Yorug`lik kuchi I=25 cd bo`lgan lampa liftning shiftiga mahkamlangan. Polga va liftning devorlariga tushayotgan yorug`lik oqimini aniqlang.
Xira shishadan yasalgan stol lampasi 20 cm diametrli shar shakliga ega. Manbaning yorug‘lik kuchi 6 cd. To‘la yorug‘lik oqimini aniqlang.
Katta o‘lchamli tekis shu’lalanuvchi tekslikdan 2F masofada fokus masofasi Fva diametri D bo‘lgan yig‘uchi linza turibdi. Agar shu’lalanuvchi tekislik 1,0 m2 sirtidan 1,0 s da birlik fazoviy burchakda Фenergiya nurlasa,linzadan 2F masofada turgan ekranning markazidagi yoritilganlik qanchaga teng? Linza yonidan o‘tib, ekranga tushayotgan yorug‘likni hisobga olmang. D<<2Fdeb hisoblang.
Diametri 10cm va fokus masofasi 40 cmbo‘lgan ikki yoqlama qavariq linza yordami bilan Quyoshning tasvir ekraniga tushiriladi. 1) Agar Quyoshning burchak diametri 32´ bo‘lsa, uning tasviri qanday katalikda olinadi? 2) Quyosh tasviri xosil qiladigan yortilish bevosita Quyoshning o‘zi beradigan yoritilishdan necha barobar ko‘p bo‘ladi?
200 shamli elektr lampochkasning yorug‘ligi ish joyiga 450burchak bilan tushib, 141 lx yoritadi. 1) Lampochka ish joyidan qancha masofada turganligi va 2) Lampochka ish joyidan qancha baladlikda oslib turganlig topilsin.
21-mart baxorgi teng kunligida Quyosh Shimoliy Yer sharida tushda gorizontga nisbatan 20˚ burchak bilan turadi. Vertikal qo‘yilgan maydonchaning yoritilganligi gorizontal maydonchaning yortilganligidan necha marta katta bo‘ladi?
Bahorgi va kuzgi teng kunligda tushda Quyosh ekvatorda zenitda turadi. Bu vaqt ekvatorda Yer sirtining yoritilganligi Samarqanddagi Yer sirtning yoritilganligidan necha marta ko‘p bo‘ladi? Samarqandning geografik kenligi 400.
To‘la yorug‘lik oqimi 15,7 lm bo‘lgan nuqtaviy manbaning yorug‘lik kuchi aniqlansin.
100 W quvvat istemol qiladigan lampochka 4 cm masofada nurlar tik tushganda 8 lx yoritilganlik hosil qiladi. Lampochkaning solishtirma quvvati (W/cd) va yorug‘lik berishi (lm/W) hisoblansin.
Konus bo‘ylab 76 lm yorug‘lik oqimi jo‘natadigan nuqtaviy yorug‘lik manbai aylanma konusning uchida turibdi. Manbaning yorug‘lik kuchi 120 cd. Fazoviy burchak va konusning ochilish burchagi aniqlansin.
Agar slenli fotoelementdan 75 cm masofada to‘la yorug‘lik oqimi 1,2 klm bo‘lgan lampochka joylatirilgan bo‘lsa, fotoelementga ulangan galvanometr qanday tok kuchini ko‘rsatadi? Fotoelementning ishchi sirtining yuzasi 10 cm2, sezgirligi esa 0,3 mA/lm.