Tug’ilishga ta’sir etuvchi omillarning ta’siri turli geografik hududda bir xil emas. Bu esa uning
ko’rsatkichlarining turli joyda xilma-xil bo’lishiga olib keladi. Demak aholi takror barpo bo’lishida,
o’sish sur’atining pasayishida yoki ko’tarilishida tug’ilish alohida ahamiyat kasb etadi deyish
maqsadga muvofiq.
O’lim avlodlar almashinuvidagi asosiy jarayon hisoblanildi. Aholi o’limi turli sabablar ntijasid
ro’y beradi. Aholining tabiiy o’sishi hamda kamayishida muhim demografik jarayon bo’lib ishtirok
etadi. O’limning ro’y berishida asosan endogen va ekzogen omillarni sabab qilib ko’satildi.
Endogen omillar- organizning ichki rivojlanishi, uning shakllanishi va qarishi, insonning
yashash faoliyati qobiliyatining pasayishiga sabab bo’ladigan omillardir. Odatda endogen omillar
tufayli keksa yoshdagi aholi ko’proq o’lim topadi. Buni odatd me’yoriy hodisa deb baholashadi. Biroq
aholining yosh qatlamid ham endogen sabblar tufayli o’lim hodisasi ro’y beradi. Bularga davosi yo’q
irsiy kasalliklar, nojo’ya voqea-hodisalar kiradi.
Ekzogen omillar- odamlarda tashqi ta’sir bilan bog’liq paydo bo’ladigan o’limlar bo’lib bu
omillar oqibatid aholining turli yoshdagi kishilari turli vaqtda turli joyda vafot etadilar. Ushbu
omillarga
ichki yuqumli kasalliklar, kasb kasalliklari, og’ir mehnat va mehnat sharoitlari oqibatida
yuzaga kelgan kasalliklar, baxtsiz hodisalar, zahrlanish, narkomaniya, alkogolizm va hokazolar kiradi.
Hozirgi zamon sanoati, urbanizatsiya, texnika taraqqiyoti, avtomatlashtirish, xalq xo’jaligini
ximiyalashtirish natijasida atrof-muhitning, atmosfera havosining buzilishi, oqar suvlarning
ifloslanishi, o’lim hodisasining yanada ko’payishiga sabab bo’lmoqda.
O’lim ko’rsatkicha o’rganilayotgan hudddagi ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanganlik
darajasiga, aholining yashash sharoiti va sog’liqni-saqlash tizimining ahvoliga chambarchas bog’liq.
Ushbu sohalarning rivojlanganlik darjasi qanchlik baland bo’lsa, o’lim ko’rsatkichi
shunchalik past
bo’ladi va aksincha. Aksariyat o’lim darajasi yuqori bo’lgan rivojlanayotgan davlatlarda bularning
darjasi past bo’lganligi kuztiladi. Masalan, Afrika davlatlarida dunyo bo’yicha umumiy o’lim
ko’rsatkichi o’ta baland. Har 1000 kishiga to’g’ri keladigan aholi o’limi 15-20 ‰, ba’zi joylarda 25 ‰
ga ham yetadi (Nigerda- 24 ‰). O’lim darajasi baland bo’lgan ikkinchi mintaqa Yevropa hisoblandi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, taraqqiyotiga ko’ra bir-biridan keskin farq qiluvchi bu ikkala geografik
hudud o’lim hodisasi ko’pligi bilan bir-biriga o’xshaydi. Yevropaning deyarli barcha qismlarida o’lim
tug’ilishga nisbatan yuqori. O’limning umumiy ko’rsatkichi va mamlakat iqtisodiy rivojlanishi
o’rtasidagi bog’liqlik har doim ham o’zini oqlmaydi. Jumladan, Yevropa iqtisodiy baquvvat bo’lishiga
qaramasdan aholi o’rtasida o’lim ko’pligi bilan ajralib turadi. Buni ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoit
bilan emas, balki aholi yosh tarkibidagi vaziyat bilan baholash maqsadga muvofiq. SHu boisdan fanda
aholi o’limining yosh bo’yicha taxlili alohida o’rganildi.
Evropa aholisining umumiy o’lim ko’rsatkichi yosh bo’yicha qaralganda bolalar va o’rta
yoshdagilar o’rtasida o’lim kam uchraydi, keksa yoshdagilarda aksincha juda baland. Aholi yosh
tarkibida keksalar ko’pligini inobatga olsak tabiiy ravishda bu umumiy o’lim ko’rsatkichiga ta’sir
etishini aniqlaymiz. Bundan tashqari Yevropa aholisi tarkibida ekzogen omillar tufayli sodir
bo’ladigan o’lim hodisasi ko’p uchraydi.
Tug’ilish darjasining pastligi, o’limning tug’ilishdn ko’pligi aholining tabiiy kamayishini
keltirib chiqardi. Bugungi Yevropa demografik vaziyatida aynan shu holat oddiy aholi tkror barpo
bo’lishi sodir bo’lmoqda ya’ni aholi tabiiy ravishda kamaymoqda.
Taqqoslash uchun tanlab olgan qit’amiz Afrikada esa ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotidagi
qoloqlik, sog’liqni saqlash sohasining
yetarli rivojlnmaganligi, tug’ilayotgan farzandlar sonining
haddan tashqari ko’pligi va ular o’rtasid o’limning yuqoriligi, umuiy o’lim ko’rsatkichining
balandligiga olib kelmoqda. O’lim hodisasining katta yoki kichik ko’rsatkichni tashkil etishi bir
yoshgacha bo’lgan bollar o’lii bilan bevosita bog’liq. Har 1000 ta tug’ilgan chaqaloqqa to’g’ri
keladigan go’daklar o’limi dunyo bo’yicha 56 tani tshkil etadi. SHundan Afrikada bu raqam 89 ta,
Yevropada 9 ta, Okeaniyada 26 ta, Osiyoda 53 ta va Amerikada eng kam 7 taga teng (2004 yil).
Ma’lumki, bir yoshgacha bo’lgan bolalar o’limi bu birinchi yil bolalr hayotida ro’y beradigan o’lim
hodisasidir. Go’daklar o’limini qiyoslash borasida maxsus shkaladan foydalaniddi.
Nikoh-bu erkak va ayol o’rtasidagi munosabatlarning, ularning bir-biriga va o’z bolalariga
nisbatan huquqlari va majburiyatlarining jamiyat tomonidan qayd etiladigan va boshqariladigan
shaklidir. Nikoh tarixan ko’p asrlik uzoq taraqqiyot yo’lini va ma’lum bir shakllarning boshqa shakllar
bilan almashinuvini bosib o’tgan. Bu tarixiy o’zgarishlar ana shu soha bilan bog’liq maxsus tarixiy
etnografik va tarixiy sotsiologik ilmiy adabiyotda yaxshi yoritilgan.Nikoh haqida so’z borar ekan
uning huquqiy va boshqa turli ijtimoiy fanlarda turlicha talqin qilinishini ta’kidlash lozim.Deylik,
huquqiy nuqtai nazardan, nikoh bu erkak va ayol o’rtasida erkin, ixtiyoriy,
teng huquqli asosda
tuzilgan ittifoq bo’lib, unda qonun talablariga rioya qilish va er-xotin o’rtasida shaxsiy hamda mulkiy
qonunlar va majburiyatlarga so’zsiz bo’ysunish ta’kidlanadi. O’zbekistonda nikoh fuqarolik holati
qayd etiladigan tashkilotlarda ro’yhatdan o’tkazilgandan keyingina qonuniy hisoblanadi va bu hozirgi
vaqtda qabul qilingan oila kodeksi bo’yicha tartibga solib turiladi.
Demografiya nuqtai nazaridan esa nikoh deganda oila qurish va bolalar tug’ilishi hamda
tug’ilish va o’lim faktorlari, ularning o’zgarish qonuniyatlari va hususiyatlari nazarda tutiladi.
Boshqacha qilib aytganda, demografiya nikohning erkak va ayol o’rtasidagi ittifoqning
qonuniylashtirilgan yuridik shaklidan ko’ra amaldagi nikoh, ya’ni nikohga kiruvchilarning
munosabatlariga e’tibor beradi. Buning uchun nikoh ma’lum biror bir davlat qonun-qoidalari asosida
qayd etilishi shart emas. Umuman olganda demografiyada nikohning yuridik shakli ham muhim
ahamiyat kasb etadi va shu asosda nikohsiz tug’ilish degan tushuncha ham bor.
Sotsiologik jihatdan olib qaraydigan bo’lsak, nikoh munosabatlarining rasmiy qayd etilgani
yoki etilmagani, ularning yuridik tomondan rasmiylashtirilgani oila holatining sotsial institut sifatida
eng muhim belgisi sanaladi. Keyingi yillarda nikohsiz yashash holatlari sodir bo’layotgani oila
tushunchasi uchun inqiroziy holat hisoblanadi va bu o’z navbatida jamiyatda ijtimoiy holat
keskinlashgani, sotsial ahloqiy normalarning salbiylashuvidan darak beradi.
Bunday paytda oila
tushunchasida, ayniqsa bolalar masalalarida sotsial muammolar kelib chiqadi. Mazkur imkoniyat
boshqa tomondan huquqiy nikoh va oila birga yashashning yagona mezoniy shakli ekanligiga ham
putur yetkazadi. Endi nikoh va nikoh mueosabatlariga kelsak, bu yerda fanda bir muncha chalkashlik
bor. Aniqrog’i, nikohning yuridik, demografik va sotsiologik jihatlari aniq ishlab chiqilmagan. SHu
sababdan bo’lsa kerak, turli nashrlarda rasmiy nikoh tushunchasiga va qayd etilgan nikoh
tushunchasiga turlicha baho berishadi. Ba’zan esa qayd etilmagan nikohlarni “fuqarolik nikohi” deb
atashadi. Bu chalkashlikdan qutulish uchun fuqarolik nikohi deganda qayd etilgan nikohni tushunish
kerak. “ Amaldagi nikoh” masalasiga kelsak, uning huquqiy jihatlaridan qat’iy nazar, haqiqiy nikoh
munosobatlari bo’lganligi e’tiborga olinishi kerak. Umuman olganda amaldagi nikohni qayd etilgan
nikohga qarama-qarshi qo’yish ma’lum noaniqliklarga asoslangan; zero huquqiy nikoh shaklining
borligi o’z navbatida amaldagi nikoh munosabatlari borligini inkor qilmaydi va aksincha, amaldagi
nikoh bo’lishi uning huquqiy shakllarini inkor qilmaydi.
Nikoh holati (statusi)
deganda individning nikoh institutiga nisbatan holati tushuniladi; mazkur
holat u yoki bu mamlakatning urf-odatlari va huquqiy normalariga muofiq belgilanadi. Hozirgi vaqtda
aksari mamlakatlarning statistik idoralari Birlashgan Millatlar Tashkiloti
Statistik komissiyasi
tavsiyanomalariga muofiq nikoh statusi qoidalarini belgilashga harakat qiladilar. Bunga ko’ra nikoh
holati yoki nikoh statusining quyidagi kategoriyalari nazarda tutilgan: nikohda bo’lmagan shaxslar;
nikohda bo’lgan va birga yashovchi shaxslar; bevalar qolib yangi nikohga kirmaganlar; ajralib yangi
nikohga kirmaganlar; nikohda bo’lib birga yashamaydiganlar; u yoki bu kategoriyaga kiritishning iloji
bo’lmaganlar. Bu olti kategoriya nikoh holatining asosiy kategoriyalari bo’lib, jahonning ko’pgina
mamlakatlaridagi demografik statistika tomonidanhisobga olinadi. Yuqorida sanab o’tilgan asosiy
nikoh statuslaridan tashqari ayrim mamlakatlarning statistikasida uning boshqa xillarini ham uchratish
mumkin. Masalan, ba’zan qayd qilingan va qayd qilinmagan nikohdagilarni alohida ajratib
ko’rsatishadi va keyingi vaqtda bu ikki kategoriyaga, nikohsiz tug’ilganlarning soni ortib borishi bilan,
qiziqish ko’paymoqda.
Dostları ilə paylaş: