A h o L i g e o g r a f I y a s I v a d e m o g r a f I y a a s o s L a r I


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 1,77 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/67
tarix15.03.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#87870
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67
солиев и р . ахоли географияси мажмуа

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1. Fanning o’rganish ob’ekti va predmetini tushuntiring. 
2. Geografik fanlar tizimida tutgan o’rnini tushuntiring. 
3. Fanning asosiy vazifalari va tushunchalarini tushuntiring. 
4. Fanning qanday tadqiqot usullari mavjud? 
5. Aholi nima? 
6. Aholi geografiyasi oldida turgan muammolarni qaysilar? 
Ma’ruza
 
2: Aholi to’g’risida malumot manbalari. Aholi ro’yxati. 
Reja: 
1. Aholi to’g’risida malumotlar manbalari, birlamchi va ikkilamchi malumotlar haqida umumiy 
tavsiflar. 
2. Tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish va migratsiya jarayonlarining joriy xisobi. 
3. Maxsus, tanlama tadqiqotlar, registrlar, aholini joriy xisobga olish. 
4. Aholini xisobga olish, turlari, aholi ro’yxati, rivojlangan, rivojlanayotgan xududlarda aholi 
sonini ro’yxatga olish. 
5. Aholining kategoriyalari: doimiy, vaqtincha mavjud aholi. 
 
Tayanch tushunchalar (kalit so’zlar): Birlamchi va ikkilamchi malumotlar, tug’ilish, o’lim, 
nikoh, ajralish va migratsiya, maxsus, tanlama tadqiqotlar, registrlar, aholini joriy xisobga olish, 
aholini xisobga olish, turlari, aholi ro’yxati, rivojlangan va rivojlanayotgan xududlar aholi sonini, 
aholi soni dinamikasi, aholi kategoriyalari: doimiy, vaqtincha mavjud aholi. 
Aholi to’g’risida malumotlar manbalari, birlamchi va ikkilamchi malumotlar haqida 
umumiy tavsiflar. Aholi bilan bog’liq ma’lumotlarni to’plash, ilk davlatchilikning shakllanish 
davrlariga borib taqaladi. Hatto uzoq o’tmishda, ya’ni Rim imperiyasi davrida mamlakat harbiy 
qudratini oshirish maqsadida aholi, yoshi, jinsi haqida dastlabki ma’lumotlar to’planganligi tarixdan 
hammaga ma’lum. 
Demografiyadagi asosiy axborot manbalari quyidagilar: 
-Har 10 yilda bir marta o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati; 
-Demografik hodisalarning joriy statistik ro’yxati (tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish) ning hisobi 


va uzluksizligi; 
-Aholi joriy kartotekasining uzluksizligi; 
-Alohida va maxsus kuzatuvlar
Aholi ro’yxati bu mamlakat yoki uning biror hududida ma’lum vaqtda yashovchi aholi bilan 
bog’liq ma’lumotlar to’plami bo’lib, unda demografik va aholining ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga oid 
ma’lumotlar tahlili va bahosi aks ettiriladi. Aholi ro’yxatida quyidagi masalalar o’rganiladi: 
-mamlakat hududidagi aholi soni va joylashuvi, shahar va qishloq aholisi, aholi migratsiyasi; 
-aholining milliy tarkibi, ona tili va muloqat tili, fuqaroligi
-aholining ma’lumoti, qishloq xo’jaligi va sanoat yoki xizmat ko’rsatish tizimlarida bandligi, 
daromadlari; 
-oilalarning kompleks va ijtimoiy tavsifiga ko’ra turi va soni; 
-tug’ilish; 
-aholining yashash sharoitlari va b.q. 
Aholi tabiiy harakati hodisalarining joriy hisobi – asosan tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish 
hodisalarining qayd etilishidir. Aholi tabiiy harakatining joriy hisobi ikki nusxada qay etilib, ulardan 
biri arxivga, ikkinchisi esa fuqarolik holatlarini umumlashtirish, ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash 
uchun statistika muassasalariga topshiriladi. Biroq, bu ma’lumotlar jamlangan holda ham demografik 
jarayonlar intensivligini ifodalamaydi.
Demografik hodisalar hajmi aholi soni bilan bog’liq. Masalan, aholi zich hududlarda ish 
o’rinlarining kamligi va ortiqcha ishchi kuchlarining to’planib qolishi yoki aksincha, aholi siyrak 
hududlarda ish o’rinlariing ko’pligi va mehnat resurslarining etishmasligi holatlarini keltirib chiqarishi 
mumkin. Aholining joriy kartotekasini turli ma’muriy davlat organlari yuritadi. Bu kartotekalar aniq 
maqsadlarni amalga oshirish maqsadida tuziladi va odatda aholining barcha qismini qamrab olmaydi, 
ya’ni ma’lum qismini (mikrorayon aholisi, ba’zi ijtimoiy guruhlarni) hisobga oladi. 
Alohida va maxsus kuzatuvlar. Aholining alohida guruhlari haqida ma’lumot olish va uni 
barcha aholi guruhlari uchun joriy etishda aholi ro’yxatiga nisbatan kam kuch talab etadi va ko’proq 
muammolarni o’rganish imkonini beradi.
Aholiga oid ko’rsatkichlarni ikkiga ajratish mumkin, ular nisbiy va mutloq ko’rsatkichlardir. 
Mutloq ko’rsatkichlar ma’lum vaqtdagi demografik hodisalar yig’indisidir ( bu vaqt oralig’i ko’pincha 
bir yilni tashkil etadi).
Masalan, unga ma’lum vaqtdagi aholi, tug’ilganlar, o’lganlar sonini kiritish mumkin. 
Shuningdek, mutloq ko’rsatkichlar orqali aholi haqida ko’p ma’lumotga ega bo’lish qiyin. Ko’proq 
ma’lumotga va tahlillarga ega bo’lish uchun ilgarigi ma’lumotlardan foydalaniladi. Bu, o’z navbatida, 
tahliliy ma’lumotlarga erishish va nisbiy ko’rsatkichlarni hisoblash imkonini beradi. 
Demografik jarayonlarni oʻrganishda juda koʻp maʼlumotlardan foydalaniladi. Koʻpchilik 
davlatlarda demografik maʼlumotlar statistika tashkilotlari tomonidan toʻplab boriladi. Ular aholi soni, 
tarkibi va demografik jarayonlarni aks ettirib oʻz ichiga ushbu masalalarga oid raqamli jadval va 
diagrammali maʼlumotlar, ilmiy manbalar, sotsiologik-demografik tadqiqotlar natijalarini oladi. Dunyo 
miqyosida demografik maʼlumotlarni toʻplash BMT boshchiligida tuzilgan dastur asosida oʻtkaziladi. 
Aholi statistikasi aholini o’rganish, uning sonini aniqlashdan boshlaydi. Vaqti-vaqti bilan 
o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati va aholining tabiiy o’zgarishini, tug’ilganlarni, o’lganlarni, 
nikohdan o’tgan va uning migratsiyasi ya’ni mexanik o’zgarishini ifodalovchi ko’rsatkichlar aholi 
to’g’risidagi ma’lumotlar manbai hisoblanadi. Aholining tabiiy o’zgarishini, tug’ilganlarni va 
o’lganlarni, nikohdan o’tgan hamda ajralishlarni FHDYo organlari hisobga oladi. 
Aholining aniq soni, tarkibi va joylanishi to’g’risidagi aniq va to’liq ma’lumotlarni ma’lum bir 
oraliq davrlarda o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxatlari beradi. Demografik tarkiblar aholining, yosh, 
jins, professional (kasbiy) va boshqa har xil ijtimoiy qatlamlarining o’ziga xos xususiyatlarini qamrab 
olib, demografik statistika uchun asosiy manbalar hisoblanadi. Demografik tarkiblarning hisob-kitobi 
vaqtga bog’liq bo’lib, doimiy ravishda o’zgarib turishi tabiiydir. Shuning uchun har bir davr yoki 
hududlar aholisi tahlil qilinar ekan. Ularning o’ziga xosligini doimo yodda tutish lozim. Bunday 
o’ziga xosliklar esa tabiiy sharoit, siyosiy ijtimoiy voqealar, aholining oila va nikohga bo’lgan 
munosabati va davlatlarning demografik siyosati kabilardir. Demografik tarkiblar ichida avlodlar 
tushunchasi alohida ajratiladi. 
Demografiyadagi asosiy axborot manbalari quyidagilar: 


-Har 10 yilda bir marta o’tkazilib turiladigan aholi ro’yxati; 
-Demografik hodisalarning joriy statistik ro’yxati (tug’ilish, o’lim, nikoh, ajralish) ning hisobi 
va uzluksizligi; 
-Aholi joriy kartotekasining uzluksizligi; 
-Alohida va maxsus kuzatuvlar; 

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   67




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin