147
bo‗limlari va ob‘yektlarida texnologik jarayonlarini nazorat qilish uchun
hisobga olishga aytiladi. Texnik asosidagi hisobga olish tizimi tijorat
tizimining asosini tashkil etadi.
Texnik hisobga olish elektr energiyadan
foydalanishni joriy
boshqarish, rejalashtirish, me‘yorlashtirish va tahlil qilish funksiyalarini
bajarilishi uchun axborot bazasini tashkil etadi.
Sanoat korxonalarida
elektr energiyani texnik hisobga olishning olib borilishi quyidagilarga
imkon beradi:
sexlarda elektr energiyadan noratsional foydalanishni aniqlash;
elektr energiyani tejash bo‗yicha rag‗batlantiradigan iqtisodiy
omillarni kiritish;
energiya resurslarini tejash va maxsulot birligiga to‗g‗ri
keladigan
elektr energiya sarfi miqdorini kamaytirish.
Texnik hisobga olish tizimining vazifasi katta o‗lchamligi va
murakkabligi bilan ajralib turadi. Hozirgi vaqtda texnik hisobga olish
tizimi taqsimlash va transformator podstansiyalari pog‗onasida amalga
oshirilmoqda. Bu tizimdagi hisoblagichlar
u yoki bu sex tomonidan
sarflangan elektr energiyani to‗g‗ridan-to‗g‗ri qayd eta olmaydi, chunki
har bir sex elektr ta‘minotini bir necha transformator podstansiyalaridan
(yoki taqsimlash podstansiyalaridan) oladi, ular har biri esa, o‗z navbatida,
bir necha sexlarni ta‘minlaydi. Masalan, 3.16-rasmda tasvirlangan korxona
sxemasi uchun 2-sex elektr ta‘minoti Wh
2
hisoblagich bo‗yicha aniqlanadi.
1-sex 1-TP dan (Wh
1
hisoblagich) va 2-TP dan (Wh
3
va Wh
2
hisoblagichlar ko‗rsatkichlari ayirmasi) ta‘minlanadi.
Shunday qilib, 1-
sexning elektr iste‘molini 1-sex = Wh
1
+(Wh
3
- Wh
2
) ifoda bo‗yicha
aniqlash mumkin.
Wh
3
hisoblagich ko‗pincha TP da emas, bosh pasaytiruvchi
podstansiya (BPP) da, ya‘ni ta‘minot kabeli oxirida o‗rnatiladi.
Odatda sexlar va texnologik uskunalar bo‗yicha
elektr energiya
iste‘molini hisobga olishni ajratishni amalga oshirish uchun qo‗shimcha
hisoblagichlar o‗rnatilishi, qayta ulanishlarni amalga oshirish va
podstansiyalarni tartiblashtirish zarur.