A guruh talabasi ibrohimova Odinaxon Akmalxon qizining kimyo o’qitish metodikasi fanidan



Yüklə 46,97 Kb.
səhifə1/9
tarix07.01.2024
ölçüsü46,97 Kb.
#203347
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Tabiiy fanlar fakulteti-fayllar.org


Tabiiy fanlar fakulteti

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI

KIMYO O’QITISH METODIKASI YO’NALISHI IV-KURS
16.26-A GURUH TALABASI

Ibrohimova Odinaxon Akmalxon qizining

KIMYO O’QITISH METODIKASI fanidan
KURS ISHI

Mavzu: Alkinlar mavzusini o’qitishda loyihalash metodidan foydalanish

Topshirdi: Ibrohimova O.

Qabul qildi: O’rinova O.

Farg’ona -2020

Reja:


I BOB. Kirish. Maktabda DTS, o’quv dasturida kimyoni o’qitishda qo’yiladigan talablar………………………………………………………….….3
1.1 Alkinlar
……………………………...........................................................10 1.2 Alkinlar va ularning izomeriyasi………………………………………….13

1.3 Alkinlar va ularning xossalari olinishi va ishlatilishi..................................15

1.4 Alkadiyenlarning ishlatilishi...........................................................................18

II BOB. Alkinlarning birikish reaksiyalari

2.1 Alkinlarning nomenklaturasi……………………………………………...20

2.2 Kimiyoviy xossalari…………………………………………………………21

2.3 Birikish reaksiyasi………………………………………………………….24

III bob.Xulosa……………………………………………………………..25
IV bob.Foydalanilgan adabiyotlar……...……………………..………...26


Kirish.
Ta‘lim tarbiya tizimining bugungi kundagi asosiy vazifasi o‘sib kelayotgan
yoshlarni vatanparvar, zamonaviy bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirgan
hamda jamiyatda o‘z munosib o‘rnini egallashga qodir bo‘lgan komillikka
intiladigan barkamol avlod qilib tarbiyalashdan iborat.
Ma‘lumki, O‘zbekistonimizda amalga oshirilayotgan, dunyo tajribasida
o‘xshashi kam bo‘lgan milliy ta‘lim modeli hozirgi kunda qanday yuksak natijalar
berayotganini, ijobiy ma‘nodagi ―portlash effekti‖ga olib kelayotganini nafaqat
yurtimiz ahli, balki jahon jamoatchiligi ham haqli ravishda e‘tirof etmoqda.
Mamlakatimiz ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan isloxotlar va ta‘limning
zamonaviy texnologiyalarini amaliyotga joriy etishni taqozo etmoqda.
Ayniqsa egallangan nazariy bilimlarning amaliy yo‘nalishilarini
ko‘paytirishga aloxida e'tibor qaratilmoqda.
Xozirgi vaqtda o‘qitish jarayonidagi dolzarb masalarlardan biri ta‘lim
oluvchilarda fikrlash qobilyatini rivojlantirish, egallagan bilimlaridan amaliyotda
ijodiy foydalana ola bilish hamda yangi bilimlarni mustaqil ravishda o‘rgana olish
qobilyatini shakllantirishdir. Shu jihatdan mamlakatimizda ta‘lim tizimida olib
borilayotgan isloxotlar o‘quv jarayoniga nisbatan o‘zgacha mazmun o‘zgacha talab
va o‘zgacha pedagogik munosabatlarni kashf etadi. Bu jarayon mazmun jihatidan
avvalgidan tubdan farqlanadi. O‘qituvchi yoshlarga zamon talablariga javob beruvchi bilimlarni berish uchun avvalo o‘zi ana shunday bilimlar bilan qurollangan bo‘lishi kerak. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, bugun joylarda pedagogik texnologiya nima? Interfaol metod nima? Yangi pedagogik texnologiyalarni ommalashtirish mexanizmi qanday? kabi savollarga to‘laqonli javob bera olmaydigan kadrlar mavjudligi hech birimizga sir emas. Yuqoridagi savollarga javob topish, mavjud 5 muammolarni bartaraf etish, ta‘limda samarali, natijasi kafolatlangan yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish bugun o‘z yechimini topishi kerak bo‘lgan muammolardandir, zero tizimdagi yutuqlarning asosi maktablarda tashkil etiladigan dars jarayoning sifati bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi ,,Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun, ,Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi‖ talablari asosida ta‘lim tizimida ro‘y berayotgan
o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi boshqa o‘quv fanlari qatori kimyo
predmetining o‘qitilishining ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Respublikamizda ilm-fan texnika va ishlab chiqarish korxonalari keng rivojlanayotgan davrda o‘rta maktablarda kimyo fanini o‘quvchilarga chuqurroq o‘rgatish zaruriyat bo‘lsa ikkinchi tomondan, zamon talabi hamdir. Milliy mustaqillik yo‘lida dadillik bilan odimlayotgan respublikamiz kelajagidagi taraqqiyoti, avvalo o‘sib kelayotgan yosh avlodni har jihatdan kamolga yetkazishni taqozo etdi. Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va ma‘naviy sog‘lom o‘sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo‘lgan uyg‘un rivojlangan insonlar bo‘lib XXI asr talablariga to‘liq javob beradigan barkamol avlod bo‘lib voyaga yetishlari uchun zarur bo‘lgan barcha imkoniyat va
sharoitlarini yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz. Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish jarayonida maktab ta‘limi, ayniqsa umumta‘lim maktablarini moddiy texnik bazasini mustahkamlashga e‘tiborni kuchaytirish biz uchun kun tartibidagi eng muhim va jiddiy masalaga aylandi.
Bu maqsadda yurtimizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturining uzviy va
mantiqiy davomi bo‘lmish 2004-2009 yillarda Maktab ta‘limini rivojlantirish
umummilliy davlat dasturi qabul qilindi. Ushbu dasturga muvofiq, yurtimizda mavjud bo‘lgan o‘n mingga yaqin 6 umumta‘lim maktabining moddiy texnik bazasini mustahkamlash, ta‘lim jarayonini mazmunini tubdan takomillashtirish, o‘qituvchilarni mehnatini moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirish Muxtasar qilib aytganda bo‘yicha katta ishlar qilinmoqda. Oxirgi yillarda ta‘lim tarbiya sohasida amalga oshgan ko‘lami va mohiyatiga ko‘ra ulkan ishlarimiz biz ko‘zlagan ezgu niyatlarimizga erishish, hech kimdan kam bo‘lmaydigan hayot barpo etish, yoshlarimiz, butun xalqimizning ma‘naviy yuksalishi yo‘lida mustahkam zamin yaratdi, desak xech qanday xato bo‘lmaydi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va maktab ta‘limini rivojlantirish davlat umummmilliy dasturining amalga oshirilishi natijasida 1536 ta akademik litsey va kasb-hunar kolleji, umumta‘lim maktablarining qariyb 9 mingtasi, ya‘ni deyarli hammasi, 1 ming 800 dan ortiq sport zali namunaviy loyihalar asosida barpo etildi yoki kapital rekonstruksiya qilindi.
Ushbu o‘quv muassasalarining moddiy texnik bazasini muntazam yangilab
borish, tizimli asosda zamonaviy kompyuter texnikasi, o‘quv-laboratoriya
uskunalari, mebel va o‘quv anjomlari bilan qayta jihozlash, ularni talab darajasida
saqlash hamda yaratilgan bu ulkan salohiyatdan samarali foydalanish maqsadida
mutlaqo yangi bir tuzilma- Moliya vazirligi huzurida maxsus jamg‘arma tashkil
etildi. Maktabda o‘qitiladigan o‘quv predmetlari orasida kimyo fani eng qiziqarli va maftunkor sanaladi. Tevarak –atrofdagi xilma-xil moddalar hozirgi
kunda 20 millionga yaqin moddalar ma‘lum. Umumiy o‘rta ta‘limning davlat ta‘lim standartlariga belgilangan talablarining barcha o‘quvchilar tomonidan to‘la-to‘kis bajarilishiga, ta‘lim samaradorligini oshirishga erishish uchun ilg‘or yangi pedagogik texnologiyalarni izlash, yangilarini yaratish va amaliyotga joriy etish lozim.


Yüklə 46,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin