O‘qituvchi sharafli, lekin murakkab kasbdir. O‘quv jarayonida o‘qituvchi rahbarlik rolini o‘ynaydi. Texnologiya fani darslarida vaqtning asosiy 80% ni o‘quvchilarning amaliy ishlari egallaydi. Texnologiya fani o‘qituvchisidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab qiladi. Shuning uchun texnologiya fani o‘qituvchilari:
yuksak axloqiy fazilatlarga, o‘z kasbiga oid tegishli ma’lumot va kasbkor tayyorgarligiga ega bo‘lgan qobiliyatli ijodkor kishilar bo‘lishi;
milliy madaniy qadriyatlarni, dunyoviy bilimlarni yaxshi bilishlari va diniy ilmlardan ham xabardor bo‘lishi;
yuqori pedagogik – psixologik tayyorgarlikga ega bo‘lishi;
erkin va ijobiy fikirlaydigan, talabchan va odobli bo‘lmog‘i lozim.
Ta’lim to‘g‘risidagi qonunda, tegishli ma’lumot, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega deb uqtirib o‘tilgan.
O‘qituvchining kasb - korlik sifatlariga quyidagilar ham kiradi: