A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami


Yorug‘likning qutblanish darajasini aniqlash



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə35/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

Yorug‘likning qutblanish darajasini aniqlash

  1. Qisman qutblangan yorug‘likda yorug‘likning maksimal intensivligiga mos keluvchi yorug‘lik vektorining amplitudasi minimal intensivlikka mos keluvchi amplitudadan 2 marta katta. Yorug‘lik qutblanish darajasi aniqlansin.

  2. Qisman qutblangan yorug‘likning qutblanish darajasi 0,5 ga teng. Analizator orqali o‘tkazilayotgan yorug‘likning minimal intensivlikdan necha marta farq qiladi?

  3. Qutblanish darajasi 0,6 bo‘lgan, qisman qutblangan yorug‘likning yo‘liga analizatorni undan o‘tadigan yorug‘lik intensivligi maksimal bo‘ladigan qilib qo‘yildi. Agar analizatorning o‘tkazish tekisligi 300 burchakka burilsa, yorug‘likning intensivligi necha marta kamayadi?

  4. Nikolga qisman qutblangan yorug‘lik dastasi tushmoqda. Nikolning muayyan holatida undan o‘tadigan yorug‘lik intensivligi minimal bo‘ldi. Nikolning o‘tkazish tekisligini 450 burchakka burilganda yorug‘lik intensivligi 1,5 marta ortdi. Yorug‘likning qutblanish darajasi aniqlansin.

  5. Optik o‘qiga tik ravishda kesilgan kvars kristalining 2 mm qalinlikdagi plastinkasini parallel nikollar orasiga joylashtirildi. Natijada yorug‘likning qutblanish tekisligi 530 burchakka burildi. Berilgan monoxromatik yorug‘lik analizator orqali o‘tmasligi uchun plastinkaning qalinligi qanday bo‘lishi kerak?

  6. Uzunligi 8 cm bo‘lgan shisha naychadagi nikotin (toza suyuqlik) natriy sariq yorug‘ligining qutblanish tekisligini 1370 burchakka buradi. Nikotinning zichligi 1,01∙103 kg/m3. Nikotinning solishtirma burishi aniqlansin.

  7. Massaviy konsentratsiyasi 280 kg/m3 bo‘lgan shisha naychada saqlanayaotgan glyukoza eritmasi shu eritma orqali o‘tayotgan monoxromatik yorug‘likning qutblanish tekisligini 320 burchakka buradi. Agar xuddi shunday uzunlikdagi naychadagi glyukoza eritmasi qutblanish tekisligini 240 burchakka bursa, undagi glyukozaning massaviy konsentratsiyasi aniqlansin.

  8. Qand eritmasi solingan naychadan o‘tganda natriy sariq yorug‘ligi qutblanish tekisligining burilish burchagi 400. Naychaning uzunligi 15 cm. Qandning solishtirma burishi 1,17∙103 kg∙m3/(m∙kg). Eritmaning zichligi aniqlansin.

  9. Shishaga ( ) to‘la qutblanish burchagi bilan tushuvchi tabiiy yorug‘likning qaytish koeffitsienti aniqlansin. Shisha ichiga o‘tgan nurlarning qutblanish darajasi topilsin. Shishada yorug‘likning yutilishi hisobga olinmasin.

  10. To‘la qutblanish burchagi bilan tushayotgan tabiiy yorug‘lik nuri yassi-parallel shisha plastinkadan o‘tadi. Shishaning sindirish ko‘rsatkichi . Plastinkadan o‘tgan nurlarning qutblanish darajasi topilsin.

  11. Tabiiy yorug‘lik shishaga ( ) burchak bilan tushayotgandagi qaytish koeffitsienti va qaytgan nurlarning qutblanish darajasi aniqlansin.

  12. Tabiiy yorug‘lik shishaga ( ) burchak bilan tushayotgandagi singan nurlarning qutblanish darajasi aniqlansin.

  13. Tabiiy yorug‘lik yo‘liga ikkita bir xil qutblovchi qutblovchi moslamalar ketma-ket o‘rnatildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu sistema qutblanish tekisliklari parallel bo‘lganda bu tekisliklar ayqash bo‘lganidagiga qaraganda 10 marta ko‘proq yorug‘lik o‘tkazar ekan. Qutblanish tekisliklari parallel bo‘lganda alohida olingan har bir moslama va butun sistema hosil qiladigan qutblanish darajalarini toping.

  14. Analizator o‘ziga tushayotgan qutblangan yorug‘lik intensivligini 2 marta susaytiradi. Polyarizator va analizatorlar bosh tekisliklari orasidagi burchak qanday? Yorug‘likning qaytishidagi isrofi hisobga olinmasin.

  15. Tabiiy yorug‘lik nuri ketma-ket ravishda bosh tekisliklari orasidagi burchak 600 bo‘lgan qutblagich va analizatordan o‘tadi. Analizatordan boshlang‘ich yorug‘lik oqimining qancha qismi chiqadi?

  16. Qutblagich va analizator bosh tekisliklari orasidagi burchak 450. Bu burchakni 600 gacha orttirilganda analizatordan chiqayotgan yorug‘lik intensivligi necha marta kamayadi?

  17. Bosh tekisliklari orasidagi burchak 630 bo‘lib, har birida tushayotgan yorug‘likning 10 % i yo‘qoladigan ikki Nikol prizmasi orqali o‘tayotgan tabiiy yorug‘lik necha marta susayadi?

  18. Qisman qutblangan yorug‘lik Nikol prizmasi orqali kuzatiladi. Nikol prizmasi undan chiqayotgan yorug‘lik intensivligi maksimal bo‘ladigan holga nisbatan 450 ga burilganda yorug‘lik intensivligi 1,5 marta kamayadi. Tushayotgan yorug‘likdagi tabiiy va qutblangan qismlarning intensivliklari nisbatini toping.

  19. Yassi qutblangan nur yo‘liga kristallning optiko‘qiga parallel qilib kesilgan kvars plastinkasi o‘rnatildi. Oddiy va g‘ayrioddiy nurlar orasidagi yo‘llar farqi sariq yorug‘lik (λ=589 nm) ning 1/4 to‘lqin uzunligiga teng bo‘lishi uchun plastinkaning qalinligi qanday bo‘lishi kerak? Berilgan to‘lqin uzunlikdagi g‘ayrioddiy nur uchun maksimal sindirish ko‘rsatkichi 1,553, oddiy nur uchun esa 1,543.

  20. Chorak to‘lqin uzunlikli yassi-parallel plastinka kvarsdan kesib olingan bo‘lib, 16 mkm qalinlikka ega. Plastinkaga to‘lqin uzunligi 589 nm bo‘lgan monoxromatik nur tushadi. Agar oddiy nur uchun sindirish ko‘rsatkichi 1,544 bo‘lsa, g‘ayrioddiy nur uchun sindirish ko‘rsatkichini toping.

  21. Kvarsning to‘lqin uzunligi 0,4829 mkm yorug‘lik uchun sindirish ko‘rsatkichi ni=1,553 va n0=1,542. Kvarsdan uning optiko‘qi bo‘ylab kesib tayyorlangan chorak to‘lqinli plastinkaning qalinligi qancha bo‘lishi kerak?

  22. To‘lqin uzunligi 490 nm bo‘lgan yorug‘lik uchun qutblanish tekisligining burilish burchagi 1500 bo‘lgan kvars plastinkasining qalinligini toping. Berilgan to‘lqin uzunligi uchun kvarsning burish doimiysi 26,30/mm.

  23. Ikkita o‘zaro parallel Nikol prizmalarining orasiga 1 mm qalinlikdagi optik o‘qiga parallel qilib kesib olingan kvars plastinkasi joylashtirildi. Bunda analizatorning qutblanish tekisligi 200 ga burilgan. Yorug‘lik analizator orqali o‘tmasligi uchun plastinkaning qalinligi eng kamida qanday bo‘lishi kerak?

  24. Qand eritmasi uzunligi 18 cm bo‘lgan trubkaga quyilib, qutblagichlar orasiga joylashtirilgan. Qand eritmasi natriy alangasidagi sariq nurlar tebranish tekisligini 300 ga buradi. Agar qandning sariq nurlar uchun solishtirma burishi 66,7∙10-20/(m2∙kg) bo‘lsa, 1 m3 hajmli eritmadagi massasini toping.

  25. Shisha trubkaga quyilgan qand eritmasining konsentratsiyasi 0,3 g/cm3. Xuddi shunday trubkaga quyilgan, qutblanish tekisligini 200 ga buradigan eritmaning konsentratsiyasini toping.

  26. Ployarimetrning ayqashtirilgan Nikol prizmalari orasiga qand eritmasi quyilgan trubka joylashtirildi. Bunda ko‘rish maydoni maksimal yorishdi. Agar qandning konsentratsiyasi 270 kg/m3; konsentratsiyasi 100 kg/m3 bo‘lgandagi solishtirma burilish 66,50/dm bo‘lsa, trubkaning uzunligini toping.




  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin