A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə92/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT 
TC-485 ma‘lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHATni qurish
korxona energetigi lokal AIJdan to‗g‗ri simli aloqali ENHAT bo‗yicha va
viloyat energiya ta‘minoti korxonasi AIJ dan GSM kanali orqali
hisoblagichlarda saqlanayotgan axborotlar to‗g‗risida ma‘lumotlarni olish
zarur bo‗lgan hollarda optimal yechim hisoblanadi.
Bunday hollarda korxonaga zamonaviy GSM modemlarni sotib olish
zarurati va GSM aloqaga sarflarni qilishi kerak bo‗lmaydi.
Bundan tashqari, TC-485 ma‘lumotlarni uzatish moduli ―Energiya-9‖
markali hisoblagichlari bilan ishlash uchun moslashtirilgan va qo‗shimcha
sozlash ishlarini va DTni talab qilmaydi. Bu esa o‗z navbatida bu
sxemadagi ENHATni ishga tushirish xarajatlarini kamaytiradi.
3.15. Rasm. Ma’lumotlarni uzatish moduli asosidagi ENHAT 
Energetikning-AIJ
Viloyatning-AIJ
32 ta
gacha
TC-485
GSM-modem



144
3.4.Energiya resurslarini hisobga olishning avtomatlashtirilgan 


tizimlarini joriy etish – energiya ishlab chiqarish samaradorligining 
zaruriy sharti 
Ta‘kidlash zarurki, hozirgi kunda ishlatilayotgan energetik
ko‗rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish tizimlari bir qator
kamchiliklarga ega. Masalan, ishlab chiqarishning ko‗p sohalarida
energetik ko‗rsatkichlarni hisobga olish va tahlil qilish turli vaqtlarda
maxsus o‗lchashlar yo‗li bilan davriy ravishda amalga oshirilmoqda.
Tabiiyki, bunday o‗lchashlar har doim ham hisoblash
parametrlarining butun o‗zgarishlari dinamikasini to‗liq aks ettirmaydi va
ularning o‗zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlash imkoniyatini bermaydi.
O‗zbekiston sanoatining turli sohalaridagi bir qator korxonalarida
o‗tkazilgan tadqqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, mavjud energiya tashuvchilari
va energetik resurslari sarfini hisobga olishning tashkil etilishida ulardan
foydalanishning real samaradorligini yetarlicha aniq baholashni amalga
oshirish va energiya resurslari sarflarining me‘yorlarini asos bilan aniqlash
mumkin emas.
Sanoat korxonalarida energiya resurslari sarflarini hisobga olish va
nazorat qilish masalasi holatini tahlil qilish shuni ko‗rsatdiki, bu masala
yetarli darajada o‗z yechimi topa olmay kelmoqda. Masalan, ko‗plab
sanoat korxonalariga xos bo‗lgan energiya ta‘minoti tizimining o‗lchov va
nazorat asboblari bilan ta‘minlanganlik darajasi qoniqarsiz ahvolda
qolmoqda.

Odatda barcha korxonalar elektr energiyasini tijorat asosida


hisobga olish imkoniga ega. Biroq bu imkonoyatdan har bir korxona
samarali foydalana olmayapti.
Alohida ishlab chiqarish sexlarida, energiya yig‗uvchi agregatlar va
texnologik jarayonlarda iste‘mol qilinadigan energiya resurslarini hisobga
olish barcha korxonalarda ham amalga oshirilmaydi. Bundan tashqari,
qoidaga ko‗ra, texnologik jarayonda qo‗llaniladigan siqilgan havo, azot,
vodorod, suv va boshqa shu kabi alohida komponentlarini hisobga olish
mavjud emas. Bu energiya resurslarini maqsadli sarflanmasligiga olib
keladi.



145
Barcha ishlab chiqarish ob‘yektlarida ham energiya resurslarini


hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimlari yetarli
darajada joriy etilmagan va samarasiz ishlatilmoqda. Odatda, bu tizimlar
ist‘emol quvvati, energiya sarfi va energiya tashuvchilarning bir necha
ko‗rsatkichlarini hisobga oladi va nazorat qiladi. Shunday qilib, bu tizimlar
asosan axborot tizimlari sifatida ishlatiladi.
Lekin energiya tejamkorligini boshqarish uchun bu funksiyalar
yetarli emas. Chunki barcha energiya resurslari turlarining ist‘emoli haqida
olingan axborotlar asosida energiya iste‘moli bo‗yicha energiyani tejashni
optimal boshqarishning asosiy masalalarini yechib bo‗lmaydi.
Hozirgi kunda MDH davlatlaridagi sanoat korxonalarida ham
konstruktiv elementlari, ham funksiyalari bo‗yicha katta xilma-xillik bilan
xarakterlanadigan bir qator avtomatlashtirilgan hisobga olish, nazorat
qilish va boshqarish tizimlari ishlab chiqarishga tadbiq qilinmoqda.
Bunday tizimlar tarkibiga odatda o‗zgartiruvchi datchiklar (analog va
diskret signalli), o‗zgartirgichlardan ma‘lumotlarni yig‗ish, axborotlarga
ishlov berish, axborotlarni chop etishga yoki tabloga berish qurilmalari va
boshqalar kiradi.
Yuqorida aytib o‗tilgan texnik vositalar korxonalarda amaldagi
ta‘riflar bo‗yicha tijorat hisoblarini olib borishga imkon beradigan
avtomatlashtirilgan axborot-o‗lchov tizimini (ENHAT AAO‗T) qurish,
quvvat va energiya, shuningdek, energiya tashuvchilar turlarini nazorat
qilishni tashkil etish uchun mo‗ljallangan.
O‗zbekiston energetika tizimi elektr energiyani sotib olish va sotish
bilan qo‗shni davlatlar energiya tizimlari bilan o‗zaro bog‗lanadi. Shuning
uchun energiya tizimi ichida va uning sub‘yektlarida hisobga olish tizimini
rivojlantirish zamonaviy xalqaro me‘yor, qoidalar va standartlarga mos
kelishi zarur.
Yuqoridagi fikrlarga ko‗ra, elektr energiyasini hisobga
olishning yangi usullariga o‗tishda, energiyani hisobga olishning
avtomatlashtirilganlik hajmini aniqlashda, energiya resurslarini va elektr
energiyani
tijorat
asosida
hisobga
olishning
avtomatlashtirilgan
axborot-o‗lchov tizimlarining texnik va iqtisodiy samaradorliklari



146
masalalarini tahlil qilishda amaldagi hisobga olish tizimini ko‗rib chiqish


zarurati tug‗iladi.
ENHAT ni joriy etish yordamida quyidagi iqtisodiy samaradorlikka
erishiladi:

sutka davomida pog‗onalashgan tarif bo‗yicha iste‘molni hisobga
olish tizimiga o‗tish;

10/0,4 kV taqsimlash tarmoqlarida elektr energiyani yetkazib berish
davomida barcha zanjirlar bo‗yicha nomuvozanat holatini hisoblash;

elektr energiyasi isroflarini aniqlash;

elektr energiyasi hisoblagichlarining aniqlilik darajasini oshirish;

elektr energiyasidan maqsadsiz foydalanishni o‗z vaqtida aniqlash;

inson omili ishtirokisiz elektr energiyasi hisoblagichlaridan
ma‘lumotlarni olishda xatoliklarning bo‗lmasligi;

tezkor
nazorat
qilish
va
elektr
tarmoqlari
yuklamalarini
simmetriyalashga o‗tish munosabati bilan elektr tarmoqlarning xizmat
qilish muddatlarini oshirish;

elektr energiyasini sotib olish bo‗yicha yechimlarni qabul qilish
jarayonida elektr iste‘moli bo‗yicha ma‘lumotlarni operativ olish va ularni
qayta ishlash;

nazoratchi xodimlar sonini qisqartirish;

hisobga olish nuqtalarida xizmat ko‗rsatish va hisoblarni yozib borish
bilan bog‗liq harajatlarni kamaytirish;

iste‘mol qilingan elektr energiya uchun to‗lovni o‗z vaqtida amalga
oshirish bo‗yicha iste‘molchilar mas‘uliyatini oshirish.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin