A.I.Avazbayev – Nizomiy nomidagi TDPU
“Texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi dotsenti, p.f.n.
X.Yakubova - Nizomiy nomidagi TDPU “Texnologik ta’lim metodikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi.
El pochta
Atajan.Avazbayev@gmail.com
Tashkilot:
Nizomiy nomidagi TDPU, Texnologik ta’lim metodikasi kafedrasi
MA’RUZA MASHG`ULOTLARI
1-Mavzu.Texnologiya faniga oid rejalashtiruvchi xujjatlar. Reja: 1.Rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.
2.Texnologiya fanida rejalashtiruvchi hujjatlar.(Taqvimiy mavzuli reja. Dars rejasi va uning konspekti. О‘quv ustaxonalarida bajariladigan ishlar rо‘yxati. Fanlarning о‘zaro bog‘lanish jadvali).
1. Rejalashtirishni maqsadi va vazifalari. Rejalashtirishning maqsadi-o‘quv jarayonini aniq tashkil etish, o‘quvchilarni mehnat tayyorgarligi dastur talablariga mos kelishini ta’minlash, ta’lim-tarbiyada yaxshi natijalarga erishish, o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatini rivojlantirish uchun sharoit yaratish, zamonaviy bilimlar berish, pedagogik texnologiyalarni qo‘llash, AKTdan foydalanish, darsni ishlab-chiqarish-fan, hayot bilan bog‘lib o‘qitish uchun sharoit yaratish.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar bajarilishi lozim.
Rejalashtirishning vazifalari:
o‘quv rejasi va dasturini bajarilishini ta’minlash;
o‘quv materialining mazmuniga to‘liq javob beradigan obyektlarni tanlash;
boshqa fanlar bilan aloqani ta’minlash;
asbob-uskuna va moslamalar stanoklar bilan ustaxonani talab darajasida jihozlash, materiallar bilan ta’minlash;
ko‘rgazmali qurollar o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash;
mehnatni ilmiy tashkil etish.
Texnologiya ta’limini rejalashtirish o‘quv jaraѐnini aniq tashkil etishdan iborat bo‘lib, u didaktika tamoyillaringa va o‘quvchilarning mehnat tayѐrgarligi dasturi talabiga to‘la-to‘kis javob bera oladigan bo‘lishi kerak.
Texnologiya ta’limi boshqa umumiyta’lim fanlaridan farq qilib, ta’limni tashkil etishda o‘ziga xos xususiyatga egadir. Shuning uchun rajalashtirishga yanada ham ko‘prok e’tibor berishni talab qiladi bu siz ta’lim-tarbiya ishida yaxshi natijalarga erishib bo‘lmaydi.
Texnologiya ta’limini rejalashtirish:
- har bir o‘quvchining ta’lim rejasi va dasturini bajarishni:
- mehnat bo‘yicha o‘quv materialining mazmuniga to‘liq;
- ishlab chiqarish obektlarini to‘g‘ri tanlashni, mehnat bilan boshqa umumiy ta’lim o‘rtasidagi, fizika, ximiya, matematika, chizmachilik, bialogiya va boshqa fanlar o‘rtasidagi aloqani:
- o‘quv—moddiy (ustaxonalar, o‘quv xonalar, o‘quv-tajriba maydonchalari? O‘quv uchastkalari, kurilish maydonchalarig asbob-uskunalar,) unumli foydalanishni; mehnat va kasb ta’limining bazasini rejali material texnika (asbob-uskunalar, ko‘rsat-ma va o‘kuv qo‘llanmalari, bilan ta’minlash uchun shart-sharoitlarni, o‘quvchilarning rejalashtirilgan mehnat obektlarini belgilangan muddatlarda va o‘z vaktida buyurtma-chilarga topshirishlarini
- o‘rinlar yetishmaganda zarur asbob-uskunalar kam bo‘lib qolganda, ish joylariga oraliq grafik asosida qo‘yib chikishni:
- ilmiy- texnikaviy bilimlarning ko‘nikmalari va malakalarning yuqori darajada bo‘lishini;
- mehnat ta’limiga oid mashg‘ulotlarnig mehnatni ilmiy asosda etish talablariga muvofiq ravishda unumli yo‘lga qo‘yishni ta’minlashi kerak,