- Vazirlik tomonidan vazirlik tasarrufidagi barcha (33 ta) malaka oshirish
institutlari, markazlari va fakultetlari uchun eng yangi kompyuterlar ( IV)
bilan
jihozlangan kompyuter sinflari tashkil etib berildi. Bundan tashqari kutubxonalar
alohida zamonaviy kompyuterlar bilan qo‘shimcha ta’minlandi.
- OO‘YUlarining Veb-saytlarini yaratish va ulardan ta’lim resurslarini
rivojlantirishda samarali foydalanish bo‘yicha maxsus ko‘rsatmalar
va tavsiyalar
ishlab chiqildi va hozirga kelib aksariyat OO‘YUlari o‘z Veb-saytlarini
faollashtirishga erishdilar.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim tizimida ajralmas bir bo‘lak
bo‘lib, ta’lim sifatini keskin oshishida, nafaqat ta’lim
tizimini, balki jamiyatimizni
ham axborotlashtiriluvida, respublika iqtisodiyotini rivojlanishida
va jahon axborot
makonida vatanimiz o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘lishida muhim omil bo‘lib
hisoblanar ekan, yangi o‘quv yili arafasida, ushbu sohaning rivojlanishi bilan
qadamba-qadam tashlab borish, ulardan samarali foydalanish har birimiz uchun ham
qarz, ham farzdir.
Dostları ilə paylaş: