tarmog‘i - elektron pochta orqali axborot almashuvni amalga oshirishdir.
Tarmoqning asosiy vazifasi foydalanuvchining taqsimlangan umumtarmoq
resurslariga oddiy, qulay va ishonchli ximoyalangan xolda axborotdan jamoa bo‘lib
foydalanishni tashkil etish. SHuningdek, foydalanuvchilar tarmoqlari o‘rtasida
ma’lumotlarni uzatishning qulay va ishonchli vositasini ta’minlash. Umumiy
axborotlash davrida katta xajmdagi axborotlar lokal va global kompyuter
tarmoqlarida saqlanadi, qayta ishlanadi va uzatiladi. Lokal tarmoqlarda
foydalanuvchilar ishlashi uchun ma’lumotlarning umumiy bazasi tashkil etiladi.
Global tarmoqlarda yagona ilmiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy axborot makoni
shakllantiriladi.
Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirishda, umumiy ma’lumotlarni
markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab
qayta ishlash borasida ko‘pgina vazifalar mavjud. Bularga bir qancha misollar
keltirish mumkin: bank va boshqa moliyaviy tuzilmalar; bozorning axvolini aks
ettiruvchi tijorat tizimi («talab-taklif»); ijtimoiy ta’minot tizimi; soliq xizmati; oraliq
masofadan turib kompyuter ta’limi; avia chiptalarni zaxira qilib qo‘yish tizimi;
uzoqdan turib tibbiy tashxislash; saylov tizimi. Ko‘rsatilgan ushbu barcha
qo‘shimcha ma’lumotlar to‘planishi, saqlanishi va undan foydalana olish (kirish)
notug‘ri ma’lumotlar bo‘lishidan va ruxsat berilmagan kirishdan ximoyalangan
bo‘lish kerak. Ilmiy, xizmat, ta’lim, ijtimoiy va madaniy xayot soxasidan global
tarmoq millionlab kishilar uchun yangi xil dam olish mashg‘ulotini yaratdi. Tarmoq
kundalik ishni va turli soxadagi kishilarning dam olishini tashkil etish quroliga
aylandi.
Dostları ilə paylaş: