sharoiti va madaniyati hududiy xususiyatlarni o’rganadi.
Aholi geografiyasi mehnat resurslari, ularning joylashish xususiyatlarini o’rganishda esa iqtisod
fani bilan bog’lanadi.
Aholi zichligining oshib borishi, uning moddiy va ma’naviy
ehtiyojlarining kengayishi
topografiya fanlari bilan aloqada bo’lishini talab etadi. Ayniqsa, aholi manzilgohlarini
rekonstruksiyalash, qurilish masalalarida,
rayon planirovkasi, shaharsozlik ishlarida topografiya
fanining ahamiyati beqiyosdir. Chunki, turli ob’ektlar, relef ko’rinishlari maxsus belgilar va
gorizontlar yordamida topografik xaritaga tushiriladi. Har bir geografik
hududdagi predmetlar
topografik xaritalarda aniq ko’rsatib berilgan va bu xaritalardan yuqorida aytilgandek xalq
xo’jaligining turli sohalarida foydalaniladi.
Aholi va aholi manzilgohlari joylanishi hamda rivojlanishida topografiya fanining roli davr
o’tgan sari oshib boradi.
Iqlimshunoslik fani bilan aholi geografiyasining aloqasi to’g’ridan to’g’ri emas balki, bilvosita
desak xato bo’lmaydi. Masalan, aholi geografiyasi fani tibbiyot geografiyasi
bilan bevosita aloqada
bo’ladi. Sababi tibbiyot geografiyasi iqhmshunoslik bilan hamkorlikda rivojlanadi. Chunonchi,
insonga tabiat, iqlimning ta’siri bu fan ob’ekti uchun o’ta muhim. Qolaversa,
aholi geografiyasida
tabuy geografiyaning o’rni alohida hisoblanadi. Iqlimshunoslik fani tabuy geografiya bilan birgalikda
aholi rivojlanishi va joylashishi muammolarini o’rganishda iqlimiy omillar: shamol yo’nalishi, havo
harorati, qliyosh radiatsiyasi va hokazolarni hisobga oladi.
Dostları ilə paylaş: