A jumaboyev, Z. Mamatov, O‘. A. Xolikulov, sh sh. Yormatov optikadan masalalar to‘plami


Yupqa plastinkalardagi interferensiya



Yüklə 1,31 Mb.
səhifə29/45
tarix16.12.2023
ölçüsü1,31 Mb.
#183409
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45
A jumaboyev, Z. Mam

Yupqa plastinkalardagi interferensiya

  1. Lloyd ko‘zgusining muayyan joylashishida ekrandagi interferensiya yo‘lining kengligi 1 mm bo‘ldi. Ko‘zguni o‘ziga parallel ravishda 0,3 mm masofaga siljitilganlaridan keyin interferension yo‘llarning kengligi o‘zgaradi. Interferension yo‘llarning kengligi oldingidek qolishi uchun ekranni qaysi yo‘nalishda va qancha masofaga siljitish kerak? Monoxramatik yorug‘likning to‘lqin uzunligi  .

  2. Qalinligi  va sindirish ko‘rsatkichi  bo‘lgan yassi parallel shisha plastinka sindirish ko‘rsatkichlari  bo‘lgan ikkita muhit orasiga joylashtirilgan (9-rasm). To‘lqin uzunligi  bo‘lgan yorug‘lik plastinkaga normal tushadi. Plastinkaning yuqori va quyi sirtlaridan qaytgan 1 va 2 to‘lqinlarning optik yo‘l farqi aniqlansin va quyidagi hollar uchun interferensiyada yorug‘lik intensivliklarining kuchayishi yoki susayishi ro‘y berishi ko‘rsatilsin: 1)  ; 2)  ; 3)  ; 4)  .


9-rasm

  1. Havoda turgan sovun pardasiga (n=1,3) oq yorug‘lik nurlarining dastasi normal tushadi. Pardoning qanday eng kichik d qalinligida to‘lqin uzunligi  bo‘lgan qaytgan yorug‘lik interferensiya natijasida maksimal kuchaygan bo‘ladi?

  2. Monoxramatik yorug‘lik to‘lqinlari dastasi  havoda turgan sovun pardasiga 300 burchak ostida tushadi. Pardoning qanday eng kichik qalinligida interferensiya natijasida qaytgan yorug‘lik to‘lqinlari: 1) maksimal kuchaygan; 2) maksimal susaygan bo‘ladi?

  3. Yupqa shisha ponaga (n=1,55) monoxramatik yorug‘lik normal tushadi. Pona sirtlari orasidagi ikki qirrali burchak  . Agar qaytgan yorug‘lik uchun qo‘shni interferension maksimumlari orasidagi masofa 0,3 mm bo‘lsa, yorug‘lik to‘lqinining uzunligi aniqlansin.

  4. Yupqa shisha ponaga uning sirtiga normal yo‘nalishda monoxramatik yorug‘lik  tushadi. Agar qaytgan yorug‘lik uchun qo‘shni interferension minimumlar orasidagi masofa 4 mm bo‘lsa, pona sirtlari orasidagi burchak aniqlansin.

  5. Ikkita yassi parallel shisha plastinka orasiga plastinkalarning tutash chizig‘iga parallel va undan 75 mm masofada juda ingichka simchani quydilar. Qaytgan yorug‘likda  balandligi plastinkada interferension yo‘llar ko‘rinadi. Agar 30 mm masofada 16 ta yorug‘ yo‘l sanalsa, simcha ko‘ndalang kesimining diametri aniqlansin.

  6. Ikkita yassi parallel plastinka  burchakli pona hosil qiladi. Plastinkalar orasidagi fazo glitserin bilan to‘ldirilgan. Ponaga uning sirtiga normal ravishda to‘lqin uzunligi  bo‘lgan monoxramatik yorug‘lik dastasi tushadi. Qaytgan yorug‘likda interferensiya manzarasi kuzatiladi. Ponaning 1 cm uzunligiga nechta qorong‘u interferension yo‘llar farqi to‘g‘ri keladi?

  7. Vertikal joylashgan sovun pardasi pona hosil qiladi. Interferensiya qaytgan yorug‘likda qizil shisha  orqali kuzatilmoqda. Bunda qo‘shni qizil yo‘llar orasidagi masofa 3 mm ga teng. So‘ngra shu parda ko‘k shisha  orqali kuzatiladi. Qo‘shni ko‘k yo‘llar o‘rtasidagi masofa topilsin. O‘lchash vaqtida pardoning qalinligi o‘zgarmaydi va yorug‘lik pardaga normal tushadi deb hisoblansin.

  8. Shisha ponaga yorug‘lik dastasi  normal tushadi. Pona burchagi 20''. Pona uzunlik birligiga nechta qora interferensiya yo‘llari to‘g‘ri keladi? Shishaning sindirish ko‘rsatkichi 1,5.

  9. Sovun pufagiga (n=1,33) 450 burchak bilan oq yorug‘lik tushmoqda. Pufak pardasi qanchalik yupqa bo‘lganida qaytgan nurlar sariq rangga  bo‘yaladi?

  10. Sindirish ko‘rsatkichi n=1,5 bo‘lgan yupqa parda to‘lqin uzunligi  bo‘lgan tarqoq yorug‘lik bilan yoritiladi. Pardaning minimal qalinligi qanday bo‘lganida interferension yo‘llar yo‘qoladi?

  11. Yassi shaffof shisha  sirti ustida 0,396 mkm qalinlikdagi yupqa shaffof parda  hosil qilingan. Pardaga 300 burchak ostida yorug‘lik tushurilsa, u qanday rangda ko‘rinadi?

  12. Sirtga o‘tkazilgan normalga nisbatan 600 burchak ostida kuzatilganda qaytgan yorug‘lik spektrida to‘lqin uzunligi  bo‘lgan ancha kuchaygan sariq chiziq ko‘rinsa, suv yuzasidagi moy qatlamining qanchaga teng bo‘ladi?

  13. To‘lqin uzunligi  bo‘lgan yorug‘lik uchun 10-tartibli interferension maksimumni kuzatish uchun sindirish ko‘rsatkichi n=1,6 bo‘lgan plastinkaning qalinligi qalinligi qanday oraliqda o‘zgarishi mumkin?

  14. To‘lqin uzunligi 450 nm bo‘lgan nur perpendikulyar tushganda qaytgan yorug‘likda yupqa ponasimon plastinkada bir-biridan 1,5 mm masofada bo‘lgan qorong‘u interferension yo‘llar kuzatiladi. Agar plastinkaning sindirish korsatkichi 1,5 bo‘lsa, plastinka yoqlari orasidagi burchakni toping.




  1. Yüklə 1,31 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   45




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin