosan bajariladi.
Yangi trassa eski yo‘l o‘qi bilan qisman mos kelganda yangi yo‘l eskisiga 
qaraganda baland yoki past o‘tish varianti bo‘lishi mumkin. Balandlik qiymatiga 
bog‘liq holda faqat eski yo‘l to‘shamasini qalinlashtirish yoki uni yangisi uchun 
asos sifatida ishlatish ishlarini talab qilish lozim. Agar kattaroq ko‘tarilish 
bo‘lsa, yo‘l poyini sathini yer ishlarini bajarib ko‘tarish kerak.
Ko‘pincha, rekonstruksiya qilinayotganda yo‘l poyini kengaytirish kerak 
bo‘ladi, chunki darajasini oshirish bilan yo‘l poyi kengligi oshadi.
Bu kengaytirishning o‘lchamiga qarab ish usuli va mashinalar belgilanadi. 
Bir necha hollarda yo‘llar rekonstruksiyasida ulardan foydalanish davomida 
uchraydigan kamchiliklar – muzlab ko‘pchigan, ko‘chki bo‘lgan, grunt suvlari 
ko‘tarilgan joylar to‘g‘rilanadi. Bu o‘z navbatida yo‘l poyining o‘zgarishiga, 
muzlab ko‘pchigan joyni olib tashlashga, drenajlar qurilishiga va boshqa maxsus 
qurilmalarni qurishga olib keladi. 
Yo‘lni rekonstruksiya qilishda muhim holatlardan biri ishni tashkil qilish - 
ish borayotgan yo‘l bo‘lagida transport vositasining uzluksiz harakatini tashkil 
qilishdir. Odatda, buni gruntli yo‘llarda vaqtinchalik aylana yo‘lini qurish bilan 
amalga oshiriladi. Harakat jadalligi ko‘p va sharoit yomon bo‘lganda aylanma 
yo‘llarda qattiq qoplama quriladi, bu qurilishni murakkablashtiradi va 
qimmatlashtiradi. Shuning uchun rekonstruksiyada ish fronti qisqartiriladi. Har 
bir yo‘lning yarmida navbat bilan ish olib boriladi, ishni qulay tashkillashtirish 
natijasida aylanma yo‘lda harakat yilning quruq vaqtiga to‘g‘ri kelishi kerak. 
To‘xtovsiz va xavfsiz o‘tish uchun texnik yordam xizmati, signalizatsiya, yo‘l 
belgilari va to‘siqlar tashkil qilinadi. 
Yo‘l poyini 2-7 m ga kengaytirish yo‘lni rekonstruksiya qilishda eng ko’p 
uchraydigan ish turidir. I darajali yo‘llarda ikkinchi qatnov qismi uchun yangi 
yo‘l poyi quriladi. Ko‘pincha, I darajali yo‘llar eski yo‘l bilan 


147 
moslashtirilmasdan, yangi yo‘nalish bo‘yicha quriladi. Yangi trassa eski 
yo‘lning o‘qi bilan mos kelsa, eski yo‘l poyining ikkala tomonidan (10.1-rasm) 
kengaytiriladi. Bunday kengaytirishni belgilashda ishlab chiqarish usuli va yer 
mashinalarining alohida xususiyatlari hisobga olinadi. Yo‘l cheti polosasining 
yuqori xosil beruvchi qatlamini saqlash kerakligi, rekonstruksiya bo‘yicha 
ishlaydigan yo‘l mashinalari va avtomobillar o‘tadigan, o‘simlik qatlamini faqat 
kengaytiriladigan polasadan emas, unga yopishgan kengligi 3-5 m bo‘lgan 
polosadan ham olish talab qilinadi.

Yüklə 7,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin