A. I. To’rayev, F. F. Axrorov, M. M. Rahmatov


Mo’g’ullar davrida boshqaruvdagi mansab va lavozimlar



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/56
tarix09.04.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#95294
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56
Mo’g’ullar davrida boshqaruvdagi mansab va lavozimlar. 
1
Асқаров.A. Ўзбекистон халқлари тарихи. -T.: “Фан”, 1992. -Б.142.


98 
Xon-hukmdor urug’ining boshlig’i va qaram vassallar hukmdori 
sifatida butun mamlakat, uluslarga tegishli hududlar ustidan oliy 
huquqqa ega bo’lib, uning asosiy vazifasi-mamlakatni tashqi 
dushmanlardan qurolli himoya qilish edi. Xon urush e’lon qilish va sulh 
tuzish huquqiga ega bo’lib, mamlakat qo’shinlarining oliy boshlig’i edi. 
Xon boshqa davlatlar bilan muzokaralar olib borish huquqiga ega 
bo’lib, mamlakatning tashqi siyosiy aloqalarni ham boshqargan. Xon 
o’z qaramog’idagilarni qatl qilish va omon qoldirish huquqiga ega 
bo’lib, mamlakatda bosh qozi vazifasini ham bajargan. Xon qonunlar 
chiqarish hamda jamiyatning barcha a’zolari bajarishi lozim bo’lgan 
farmonlar chiqarish huquqiga ega bo’lib, jamoat tizimi va tartibni 
saqlash vazifasini bajargan.
Tarxon-ular turli soliqlardan ozod qilingan bo’lib, ov paytida va 
urushlarda qo’lga kiritilgan o’ljalar ularning shaxsiy mulki hisoblanadi. 
Chingizxonning o’zi ham undan keyingi mo’g’ul xonlari ham ularni 
xon va davlat oldidagi xizmatlari uchun taqdirlab turganlar. 
Kobegun keyinchalik Tayju-Mo’g’ulistonning o’zida va 
Sharqiy qismlarida Chingiziylar xonadoni shahzodalari dastlab 
kobegun, keyinchalik tayju deb atalgan va ular uluslar yoki ma’lum bir 
hududni boshqargan.
Pisar-chingiziylar davlatining g’arbiy qismida shahzodalar 
boshqacha atalgan. XIII-XIV asrlar musulmon mualliflari asarlarida 
dastlabki shahzoda yoki forscha pisar (o’g’il) deb atalgan, ular ma’lum 
bir hududlarni boshqargan. 
Bosqoqlar- mo’g’ullarning tayanchi bo’lgan soliq yig’uvchilar 
Dorug’ullar- harbiy ma’murlar hisoblangan. Bundan tashqari 
mo’g’ul harbiy bo’linmalari bo’lgan. 
Dorug’a- (mug’. “daraxtu” bosmoq, ezmoq) viloyat, tuman, 
shahar hokimi. Uning zimmasiga soliq to’lashi kerak bo’lgan aholining 
ro’yhatini tuzish soliq yig’ish vazifasi yuklatilgan. 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin