Yorug‘likning yutilishi. Buger-Beer qonuni. Suvning sindirish ko‘rsatkichi λ1=441 nm to‘lqin uzunlikda n1=1,341, λ2=441 m uchun n2=1,334. Suvda spektrining ko‘k sohasi (λ1 va λ2 lar o‘rtasida) uchun uchun tarqalayotgan yorug‘likning fazaviy va to‘daviy tezliklarining o‘rtacha qiymatlarini toping.
Shaffof plastinka unga tushayotgan yorug‘likning yarmini o‘tkazadi. Agar plastinkaning qalinligi 4,2 sm bo‘lsa, yutish koeffitsientini toping. Yorug‘likning sochilishini hisobga olmang. Tushayotgan yorug‘lik oqimining 10% i plastinka sirtidan qaytadi, deb hisoblang.
Issiqxona oynasining qalinligi 2 mm. Spektrning infraqizil nurlar sohasi uchun yutish koeffitsienti 0,62 sm-1. Energiyaning qancha qismi o‘simliklarga yetib boradi?
Qalinligi 3,8 cm bo‘lgan plastinka unga tushayotgan yorug‘lik oqimining 0,84 qismini o‘tkazadi. Aynan shunday moddadan tayyorlanga, qalinligi 9 mm bo‘lgan plastinka esa o‘sha yorug‘lik oqimining 0,7 qismini o‘tkazadi. Shu moddaning yutish koeffitsientini toping. Yorug‘lik sirtga normal tushadi.
To‘lqin uzunligi 0,77 mkm bo‘lgan yorug‘lik uchun suvning yutish koeffitsienti 0,0024 cm-1. Qanday chuqurlikda monoxromatik nurlar dastasi 2,7 marta susayadi? Agar suvli filtrdan o‘tgan yorug‘lik ravshanligini kamaytirmay, suv qalami qalinligi 1 sm dan 5 sm gacha o‘zgartirish zarur bo‘lsa, tushayotgan yorug‘lik ravshanligini qancha orttirish kerak?
Plastinkadan o‘tgan to‘lqin uzunligi λ1 bo‘lgan yorug‘lik yutilish tufayli N1 marta, to‘lqin uzunligi λ2 bo‘lgan yorug‘lik esa N2 marta susayadi. Agar to‘lqin uzunligi λ1 bo‘lgan yorug‘lik uchun yutilish koeffitsienti k1 bo‘lsa, to‘lqin uzunligi λ2 bo‘lgan yorug‘lik uchun yutilish koeffitsientini toping.
Moddaning shaffof erituvchidagi 4 % li eritmasida 20 mm chuqurlikda yorug‘likning intensivligi 2 marta susayadi. Shu moddaning 8 % li eritmasida 30 mm chuqurlikda yorug‘likning intensivligi necha marta susayadi?
Agar fotometrik maydonlarning bir xil yorituvchanligi 3 % li etalon eritmaning 8 mm qalinligida, tekshirilayotgan eritmaning esa 24 qalinligida olingan bo‘lsa, tekshirilayotgan eritmaning konsentratsiyasini toping.
Eritmaning o‘tkazish koeffitsienti 0,3 bo‘lsa, uning optik zichligini toping.
Monoxromatik yorug‘lik qalinligi 15 cm bo;lgan modda qatlamidan o‘tganda uning intensivligi 4 marta kamaydi. Agar yutilish koeffitsienti 0,025 cm-1 bo‘lsa, sochilish koeffitsientini toping.
Ko‘k yorug‘lik (λ1=410 nm) ning molekulyar sochilish intensivligi qizil yorug‘lik (λ2=650 nm) ning sochilish intensivligidan necha marta katta?
b u yerda I – yorug‘lik intensivligi, c– yorug‘lik tezligi, ρ – yorug‘likni qaytarish koeffitsienti.
Tashqi fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi:
yoki
bu yerda :
A – elektronning chiqish ishi,
me – elektronning massasi,
ϑ – fotoelektronlar tezligi.
Fotoeffekt uchun qizil chegara:
,
Elektronlar tormozlanishi tufayli hosil bo‘ladigan rentgen nurlarining minimal to‘lqin uzunligi va maksimal chastotasi:
,
bu yerda U – rentgen trubkasi elektrodlariga qo‘yilgan potensiallar farqi, e – elementar zaryad.
Kompton effekti:
bu yerda - Kompton to‘lqin uzunligi,θ– sochilish burchagi.
Issiqlik nurlanish qonunlari
Stefan-Bolsman qonuni:
bu yerda Me – absolyut qora jismning energetik yorituvchanligi, T – temperatura, σ=6,67∙10-8 W/(m2∙K2) – Stefan-Bolsman doimiysi.
Kulrang jismning energetik yorituvchanligi:
Vinning siljish qonuni:
bu yerda b – Vin doimiysi.
Plank fomulasi:
,
Absolyut qora jismning maksimal nurlanish qobiliyati: