A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə34/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

11-rasm12-rasm

  1. Yoqut prizma sindirish ko‘rsatkichi n1 bo‘lgan qandaydir muhitda turibdi. Tabiiy yorug‘lik dastasi prizmaga 12-rasmda ko‘rsatilgandek tushadi. Agar qaytgan dasta maksimal qutblangan bo‘lsa, muhitning sindirish ko‘rsatkichi n1 aniqlansin.

  2. Tabiiy yorug‘likning parallel dastasi yumaloq suv tomchisiga tushmoqda. A nuqtadagi tushayotgan va qaytayotgan dastalar orasidagi burchak aniqlansin (13-rasm).

  3. Tabiiy yorug‘lik dastasi shisha (n=1,54) sharga tushadi. A nuqtadagi singan va tushayotgan dastalar orasidagi burchak topilsin (14-rasm).


13-rasm 14-rasm

  1. Analizator qutblagichdan kelayotga yorug‘lik intensivligini ikki marta kamaytiradi. Qutblagich va analizatorlarning o‘tkazish tekisliklari prasidagi burchak aniqlansin. Analizatorda yorug‘lik intensivligining yo‘qotilishi hisobga olinmasin.

  2. Qutblagich va analizatorlarning o‘tkazish tekisliklari orasidagi burchak 450. Agar burchak 600 gacha orttirilsa, analizatordan chiqayotgan yorug‘lik intensivligi necha marta kamayadi?

  3. Agar har bir nikolda unga tushayotgan yorug‘lik intensivligi 10 % yo‘qotilsa, o‘tkazish tekisliklari 300 burchak hosil qiladigan ikkita nikol orqali o‘tayotgan yorug‘likning intensivligi necha marta kamayadi?

  4. Fotometrda bir paytning o‘zida ko‘rish maydonining ikki bo‘lagiga qaralmoqda: birida 5 kcd/m2 ravshanlikli etalon nurlanuvchi sirt, boshqasida yorug‘ligi ikkita nikol orqali o‘tuvchi sinalayotgan sirt ko‘rinmoqda. Agar ikkinchi nikol 450 ga burilsa, ko‘rish maydonining har ikki yarimlari orasidagi chegara yo‘qoladi. Agar nikollarning har birida tushayotgan yorug‘lik intensivligining 8 % kamayishi ma’lum bo‘lsa, sinalayotgan sirtning ravshanligi aniqlansin.

  5. Sindirish ko‘rsatkichi 1,57 bo‘lgan shishadan qaytgan yorug‘lik to‘la qutblanish burchagi nimaga teng?

  6. Yorug‘lik nuri shisha (n=1,5) idishga quyilgan suyuqlikdan o‘tib, uning tubidan qaytadi. Qaytgan nur idish tubiga 42037' burchak bilan tushayotganida batamom qutblanadi. 1) Suyuqlikning sindirish ko‘rsatkichini toping. 2) To‘la ichki qaytish sodir bo‘lishi uchun mazkur suyuqlikdan o‘tuvchi yorug‘lik nuri idish tubiga qanday burchak bilan tushishi kerak?

  7. Polyarizator va analizator orqali o‘tgan tabiiy yorug‘likning intensivligi to‘rt marta kamayishi uchun polyarizator va analizatorning bosh tekisliklari orasidagi burchak nimaga teng bo‘lishi kerak? Yorug‘lik yutilishi hisobga olinmasin.

  8. Tabiiy yorug‘lik polyarizator va analizator orqali o‘tadi. Polyarizator bilan analizator shunday qo‘yilganki, ularning bosh tekisliklari orasidagi burchak α ga teng. Polyarizator shuningdek analizator ham o‘zlariga tushayotgan yorug‘lik intensivligining 8 foizini yutadi va qaytaradi. Ma’lum bo‘lishicha, analizatordan chiqqan nur polyarizatorga tushgan tabiiy yorug‘likning 9 foiz intensivligiga teng ekan. α burchak topilsin.

  9. Tabiiy yorug‘lik yassi-parallel shisha plastinkaga tushadi. Tushish burchagi to‘la qutblanish burchagiga teng. Qaytgan yorug‘lik intensivligi tushayotgan tabiiy yorug‘lik intensivligining qancha qismini tashkil qiladi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,52.

  10. Tabiiy yorug‘lik suv bilan to‘ldirilgan shisha idishning tubidan qaytmoqda. Qaytgan nur maksimal qutblangan bo‘lishi uchun tushish burchagi qanday bo‘lishi kerak? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,52, suvniki esa 1,33.

  11. Eritma sirtiga tushgan yorug‘lik qisman qaytadi va qisman sinadi. Sinish burchagi 350 bo‘lganda qaytgan nur to‘la qutblangan bo‘lsa, eritmaning sindirish ko‘rsatkichini aniqlang.

  12. Agar sindirish ko‘rsatkichi 1,5 ga teng bo‘lgan shisha sirtiga tabiiy yorug‘lik Bryuster burchagi ostida tushayotgan bo‘lsa, shishaning qaytarish koeffitsientini aniqlang.




  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin