Yorqinlik va ravshanlik Xira shishadan yasalgan stol lampasi 20 cm diametrli shar shakliga ega. Manbaning yorug‘lik kuchi 60 cd. Lampaning yorqinligi aniqlang.
10 cm radiusli shar shakliga ega bo‘lgan lampa stoldan 0,5 m masofada turibdi. Lampaning yorqinligi 4 klx. Lampa tagidagi yoritilganlik qanday?
Teleskop obektivining diametri75 mm, ko‘z qorachag‘ining diametri esa 3 mm. Bu teleskop yulduzlarning ko‘rinma ravshanligini necha marta kattalashtiradi?
O‘lchami 5×3,6 m ga teng bo‘lgan kinoekranga 1,8∙10-3 lm yorug‘lik oqimi tushmoqda. Agar qaytarish koeffitsienti 0,8 ga teng bo‘lsa. Kinoekraning yoritilganligini va yorqinligini aniqlang.
Proeksion apparat fokus masofasi 20 cm ga teng bo‘lgan ob’ektivga ega. Linzadan 20,6 cm masofada turgan va o‘lchami 3×4 cm bo‘lgan diapozitiv 12 lm yorug‘lik oqimi o‘tkazadi. Agar qaytarish koyeffitsienti 0,75 ga teng bo‘lsa, diapozitivning ekrandagi tasvirning yoritilganligini va yorqinligini aniqlang.
Fonar qobig‘idagi tirqish o‘lchamlari 10×15 cm bo‘lgan yassi xira shisha bilan yopilgan. Fonarning normal bilan 60˚ burchak tashkil qiladigan yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 15 cd. Shishaning ravshanligi aniqlansin.
Diametrlari mos ravishda 2 mm va 20 cm bo‘lgan 3 nt ravshanlikli qizib cho‘g‘ bo‘lib turgan metall sharcha va 5 knt ravshanlikli sharsimon chiroqlarning yorug‘lik kuchlari hisoblansin va o‘zaro solishtirilsin.
Xira shishali chiroq diametri 20 cm bo‘lgan shar shakliga ega. Chiroqning yorug‘lik kuchi 80 cd. Chiroqning to‘la yorug‘lik oqimi, yorqinligi va ravshanligi aniqlansin.
Fotoobektivning linzasiga pashsha kelib qo‘ndi. Bu fotosuratning sifatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
Zenit yaqinidagi Quyosh gorizontal sirtga 0,1 Mlx yoritilganlik hosil qiladi. Quyoshning diametri 32˚ burchak ostida ko‘rinadi. Quyoshning ko‘zga ko‘rinadigan ravshanligi aniqlansin.
Oppoq cho‘g‘ bo‘lguncha qizdirilgan metall tolaning uzunligi 30 cm, diametri 0,2 mm. Tolaning unga tik yo‘nalishdagi yorug‘lik kuchi 24 cd. Tolaning ravshanligi aniqlansin.
Yorug‘lik tarqatuvchi kubning ravshanligi hamma yo‘nalishlarda bir xil va 5 kcd/m2 ga teng. Kubning qirrasi 20 cm. Qaysi yo‘nalishda kub yorug‘lik kuchi maksimal bo‘ladi. Kubning maksmial yorug‘lik kuchi aniqlansin.
Nur tarqatuvchi konus hamma yo‘nalishlarda bir xil 2 kcd/m2 ravshanlikka ega. Konusning asosi nur tarqatmaydi. Asosining diametri 20 cm va balandligi 15 cm. Quyidagi yo‘nalishlarda konusning yorug‘lik kuchi aniqlansin: 1) o‘qi bo‘ylab; 2) o‘qiga tik.
Gorizontal tekislik ustida 1 m balandlikda unga parallel ravishda uncha katta bo‘lmagan yorug‘lik tarqatuvchi disk joylashgan. Diskning uning o‘qi yo‘nalishidagi yorug‘lik kuchi 100 cd. Diskni yorug‘lik kuchi kosinusoidal qonun bo‘yicha taqsimlanuvchi nuqtaviy manba sifatida qabul qilib, gorizontal tekislikning disk markazining ostida joylashgan nuqtadan 3 m masofada joylashgan nuqtadagi yoritilganligi topilsin. Shu nuqtada yoritilganlik maksimal bo‘lishi uchun nur tarqatuvchi diskni gorizontal tekislikdan qanday balandlikka joylashtirish kerak?
Agar kinoapparat (kinolentasiz) ob’ektividan ekranga tushayotgan yorug‘lik oqimi 1,75 klm bo‘lsa, yorug‘likni hamma yo‘nalishlarda bir tekisda sochadigan kinoekrandagi yoritilganlik, yorqinlik va ravshanlik aniqlansin. Ekranning kattaligi 5×3,6 m, qaytarish koeffitsienti 0,75.
Agar jilosiz oq qog‘ozning qaytarish koeffitsienti 0,8 bo‘lsa, uning ravshanligi 1 kcd/m2 bo‘lishi uchun yorug‘ligining kuchi 10 cd bo‘lgan lampochkani qog‘oz varag‘i ustida qanday balandlikda osish kerak?
Qorakuya qurumi qatlami bilan qoplangan sirtning yoritilganligi 50 lx, ravshanligi hamma yo‘nalishlarda bir xil va 1 cd/m2 ga teng. Qurumning qaytarish koeffitsienti aniqlansin.