A h o L i g e o g r a f I y a s I v a d e m o g r a f I y a a s o s L a r I


Aholi geografiyasi fanining asosiy bo’limlari va muammolari



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/67
tarix15.03.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#87870
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67
солиев и р . ахоли географияси мажмуа

Aholi geografiyasi fanining asosiy bo’limlari va muammolari. Aholi geografiyasi bir qancha 
yo’nalishlarga bo’linadi: 
-Aholining tarkibi va uning takror barpo qilinishidagi geografik farqlar va bu faqrlarning 
sababini o’rganish; 
-Mehnat resurslarini va ulardan foydalanishdagi geografik farqlarni o’rganish; 
-Aholining hududiy taqsimlanishi va uning harakatini o’rganish;
-Aholi manzilgohlari va ularning hududiy tizimlarini o’rganish. Aholi geografiyasining bu 
yo’nalishda shaharlarni va qishloq aholi manzilgohlarini alohida o’rganuvchi shaharlar geografiyasi va 
qishloq aholi manzilgohlari geografiyasi vujudga kelgan;
-Aholining madaniyati va turmush tarzidagi geografik farqlarni va ularning sabablarini 
o’rganish; 
-Tarixiy aholi geografiyasi. Bu yo’nalish o’tgan tarixiy davrlar aholi geografiyasini o’rganadi 
va tarixiy geografiyaning bir qismi hisoblanadi;
-Aholining xaritaga tushirish.
Ijtimoiy iqtisodiy tuzum jamiyat hayotining barcha sohalariga, shu jumladan aholining ijtimoiy 
tarkibiga va hayot sharoitiga chuqur ta’sir ko’rsatadi. Maktablarda o’lkashunoslik ishlarini yanada 
yaxshi yo’lga qo’yishda aholi geografiyasi, ayniqsa, yaxshi xizmat qila oladi. O’quvchilar yashayotgan 
qishloq yoki tumanni, qo’shni qishloqlarni yoki tumanlarni ularning vujudga kelishi va rivojlanishi, 
aholining tashkil topishi, uning milliy tarkibi va mehnat malakalari hamda boshqa tomonlarini 
o’quvchilar geografiya o’qituvchisi rahbarligida o’rganishlari mumkin.
“Aholi geografiyasi” oldida bir qancha muhim vazifalar va muammolar turadi:
Birinchidan, mamlakatimiz aholisi va xorijiy mamlakatlar aholisi haqida, ularning soni va 
o’sishi, hududiy joylashuvi, xalqlar geografiyasi, xalqlar migratsiyasi, turli mamlakatlarda sharoitga 
qarab shaharlarning rivojlanish muammolari va boshqa ma’lumotlar bilan keng kitobxonlar ommasini 
va shuningdek bevosita amaliy maqsadlar uchun qiziquvchi tashkilotlarni ta’minlaydi. Xalqimizning 
madaniy talablarini va tegishli rejalashtiruvchi organlar ehtiyojini mamlakatimiz yoki xorijiy davlatlar 
aholisi geografiyasi bo’yicha maxsus kitoblar yozish, darslik va o’quv qo’llanmalari, ilmiy ommabop 
kitoblar va risolalar yozish, ayrim mamlakatlar va tumanlarga bag’ishlangan geografik asarlarning 
aholiga bag’ishlangan maxsus boblarini yozish yo’li bilan qondirish mumkin.
Ikkinchi muhim vazifa aholi geografiyasining nazariy masalalari ustida ishlashni davom 
ettirish. Uchinchi vazifa – aholi geografisi bevosita amaliy vazifalarni hal qilishga qaratilgan tadqiqot 
ishlarini kuchaytirish. Mamlakatimiz butun hududi bo’yicha ayniqsa qishloq aholi manzilgohlarida 
maktab, savdo korxonalari, madaniyat muassasalarini oqilona joylashtirish, shaharlar va ularning 
hududiy guruhlarini rejali rivojlantirish, mehnat resurslaridan mumkin qadar to’la va oqilona 
foydalanish masalalarini hal qilish ishiga va bu bilan shahar bilan qishloq o’rtasidagi tafovutlarni 
sekin-asta tugatib borish kabi muammolarni hal qilishda aholi geografiyasi o’z munosib hissasini 
qo’shib kelmoqda. 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin