A. I. Karshibayev n. O. Ataullayev b. Sh. Narzullayev


Rasm. Issiqlik izolyatsiyas qilinganda qozon



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə89/184
tarix15.10.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#155999
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184
E nerge t ikas I a. I. Karshibayev-www.hozir.org (1)

3.10. Rasm. Issiqlik izolyatsiyas qilinganda qozon 
parametrlarining o‘zgarishi
q – issiqlik isrofi, VT/m
2
; d – devor izolyatsiyasining qalinligi, mm;
C – harajat narxi, %; E – bir yil uchun issiqlikni tejash, GVt*s.
Berilgan grafikdan ma‘lumki, devor qalinligining oshishi bilan
solishtirma issiqlik isrofi kamayadi va uning grafigi giperbolaga yaqin
bo‗ladi.
Qozonning energetik samaradorligini oshirish uchun yoqilg‗ini yoqish
jarayonini mikroprotsessorli boshqarish tizimi asosida optimallashtirish
zarur. Ushbu tizim yordamida ishlatiladigan yoqilg‗ining samaradorligi
oshiriladi hamda atmosferaga chiqayotgan zaharli gazlarni kamaytirishga
yordam beradi. Sanoatda va qishloq xo‗jaligidagi ko‗plab qozonlar mahsus
rejim bo‗yicha ishlaydi. Yonishda uzatiladigan havo sarfi yoqilg‗i tavsifiga
va jihozlar holatiga bog‗liq emas.
3.3. Elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning 
avtomatlashtiriligan tizimlari 
Iqtisodiyot rivojlanishining tez o‗sish surati, xo‗jalik yuritishning
bozor usullarini hisobga olgan holda, elektr energiyasi iste‘molining
hisobga olinishiga juda qattik talablar qo‗yadi. Ushbu talablar bir ma‘noda
va to‗liq hajmda, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning
E, GVt*s; C %
Q, Vt/m
2



139
eng zamonaviy yuqori texnologik avtomatlashtirilgan tizimlari (ENHAT)


yaratilishi hisobiga qondirilishi mumkin.
Avtomatlashtirilgan tizimlarning joriy etilishi elektr energiyasi va
quvvatning asosiy iste‘molchilari tomonidan iste‘mol qilish rejimlarini
operativ nazorat qilish va tahlil qilish, iste‘molchilar yuklanishining
optimal boshqaruvini amalga oshirishga imkon beradi. ENHATdan
foydalangan holda, energoob‘ektlarda ma‘lumot yig‗ish va shakllantirish,
axborot yig‗ish va yuqori boshqaruv darajasiga uzatish, shuningdek shu
asosda elektr energiya yetkazib beruvchilari va iste‘molchilari o‗rtasida
tijoratga oid hisob-kitoblarni bajarish maqsadida ma‘lumot shakllantirish
mumkin bo‗ladi. ENHAT iste‘molchilar bilan hisob-kitoblarni bajarishda
bank operatsiyalarini soddalashtirishga imkon beradi.
ENHAT texnik vositalari tarkibiga quyidagilar kiradi:
-o‗lchanayotgan elektr energiyasini elektromagnit impuls signallariga
yoki raqamli kodlarga o‗zgartiradigan datchik-o‗zgartirgichlar bilan
jihozlangan elektr energiyasi hisoblagichlari;
-hisoblagichlardan axborot yig‗ilishi va ularning yuqori boshqaruv
darajasiga uzatilishini ta‘minlashi kerak bo‗lgan ma‘lumotlar yig‗ish va
uzatish qurilmasi;
-axborotga ishlov berish vositalari.
ENHAT tizimining muvaffaqiyatli ishlashi uchun yuqorida sanab
o‗tilgan texnik vositalardan har birining zarurligi va ahamiyatliligi
shubhasiz. Biroq telekommunikatsion aloqa kanallari qonuniy ravishda
ENHAT kompleksining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Aloqa
kanallarining mavjud emasligi yoki ularning qoniqarsiz holati nafaqat
ENHAT joriy etilishini to‗xtatib turuvchi omil bo‗lib, yoki kompleksning
kichik samara bilan ishlatilishiga, balki, ko‗pincha ro‗y beradigan,
tizimning ishdan chiqishiga xizmat qilishi mumkin.
Aloqa kanallarining tanlovi, shuningdek jihozlar tanlovi ENHATni
loyihalashtirish bosqichida, ob‘ektlar bilan xizmatga oid va texnologik
ta‘minot talablarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Bugungi kunga aloqa kanallari sifatida quyidagilar keng qo‗llanadi:
yo‗ldoshli aloqa tizimlari; tolali-optik aloqa liniyalari; mobil aloqa quvvat
tizimlari; simsiz ma‘lumot uzatish tarmoqlari.



140
3.11-rasmda ENHAT tuzilmasining pog‗onalarga ajratilganligini


ko‘rishimiz mumrin.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin