“Turnbull hisoboti” Birlashtirilgan kodeks
Ichki Nazorat: "Turnbull hisoboti" Birlashtirilgan Kodeks bo‘yicha
Direktorlar uchun qo‘llanma, hisobotni yozgan Qo‘mita raisi Nayjel Turnbull
nomiga shunday deb nomlangan. Bu hisobot Birlashtirilgan Kodeksdagi ichki
nazorat talablari haqida Londondagi qimmatli qog‘ozlar birjasi ro‘yxatga olingan
kompaniyalarga qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi. Hisobotda aytilishicha, Boshqaruv
kengashi ichki nazorat bo‘yicha tegishli siyosatni belgilashi va ichki nazorat
tizimining risklarni boshqarish uchun kengash tomonidan ma’qullangan holda
samarali faoliyat yuritishni muntazam kafolatlashi kerak.
2002-yilgi Sarbanes-Oxley Qonuni
Enron kompaniyasining inqirozga yuz tutishi bilan boshlangan va
Worldcom, XEROX va TYCO kabi yirik kompaniyalarga qadar tarqalgan
buxgalterlik janjallari AQSHda ommaviy norozilikni keltirib chiqardi, natijada
2002 yil iyul oyida AQSH prezidenti Qonunni imzoladi. Sarbanes-Oxley Qonuni
1934 yilgi "Qimmatli qog‘ozlar va birja amaliyoti to‘g‘risida" gi qonunni qabul
qilgan paytdan e’tiboran AQSH tomonidan qabul qilingan birinchi buxgalteriya
qonuni hisoblanadi.
Nazorat uchun savollar:
32
1.
Auditning paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida nima bilasiz?
2.
Foydani maksimallashtirish va ikkiyoqlama yozuv to’g’risida nima bilasiz?
3.
Auditor, korporatsiya va moliyaviy ma’lumot qanday tariflaysiz?
4.
Audit oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?
5.
Auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari to’g’risida nima bilasiz?
6.
Audit va buxgalteriya hisobi o’rtasida qanday farqlar mavjud?
7.
Audit va taftish, ularning qanday o’xshashlik va farqli tomonlari mavjud?
8.
Auditorlik xizmatlariga talab va takliflar haqidagi nazariyalar to’g’risida nima
bilasiz?
33
2-BOB. AUDITORLIK FAOLIYATINING HUQUQIY ASOSLARI
2.1. “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun va boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar sharhi
Buxgalter-auditor Buyuk Britaniyada 19-asrning o’rtalarida vujudga kelgan.
1862 yilda Angliyada “Majburiy audit to’g’risida”gi Qonun qabul qilingan,
Frantsiyada 1867 yilda, AQShda 1937 yilda buyuk depressiyadan so’ng ushbu
turdagi qonunlar qabul qilingan.
XX asrning birinchi yillarida moliyaviy hisobotlardan foydalangan
korxonalar balansni kompaniyaning ishonchliligini belgilab beruvchi asosiy
ko’rsatkich sifatida bilar edilar. Shu sababli, auditorlar o’z ishlarida ko’p hollarda
asosiy e’tiborni balansga qaratar edilar. AQShda savdo bo’yicha Federal komissiya
iltimosiga ko’ra Amerika buxgalter-ekspertlar instituti (bu institut bugungi kunda
Amerika diplomga ega buxgalterlar instituti – AICPA deb yuritiladi) tomonidan
tayyorlangan audit to’g’risidagi birinchi rasmiy qaror 1917 yilda chop etilgan
bo’lib, “balans auditi”ga bag’ishlandi. Ushbu qarorning qayta ko’rib chiqilgan
nashri 1929 yilda e’lon qilinib, “Moliyaviy hisobotlarni tekshirish” nomini oldi.
Garchi, ushbu hujjatda asosiy e’tibor hali ham balans auditiga qaratilgan bo’lsa-da,
unda foyda va zararlar hisoboti to’g’risida batafsil fikr yuritilgan edi. Bu esa,
xo’jalik operatsiyalari natijalariga qiziqish ortayotganligidan dalolat berar edi.
1929 yildagi nashrda bitimlar tuzish amaliyoti, shuningdek, ichki nazoratning
muhimligi to’g’risida so’z boradi.
1936 yilda “Mustaqil auditorlar tomonidan moliyaviy hisobotlarni
tekshirish” deb nomlangan risola chop etildi. Bu risolaning mazmuniga so’nggi
yillarda yuz bergan ko’plab voqealar o’z ta’sirini ko’rsatdi. Bu voqealar orasida
eng ahamiyatlisi bitimlar tuzish standartlarini takomillashtirishga yo’naltirilgan
AICPAning Nyu-York fond birjasi bilan hamkorlik munosabatlarining yo’lga
qo’yilishi, shuningdek, 1933 yilda qabul qilingan “Qimmatli qog’ozlar
to’g’risida”gi va 1934 yilda qabul qilingan “Birjalar to’g’risida”gi Qonunlarning
34
kuchga kiritilishi bo’ldi. Bu qonunlar ro’yxatdan o’tgan kompaniyalarga moliyaviy
hisobotning tegishli shakllarini tuzishlarini talab qilar edi.
Auditni standartlashtirishning zamonaviy shakli 1939 yildan boshlanadi.
Mazkur yilda AICPA auditorlik tekshirishlari bo’yicha Qo’mita ta’sis etdi va
auditorlik jarayonlari to’g’risida Qoidalarni (SAF) chop etdi. 1972 yilga qadar 54
qoida e’lon qilindi. Qo’mita esa bu davrda yangi nomga ega bo’ldi: Auditorlik
standartlari bo’yicha Ijroiya Qo’mitasi (keyinchalik bu qo’mita auditorlik
standartlari bo’yicha Kengash deb yuritila boshlandi). Bu Qo’mita barcha
Qoidalarni kodlashtirdi va ularni auditorlik jarayonlari bo’yicha qoida (SAF)
№1ga birlashtirdi. Bu Qoida hozirgi kunda ham amal qilmoqda. XX asrning 70 va
80-yillari jamoatchilikning auditorlar ishlari va majburiyatlari doirasiga
qiziqishining oshishi bilan tavsiflanadi.
Germaniyada auditorlik faoliyati 1961 yil 27 iyulda qabul qilingan
“Auditorlarning professional Nizomi to’g’risida”gi Qonunga muvofiq amalga
oshiriladi. Ushbu Qonunga muvofiq, auditor deganda, ushbu kasbni ochiq tarzda
ijro etadigan va o’zining shaxsiy hamda kasbiy layoqatliligini tegishli imtihonni
topshirish yo’li bilan tasdiqlagan shaxs tushuniladi.
Auditorning kasbiy faoliyati mazmuni iqtisodiy sohada auditorlik
tekshirishlarini amalga oshirishda, soliq masalalari bo’yicha maslahat xizmatlarini
ko’rsatishda, ishlab chiqarishni boshqarish sohasida ekspert sifatida ishlashida o’z
aksini topadi.
“Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonunga muvofiq, majburiy tekshirilishi
lozim bo’lgan kompaniyalarning yillik buxgalteriya hisobotini tekshirish bilan
keng tarqalgan. Bundan tashqari, majburiy tekshirish lozim bo’lmagan korxonalar
ham o’zlarining tashabbuslari bilan yoki uchinchi shaxslarga (masalan,
kreditorlarga) hisobot taqdim etish zaruriyati paydo bo’lganda, auditorlarni
o’zlarining yillik balanslarini tekshirish uchun jalb etishlari mumkin. Korxonaning
hisoboti va ish yozuvlari bilan tanishish yordamida, shuningdek, tekshirishning
maxsus uslublarini qo’llash natijasida, auditor, moliyaviy hisobot ham shakl nuqtai
35
nazaridan, ham mazmunan qonun talablariga to’liq mos kelishiga va tasdiqlanishi
mumkinligiga ishonch hosil qilishi lozim.
1867 yilda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonun Frantsiyada ham qabul
qilindi. Mazkur qonunda “Hisoblar bo’yicha komissarlar” nomli maxsus
taftishchilar tomonidan aktsiyadorlik jamiyatlari balanslari majburiy tekshirilishi
va ularga baho berilishi lozimligi ko’rsatilgan. Mulkdor-kapitalistlar tobora
kamroq bevosita ishlab chiqarish va moliyaviy ishlar bilan shug’ullana boshladilar.
Ular bu ishlarni yollangan xizmatchilarga topshirar edilar yoki qandaydir
jamiyatning aktsiyalari yoki obligatsiyalariga egalik qilganliklaridan oladigan
daromadlari evaziga yashovchi mulkdorlarga aylanib bordilar. Qimmatli qog’oz
egalari uchun aktsiyadorlik jamiyatlarida hisob va hisobotni taftish qiluvchi
buxgalter-auditorlar korxonaning moliyaviy barqarorligi va uning faoliyatidan
olinadigan daromadlar to’g’risida ishonchli ma’lumotlarning kafolati bo’lib
hisoblanar edilar.
1982 yilda Xalq vakillarining Umumxitoy yig’ilishi (XVUY)da Xitoyning
yangi Konstitutsiyasi e’lon qilindi. Bu konstitutsiya hukumatdan auditorlik
ma’muriyatini tashkil etishni talab qilar edi. 1983 yilning sentyabr oyida 3000dan
ko’proq auditorlik tashkilotlari ro’yxatga olindi, ularda 30 mingdan ortiq shtatli
a’zolar ishlar edi. Shunday qilib, konstitutsiya auditorlik ma’muriyatining
mustaqilligini kafolatlaydi. Auditorlik ma’muriyati o’z funktsiyalarini
muvaffaqiyatli bajarishini ta’minlash uchun Konstitutsiyaning 91-moddasida
shunday yozilgan: “Davlat kengashi boshlig’ining ko’rsatmasiga ko’ra auditorlik
tashkiloti qonunga muvofiq audit o’tkazish yo’li bilan maslahat berish huquqini
mustaqil amalga oshiradi. Hech qanday ma’muriy organlar yoki jamoat
tashkilotlari va shaxslar tomonidan ularning faoliyatiga aralashishga yo’l
qo’yilmaydi”.
Xitoy iqtisodiyotining sog’lomlashuvi va bozorlarining barqarorlashuvida
auditorlik xizmatlari katta rol o’ynadi. Faqat 1989 yilda tekshirishlar natijasida
auditorlar tomonidan 24 mlrd yuan, yoki yalpi milliy daromadning 2 foizi
36
miqdorida “muammoli pullar” aniqlandi. Bu pullar keraksiz ob’ektlarni qurishni
moliyalashtirish, ishlanmagan mukofotlarni to’lash, ulkan “vakillik” xarajatlariga
sarflanishi ko’zda tutilgan edi. 1990-1992 yillarda Xitoy auditorlik tizimining
rivojlanishida katta taraqiyot yuz berdi. Xitoy iqtisodiyotining bozor
munosabatlariga o’tish ko’lamining kengayishi bilan biznes sektorini ko’proq
kuzatish va moliyaviy nazorat qilish talab etiladi. Jahon iqtisodiyoti, biznes va
savdoda kuzatilayotgan baynalminallashuv tendentsiyalari munosabati bilan
xalqaro buxgalteriya hisobi va hisobotining ahamiyati va hajmi oshib bormoqda,
buxgalterlarning xalqaro kasbiy tashkilotlari tuzila boshlandi, o’z vakolatlari
doirasida hisob va auditorlik standartlarini muvofiqlashtirish jarayoniga jalb
etilgan xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar ana shular jumlasidandir.
Xitoyda “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonun 1994 yil 31 avgustda
qabul qilingan bo’lib, u 55ta moddadan iborat.
Auditorlik faoliyatining maqsad va vazifalari tavsifidan kelib chiqib,
auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonundan va boshqa ilmiy manbalar asosida ularni
turlicha guruhlashtirish mumkin. Yuqorida keltirilgan manbalar va chet el tajribasi
asosida auditorlik faoliyatini, fikrimizcha, quyidagi pog’onalarga bo’lish mumkin.
Dostları ilə paylaş: |