Muddatiga ko’ra – migratsiyaning doimiy vaqtincha (mavsumiy) va tebranuvchi
(mayatniksimon) turlari ajratiladi.
Doimiy migratsiya- bu aholining ko’chib ketgan joyida butunlay qolib ketishi yoki uzoqroq
muddat qaytib kelmasligidir. Kishilarning nisbatan qisqa muddatdan so’ng ko’chib ketgan joylariga
qaytib kelishlari vaqtinchalik migratsiyadir. Vaqtingchalik migratsiyaning eng muhim yo’nalishi
mavsumiy migratsiya bo’lib, kishilarning yilning muayyan bir faslida chetga chiqishi yoki kelishi
jarayonidir. Mavsumiy migratsiya asosan mehnat migratsiyasiga xos jarayon bo’lib aholi bandligida
katta tebranishlar bo’ladigan va ishchi kuchiga talab katta bo’ladigan mavsumlarda kishilarning
migratsion faolligi bir necha barobar ortib ketadi. Mavsumiy migratsiya ko’proq qishloq xo’jaligi,
mehmonxona xo’jaligi singari ishchi kuchini ko’p talab etadigan va yuqori malaka talab etilmaydigan
ishlar bilan bog’liq bo’ladi. Misol uchun yoz oylarida Turkiya, Shveytsariya kabi davlatlarga xorijlik
sayyoxlarning ko’plab kelishi natijasida ishchi kuchiga bo’lgan keskin ortadi. Bu esa daromad topish
darajasi nisbatan pastroq bo’lgan davlatlardan ko’plab ishchilarning oqib kelishiga sabab bo’ladi.
10
Migratsiyaning yana bir turi tebranuvchi (mayatniksimon) migratsiya bo’lib, aholining bir aholi
punktidan ikkinchi bir aholi puktiga o’qish, ishlash va boshqa sabablarga ko’ra har kunlik qatnashidir.
Bu tur migratsiya ko’proq ichki migratsiyaga xos bo’lib, xalqaro migraatsiya doirasida davlatlararo
yaxshi qo’shnichilik aloqalari yo’lga qo’yilgan chegaraoldi hududlarigagina xosdir.
Migratsiya jarayoni tashkil etilish nuqtai- nazaridan tashkil etilgan va tashkil etilmagan turlarga
ajratiladi. Tashkil etilmagan migratsiya aholining o’z hohish va ihtiyorlari bilan avvaldan
rejalashtirilmasdan, stixiyali tarzda bo’lishi bo’lsa, tashkil etilgan migratsiya ijtimoiy zaruriya tufayli
davlat tomonidan rejalashtirilgan tarzda sodir bo’ladi. Misol uchun, hozirgi kunda juda ko’p
O’zbekiston fuqarolari Janubiy Koreya Respublikasida tashkillashtirilgan holda mehnat qilmoqdalar.
So’ngi yillarda migratsiyada, xususan xalqaro migratsiya jarayonlarida qonuniy va noqonuniy
migranttsiya turlari alohida ajratib ko’rsatilmoqda..