1.Mavzuning dolzarbligi. Kurs ishning dolzarbligi shundaki,
kimyo fani amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘quv predmetlari qatoriga kiradi.
Shuning uchun o‘quvchilarga kelgusida biron kasbni egallashda ekvivalent va
ekvivalent qonunlarini ochib berishda o‘qituvchi kimyo darslarida zamonaviy
pedagogik texnologiyalar, kimyoviy tajribalardan ko‘proq foydalanish orqali
ma‘lum maqsadga erishishi mumkin. Mazkur kurs ishining dolzarbligi ham, fan
va texnika shiddatli rivojlanayotgan bir davrda nazariyani doimo amaliyot bilan
bog‘lab o‘rgatish yo‘llarini ochib berishga qaratilganligi bois dolzarbdir.
2. O’rganishning ahamiyati.Ekvivalent va ekvivalent qonunlari mavzusi
ahamiyati nuqtayi nazardan aloxida ahamiyatga molikdir. Shu nuqtai nazardan bu
bilimlar o‘quvchilar uchun hayotda, turmushda zarurligi ko‘rsatilgan. Maktab
o‘quvchilari, kollej va akademik litsey o‘quvchilari kelgusida biror kasb egasi
bo‘lishlari uchun ushbu mavzuga oid bilimlar muhimdir. Mazkur ishda keltirilgan
nazariyalar. tavsiyalar, maktab kimyo, fizika fani o‘qituvchilari, talabalar
o‘quvchilar uchun muhim qo‘llanma bo‘lib xizmat qilish mumkin.
3. Tadbiq etilishi.Kurs ishimda keltirilgan ma‘lumotlar, uslubiy tavsiyalar, ishlanmalar, kimyoni chuqur o‘rganuvchi talabalari, abituriyentlar, o‘qituvchilar uchun, fizik, biologik, ekologik bilimlarni kimyo fani bilan bog‘lab o‘rganishda ya‘ni fanlararo bog‘lanishni amalga oshirishda o‘qituvchilarni pedagogik faoliyatlarida bevosita foydalanishlari mukin.
I bob. Maktabda DTS, o’quv dasturida kimyoni o’qitishda qo’yiladigan talablar. 1.1 7-sinf uchun uzviylashtirilgan Davlat ta’lim standarti, va dars soatlari taqsimoti. Davlat ta‘lim standarti, o‘quv dasturlari va joriy darsliklarga asoslangan
bo‘lib, Davlat ta‘lim standartlarining bajarilishini monitoring qilish,
o‘quvchilarning o‘zlashtirish jarayonidagi bo‘shliqlarni aniqlash uchun samarali
vosita bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining kimyo ta‘lim standarti–kimyo o‘quv predmetidan o‘quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori, o‘quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko‘nikma va malakalar hajmini ko‘rsatuvchi me‘yor bo‘lib, umumiy o‘rta ta‘lim maktablaridagi kimyo ta‘limi negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning kimyo ta‘limidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasidan iborat bo‘lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 7-sinfida kimyo fanini o‘qitish uchun 68 soat vaqt ajratilgan bo‘lib, bunda dastlabki 7 soat dars 7-sinfda kimyo fanining maqsad va vazifalari, atom-molekular ta’limot, atomlarning o’lchami mavzulariga ajratilgan.
O‘zbekiston Respublikasining ,,Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonuni, ,,Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi-talablari asosida ta‘lim tizimida ro‘y berayotgan
10 o‘zgarishlar umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi boshqa o‘quv fanlari qatori kimyo predmetining o‘qitilishini ham tubdan yangilashni talab etmoqda.
Shu munosabat bilan barcha o‘quv predmetlari qatori kimyo ta‘limi oldiga ham
aniq vazifalar qo‘yiladi. ,,Ta‘lim to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq:
1) Umumiy o‘rta talim maktablarining kimyo ta‘limi konsepsiyasining qayta
ishlab chiqish;
2) Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining kimyo ta‘limi konsepsiyasidan kelib
Kimyo ta‘limi standarti kimyo o‘quv predmetining majburiy mazmunini
belgilab beradi. Umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining kimyo ta‘limi standarti, kimyo ta‘limi tizimidagi barcha komponentlarni: ta‘lim mazmuni, maqsadi, ta‘limning uzluksizligi, tashkiliy shakllari, usullari, vositalari va boshqalarni qayta ko‘rib chiqish mezoni hisoblanadi. Kimyo ta‘limi konsepsiyasiga muvofiq kimyo ta‘limining yo‘nalishi va maqsadi yosh avlodning kimyo fani asoslarini chuqur egallashi, o‘quvchilarning siyosiy, g‘oyaviy, estetik, ekologik tarbiyasi, tabiatga va jamiyatga bo‘lgan ijobiy munosabat, qadimda yashab ijod etib o‘tgan buyuk mutafakkirlar, keying yillardagi olimlarimizning kimyo sohasida erishgan yutiqlariga oid o‘quv materiallari bilan tanishtirib borish orqali vatanga bo‘lgan e‘tiqodini shakllantirish, kasbga yo‘naltirish ko‘zda tutiladi.
Kimyo ta‘limi standarti – kimyo o‘qitishda o‘quvchilarga beriladigan ta‘lim
va tarbiyaning mazmuni negzini belgilovchi ko‘rsatkichlar, shuningdek
o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasidagi bilim va amaliy faoliyatlari darajasi
meyorini belgilaydigan mezon bo‘lib hisoblanadi. Kimyo ta‘limi standarti umumiy o‘rta ta‘lim maktablari uchun tuzilgan kimyo ta‘limi dasturi va materiallarining hajmini belgilab beruvchi mezon bo‘lib xizmat qiladi. Umumiy o‘rta talim maktablarining kimyo ta‘limi standarti-kimyo o‘quv predmetidan o‘quvchilarga beriladigan bilimlar miqdori o‘quvchilar egallaydigan bilimi, hosil qiladigan amaliy ko‘nikma va malakalar xajmini ko‘rsatuvchi me’yor bo‘lib, umumiy o‘rta ta‘im maktablaridagi kimyo ta‘limi negizini belgilovchi ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning kimyo ta‘limidan tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasidan iborat bo‘lgan hujjat tariqasida tasdiqlanadi va xizmat qiladi.
Kimyo ta‘limi quyidagi 3 ta bo‘limdan iborat.
1. Kimyo ta‘limi mazmuni negzini belgilovchi ko‘rsatkichlar.
2. Kimyo ta‘limida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
standartning minimal talablari.
3. Kimyo ta‘limida o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan
standartning maksimal talablari.
Kimyo ta‘limi mazmuni negzini belgilovchi ko’rsatkichlar bo’limi
o‘quvchilarga kimyodan beriladigan bilimlar, ekologik ta‘lim-tarbiya va
o‘quvchilarda hosil qilinadigan amaliy ko‘nikma va malakalarni o‘zida
mujassamlashtiradi. Ikkinchi va uchinchi bo’limda esa o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar yoritiladi. O‘quvchilarga maksimal ball yoki baho qo‘yishda har ikkala, ya’ni minimal va maksimal tayyorgarlik darajasiga bo‘lgan talablar hisobga olinishi zarur. Bu esa kimyo ta‘limi standarti o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini ifodalashga kimyo ta‘limi sifatini baholashda o‘lchov mezoni bo’lib xizmat qilishiga imkon beradi.