Yurtchi-bosh shtabga tegishli ofitser.
To’qsabo-polkovnik yoki brigada generali darajasida bo’lgan
harbiy mansabdor.
Bo’lang’ozilar yoki Bularg’uvchi-qo’shin joyidan qo’zg’algach,
joyni nazoratdan o’tkazib qolib ketgan narsalarni yig’ishtirib boruvchi.
Bakovul-qo’shinga maosh beruvchi.
Tavochi-o’rta asr feodal xonliklarida nufuzli mansabdorlardan
biri. Uning zimmasiga viloyatlarga borib qo’shin to’plash, harbiy
99
yurish vaqtida qo’shinlarning to’xtash o’rnini belgilash, qo’shinni
ko’rikka hozirlash, xavf-xatar vaqtida tevarak-atrof xalqini qal’a
ichkarisiga ko’chirtirish, hukumatning maxsus inshootlari qurilishi
ustidan nazorat qilish, jazo choralarini nazorat qilish kabi vazifalar
yuklatilgan.
Torg’uvchi yoki Jorg’uvchi-qo’shin muhrini saqlovchi shaxs.
Yasovullar-qo’shin urdugohdan chiqish paytida egallashi lozim
bo’lgan joylarni ko’rsatuvchi.
Malik-o’n ming kishilik suvoriylar guruhiga qo’mondonlik
qilgan kishilarga beriladigan unvon. U bu unvonga favqulodda harbiy
jasorati, qahramonligi bilan erishgan edi.
Yasuvur o’g’lon-Chingizxon qo’shinining so’l qanoti hazora
(ming) amirlaridan.
Tumanboshi-o’n minglik bo’limani rahbari.
Mingboshi-ming askar rahbari yoki o’nta yuzboshi rahbari.
Yuzboshi-yuzta askar rahbari.
O’nboshi-o’nta askar rahbari.
Ajarchi-lashkarga yo’l ko’rsatib boruvchi.
Tevachi-qo’shinda tuyakashlar shunday atalgan.
Mo’g’ullar davlatining harbiy san’ati.
Ayniqsa qo’shinni mustahkamlash va unda tartib-intizomni
yo’lga qo’yish maqsadida o’lim jazosi kеng qo’llanilgan. Xonning
buyrug’ini bajarmaslik eng oliy gunoh hisoblangan. Xon buyruqlari
uning ixtiyoridagi amaldorlar tomonidan bеvosita tumanbеgilarga va
qabila boshliqlariga yеtkazilgan. Boshliqlarga boshqa boshliqqa tobе
jangchilarni qabul qilish qat'iyan taqiqlangan. Bеlgilangan joyga
qo’yilgan har bir boshliq boshqalar yordamga muhtoj bo’lgan taqdirda
ham ruxsatsiz o’z joyidan kеta olmas, o’z navbatida boshqalar ham
undan yordam kutishga haqlari yo’q edi. Bu qonunni buzish o’lim bilan
jazolangan. Maxsus buyruqsiz dushmanni talon-taroj qilish ham o’lim
bilan jazolangan. U yoki bu mamlakatga urush ochish va qo’shin tortib
borish masalasini faqat qurultoy hal qilar edi.
Chingizxon qo’shinlari bo’linmalarga bo’lingan. O’n jangchiga
bir boshliq o’nboshi, yuzboshi, mingboshi va tumanboshilar qo’yilgan.
Qo’shin tarkibida maxsus lavozimlar bo’lgan: Yurtchi (bosh shtabga
tеgishli ofitsеr misoli), Tеvachi (tuyakash), Bo’lang’ozilar yoki
Bularg’uvchi (qo’shin joyidan qo’zg’algach, joyni nazoratdan o’tqazib
qolib kеtgan narsalarni yig’ishtirib boruvchi), Bakovul (qo’shinga
100
maosh bеruvchi), Torg’uvchi yoki Jorg’uvchi (qo’shin muhrini
saqlovchi hamda ko’zi), Yasovullar (qo’shin urdugohdan chiqish
paytida egallashi lozim bo’lgan joylarni ko’rsatuvchi) shular
jumlasidandir.
Mo’g’ullarda qo’shin tuzilishi haqida manbalarda ancha batafsil
ma’lumotlar saqlanib qolgan. Bu xususida Plano Karpini keltirgan
ma’lumotlar boy va qimmatlidir. “Chingizxon amriga ko’ra har bir o’n
kishi tepasiga bir kishi rahbar qilib qo’yilgan. O’nta o’nboshi ustidan
bir kishi qo’yilib u yuzboshi deyilgan, o’nta mingboshi ustidan bir kishi
qo’yilib u tumanboshi deyilgan. Barcha qo’shin tepasiga esa ikki yoki
uch kishini qo’yib ular bir kishiga bo’ysunganlar”.
Ushbu ma’lumotlarga ko’ra, Chingizxon davrida mo’g’ullarda
qo’shin va xalqni taqsimlashning Osiyocha o’nlik tizimi qabul qilingan.
M.Ivanining qayd etishicha, “har bir qabilaning ko’chib yashashi uchun
ma’lum maydon aniqlab va mingliklarga birlashtirilgan bo’lib,
o’nboshi, yuzboshi va mingboshilar tomonidan boshqarilib turilgan.
Qo’shin to’planayotgan paytda har o’nta o’tovdan bitta, ikkita va
hokazo jangchilar jalb qilingan, ular o’z navbatida jangga kerakli
anjomlar va oziq-ovqatlar bilan ta’minlangan bo’lishlari kerak edi.
Qo’shinlar ham bo’linmalarga bo’linib, har o’n jangchiga
boshchilik qilish uchun o’nboshi saylangan. To’qqizta o’nlik o’z
o’nligiga ega bo’lgan yuzboshiga bo’ysungan. Mingliklar va tumanlar
ham mana shu asosda tashkil topgan edi”.
Qo’shinning o’nlik tizimi asosida bo’linishi barobarida
mo’g’ullarda armiyani qanotlarga va markazga bo’lish ham saqlangan.
Ko’chmanchi hayot tarzini harbiylashtirish urug’chilik tuzumini
buzmagan holda keng ko’lamda o’tkazildi. Harbiy qismlar ayrim qabila
va urug’lardan tuzilgan, ular ma’lum miqdordagi otliq qo’shin ajratib
berishlari lozim edi.
1
Qo’shinlar va ularni ta’minlovchi urug’lar, baxrin
Naya boshchiligidagi markazga yoki Muxali boshchiligidagi so’l qanot
(juvung’or) va Bogurchi boshchiligidagi o’ng qanot (burung’or)
bo’lingan. Qo’shin tarkibida alohida o’rinni xon gvardiyasi (keshik)
egallab, u eng jasur, a’lo darajada qurollangan jangchilardan tarkib
topgan. Gvardiyaga Chingizxonning o’zi shaxsan qo’mondonlik qilgan
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.321.
101
va shu tufayli u qo’shin saflari bilan aloqani uzmagan. Mo’g’ul harbiy
tashkiloti tizimida yordamchi harbiy xizmatlar ham muhim ahamiyat
kasb etgan. Mo’g’ul qo’shinida intendantlik xizmati joriy qilingan
bo’lib, yangi lavozim-cherbi yoki armiya intendantlari tayinlangan.
Ular qo’shinning ortidagi yordamchi xizmatlarni boshqarganlar. Oziq-
ovqat zaxiralarini saqlash uchun do’konlar qurilishiga katta e’tibor
berilgan. Qo’shin o’tadigan yo’llarni nazorat qiluvchi maxsus qism,
o’ziga xos sapyorlar bo’linmasi mavjud edi. Harbiy razvedka, raqib
joylashgan yer, raqibning jangovarlik holatini bilishga katta e’tibor
berilgan. Bu faoliyat bilan maxsus elchilar va savdogarlar
shug’ullanishgan.
1
Yurishga ketayotgan mo’g’ullar o’zlari bilan quroldan tashqari
katta bo’lmagan chodir ham olishlari kerak edi.
2
Qo’mondonlar tayinlashning puxta o’ylangan tizimi bo’lib
“mingboshi va yuzboshi tayinlashda Chingizxon ularni badavlat
xonadonga mansub ekanligiga emas, balki ularning shaxsiy qobiliyati
va kishilarni boshqara olishiga e’tibor bergan. Chunonchi, qo’ychivon
Degeyga daydib yurgan qabilalardan biriga mingboshi bo’lishni amr
qilgan. Yana bir holatda yangi tashkil etilgan qabila boshlig’i etib
duradgor Guchugur qo’yilgan”.
Qo’shin boshlig’iligiga munosib kishi o’zi ochlik, chanqoqlikni
his etadigan bo’lishi va shu holati bilan boshqalarning holati haqida
hukm qilishi, safar qo’shinni ochlik va chanqoqlikda, to’rt oyoqli
hayvonlarning ozib ketishiga yo’l qo’ymasligiga erishishi kerak edi.
Mo’g’ul qo’shinida harbiy intizomni buzganlarga nisbatan juda
qattiq jazo choralari ko’rilgan. Plano Karpinining yozishiga ko’ra,
qo’shinlar urushda bo’lgan chog’da, o’n kishidan bir yoki ikki, uch yoki
ko’proq kishi qochgudek bo’lsa, hammasi o’ldirilgan, agarda o’n
kishining hammasi qochsayu qolgan yuz kishi qochmasa, hammasi
o’ldirilgan; qisqasi, agarda ular bahamjihat chekinmasalar, barcha
qochganlar o’ldirilgan; xuddi shuningdek, bordiyu bir yoki bir necha
kishi mardona jangga tashlansalar, qolgan o’n kishi ularga ergashmasa
ular qatl etilgan. Bordiyu o’nlikdan bir yoki bir necha kishi asir tushib
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.324.
2
Иванин.М. Икки буюк саркарда: Чингизхон ва Амир Темур. -T. “Фaн”. -Б.27.
102
qolgudek bo’lsayu do’stlari ularni xalos etmasalar, ular ham qatl
etilganlar. Albatta, mo’g’ul qo’shiniga g’alabani bunday beshafqat
jazolardan qo’rqish tuyg’usi emas, balki sarkardalarning yuksak
mahorati, harbiy ta’lim, jang xadisini yaxshi bilishi va o’zining
yengilmas ekanligiga ishonchi keltirgan edi.
M.Ivaninning yozishicha, urush boshlashdan avval Chingizxon
hujum qilmoqchi bo’lgan davlatning ichki holati va uning harbiy
vositalari haqida aniq ma’lumotlar to’plar, u yerdagi hokimiyatdan
norozi bo’lgan kishilar bilan mahfiy aloqalar o’rnatib, ularga yaxshi
o’ljalar va katta lavozimlar va’da qilib, o’z xizmatiga olishga harakat
qilar edi. Bunday maqsadli va har tomonlama tayyorgarlik bilan olib
borilgan urush oxir-oqibatda muvaffaqiyat keltirgan. Yurishga
qurultoyda qaror qilingandan so’ng kirishilgan. Qurultoyda qo’shinni
yig’ish uchun zarur bo’lgan barcha tadbirlar, har o’nlikdan qanchadan
kishi kerakligi, qo’shinning yig’ilish vaqti va joyi hal qilingan. Garchi
qurultoy qatnashchilar hal qiluvchi ovozga ega bo’lmasalarda (qarorni
shaxsan xon qabul qilgan), muhokama jarayonining o’zi, ya’ni urush
olib borishdan maqsad va vazifalarni aniqlash, hujum yo’nalishi va
qo’shin miqdorini belgilash, qo’mondon va uning yordamchilarini
tayinlash marosimining o’zi ishning muvaffaqiyatli tugashining garovi
edi.
Plano Karpini mo’g’ul qo’shinning safardagi jangovar tartibiga
katta e’tibor bergan: “Ular urushga bormoqchi bo’lsalar, oldinga ilg’or
qism yuboradilar, bu qismdagilar o’zlari bilan kigiz, otlar va qurol-
aslahadan boshqa hech nima olmaganlar. Ular hech kimni talamaydilar,
uylarni yoqmaydilar, hayvonlarni o’ldirmaydilar, faqat odamlarni
yarador qiladilar va o’ldiradilar, boshqa ish qo’llaridan kelmasa, ularni
quvib yuboradilar. Har holda ular quvib yuborishdan ko’ra, o’ldirmoqni
afzal ko’radilar”.
Qo’shinning asosiy kuchi piyodalardan iborat bo’lib, sarkarda
Dzining fikricha, 50.000 kishilik lashkarga jang paytidagi harakatlar
uchun 3000 ta otliq va 500 arava yetarli edi.
1
Asosiy kuchlarning vazifasi qarshilik ko’rsatishning barcha
o’choqlarini butkul yakson etish, bu bilan qo’shin ortidan faqat “tutun
va kul” qoldirishdan iborat edi. Plano Karpini mo’g’ul qo’shini
1
Иванин.М. Икки буюк саркарда: Чингизхон ва Амир Темур. -T. “Фaн”, 1994. -Б.14.
103
tomonidan daryo-suvlardan kechib o’tish usuliga ko’p e’tibor bergan,
chunki suv g’ovlari o’rta asr lashkarlarning tezlik bilan yurishida jiddiy
to’siq bo’lgan. Ular daryoga yetib kelgach, u har qancha katta
bo’lmasin quyidagicha kechib o’tishgan: ko’pgina amaldorlarning
dumaloq va tekis terilari bo’lib, uning ustki qismi aylanasiga bir qancha
dastalar qilingan, ularga arqon o’rnatib bog’lashgan va natijada xuddi
dumaloq qopga o’xshash narsa hosil bo’lgan.
Mo’g’ullar hujumi strategiyasining asosi-raqib qo’shinini tor-mor
etish bo’lgan. Dushman qo’shini o’rnashgan yer aniqlanishi bilan ular
tezkorlikdagi ustunliklari tufayli sinash, razvedka maqsadida jang qilib
ko’rganlar. “Shuni bilish zarurki, ular doimo dushmanlarini ko’rgan
zahoti hujumga tashlanishadi, ularning har biri raqibi tomon uch-to’rt
kamon o’qi otadi; bordiyu g’alaba qilishga ko’zlari yetmasa, yana o’z
qo’shinlari tomon chekinadilar; bu chekinish yolg’ondakam bo’lib,
raqiblarni pistirma turgan yergacha ergashtirib kelish va shu yerda
ularni o’rab olib, yanchib tashlashga mo’ljallagan”.
1
Kamondan
o’qqa
tutishning
yuqori
samaradorligiga
kamonchilarning yaxshi ta’lim ko’rganliklari, o’qlarning katta
tezlikdagi parvozi va beto’xtov o’q yog’dirilishi bilan erishilgan. O’qqa
tutish paydar-pay bo’lmasdan, birvarakayiga juda qisqa vaqt oralig’ida
otilganki, to’qnashuv paytida ularning o’qlari o’chmaydi, balki sharros
quyulgan yomg’irdek yog’ilgan.
Mana shunday beto’xtov o’q yomg’iri oqibatida raqib tomon
ko’plab talafot ko’rgan. Mo’g’ullar o’zlari iloji boricha kamroq talafot
ko’rishlari uchun jang taqdirini jangning boshlang’ich pallasidayoq bir
yoqlik qilishga intilganlar.
Y.H. Rerixning yozishiga qaraganda, suvoriyning orasi ochiq
bo’lgan saflari ketma-ket hujum qilib, raqibni kamon o’qlari va o’tsiz
qurol bilan unga shikast yetkazib, iloji boricha raqib qanotlarini
kengroq qurshab olishga harakat qilishgan. Otliqlar jangi zirhli yoki
taran tipidagi zarbdor og’ir otliq qo’shinni qilich va nayzalar bilan
jangning birinchi bosqichida dushmanning jangovar saflarida
aniqlangan zaif yeriga hujumga tashlanishi bilan yakunlangan. Bu
birinchi bosqichda mo’g’ul suvoriylari safi doimiy harakatda bo’lgan,
1
Ҳaсанов.Ф. Турон халқлари ҳарбий санъати. -T.: “Давлат илмий нашриёти”, 2018. -
Б.328.
104
muttasil dushmanga hamla qilib uning safi yonidan ot choptirib o’tib,
ya’ni dastlabki holatga qaytganlar. Bu dushman sarosimaga tushguncha
davom etgan. Bunday taktikalar qo’shinni yaxshi boshqarishni, yaxshi
ta’lim berish va intizomni talab qilgan.
Mo’g’ullarning og’ir qurollangan otliq qo’shinini yaqin
masofadan olib borgan jangi zamondoshlari va keyingi davr
tadqiqotchilari nazaridan chetda qolgan. Ehtimol, bu holat
mo’g’ullarning zirhli otliq qo’shini jang taqdirini amalda hal
bo’lgandan keyin jangga kirganligi oqibati bo’lsa kerak. Og’ir
qurollangan otliq qo’shin sarosimaga tushgan, safi buzilgan raqibga
hujum
qilgan.
Ularning
asosiy
vazifasi
tashkiliy
qarshilik
ko’rsatishning qoldiqlarini tugatish, dushmanni qochishga majbur
qilish edi. Qochgan dushmanni ta’qib etib uni batamom tor-mor
qilishdagi bosh rolni harakatchan yengil otliq qo’shin o’ynagan.
Mo’g’ul qo’shinlari xitoyliklarning otish texnikasini o’zlashtirib,
aftidan ko’chmanchilar olamida birinchilardan bo’lib uni jang
maydonida qo’llaganlar. Mo’g’ullarning otish qurollarini janglarda
qo’llaganliklari haqida misollar bor. Chunonchi, 1241-yili Vengriyada
Botu Sayo daryosidagi ko’prikni manjaniqlar vositasida egallagan.
Dostları ilə paylaş: |